Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti b


Didaktik o’yinlarni o’tkazish metodikasi



Yüklə 0,9 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/54
tarix02.01.2022
ölçüsü0,9 Mb.
#38955
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   54
kop xonali sonlar mavzusini organishda pedagogik texnologiyalardan foydalanish

Didaktik o’yinlarni o’tkazish metodikasi. 

     O‟quvchilarning  fanga  bo‟lgan  qiziqish  va  fan  bo‟yicha  bilimlarining 

puxtaligi  o‟qituvchining    darsni  tashkil  qilishi  va  fanni  o‟qitish  metodikasiga 

bog‟liq.  Didaktik  o‟yinlarning  qo‟llanishi  darsda  har  bir  o‟quvchining  faol 

ishtirok  etishiga  erishishga  yordam  beruvchi  usullardan  biridir.  Didaktik 



 

31 


o‟yinlar  turli  shaklda  va  maqsadda  darsning  turli  bosqichlarida  qo‟llanadi. 

Metodikada  boshlang‟ich  sinflar  uchun  hamma  mavzular  bo‟yicha  o‟yinlar 

taklif  qilingan.  O‟qituvchining    vazifasi  darsning  maqsadiga  moslab, 

o‟quvchilarning imkoniyatlarini hisobga olgan holda o‟yinni tayyorlash va uni 

o‟tkazishga  tayyorgarlik  ko‟rish  bo‟ladi.  O‟quvchilarning  qiziqishi,  zavqi, 

birgalikdagi harakati o‟qituvchi mehnatiga mukofat bo‟ladi. 

    Har bir o‟yinni o‟tkazishda quyidagi tartibga amal qilinadi: 

  o‟qituvchi o‟yin nomini va uning maqsadini e‟lon qiladi. 

  O‟quvchilarning vazifasini va o‟yinning tartib – qoidalarni tushuntiradi; 

  Har bir o‟quvchiga rollarni (agar o‟yin rolli bo‟lsa) bo‟lib beradi. Ularni 

guruhlarga ajratadi. 

  O‟yin natijasi qanday baholanishi aytiladi; 

  Tartib – intizomni saqlashga oid ko‟rsatma beriladi. 

             Agar  o‟yinda  o‟quvchilarning  faqat  bir  qismi  ishtirok  etsa,  qolgan 

o‟quvchilarga nazoratchi, hakam va kuzatuvchi vazifalari topshiriladi. 

     O‟yinni  musobaqa  tarzida  o‟tkazish  o‟quvchilar  faolligini  oshiradi. 

O‟yinni  jonlantiradi.  O‟qituvchi    kamroq  ball  olgan  guruhga  qo‟shimcha 

topshiriq berib, ballar sonini ko‟paytirish, xatolarni tuzatish imkonini berishi 

mumkin. 

    O‟yin  oxirida  yakuniy  xulosa  va  ballar  aytiladi.  Xatolar    tahlil  qilinadi, 

xato  qilgan  o‟quvchilarning  keyingi  safar  e‟tiborliroq  bo‟lishga  chaqiriladi. 

Hamkorlikda  ishlagan  guruhda  alohida  tilga  olinadi.  O‟yinlar  guruhga  va 

alohida  o‟yinchilarga  mo‟ljallangan  ham  bo‟lishi  mumkin.  O‟yinni  tashkil 

qilish, o‟tkazish va unga rahbarlik qilish o‟qituvchidan katta mahoratni talab 

etadi.  O‟qituvchi  har  bir  o‟yinni  o‟tkazish  uchun  alohida  tayyorgarlik 

ko‟radi. O‟yinni tanlaydi, o‟tkazish rejasini tuzadi va jihozlarni tayyorlaydi. 

Eng  asosiy  e‟tibor  o‟yinda  sinfning  har  bir  o‟quvchisi  qatnashishiga 

qaratiladi. Agar o‟yinda hamma o‟quvchining qatnashishning iloji bo‟lmasa, 

o‟yinni  hamma o‟quvchi o‟ynab bo‟lguncha ketma – ket qaytarishiga to‟g‟ri 

keladi.  Aks  holda  o‟quvchilarda  ichki  norozilik  hissi  tug‟ilishi  mumkin. 




 

32 


Didaktik o‟yinlarning mohiyati ularni darsning hamma bosqichlarida qo‟llash 

imkonini beradi. Yangi mavzuni o‟rganish davrida qo‟llanadigan o‟yin biror 

mavzuni tushuntirish, qonun va qoidani keltirib chiqarish va asoslash uchun 

xizmat  qilishi  kerak. Mavzuni  mustahkamlash  vaqtida  qo‟llangan  o‟yin  esa, 

o‟tilgan mavzuni eslash va uni amalda qo‟llashga qaratilgan bo‟lishi kerak.   

       O‟qituvchi o‟yinlarning harakat turiga qarab almashtirishi kerak. Bir gal 

o‟quvchi  ijrochi bo‟lsa, keyingi o‟yinda ijodkor bo‟lsin. 

      O‟yin 

o‟tkazilishida  o‟yinning  maqsadi,  mazmuni,  harakatini 

rejalashtirishdan  tashqari  o‟yinni  qanday  boshqarish  va  yakunlashni  jiddiy 

o‟ylab  ko‟radi.  O‟yinchilarni  qanday  qilib  nazorat  qilish,  g‟oliblarni 

rag‟batlantirish  yo‟llari  rejalanadi.  Masalan:  o‟yin  qatnashchilari 

harakatlarini  baholash  uchun  o‟quvchilar  qizil  va  ko‟k  rangli  signal 

kartochkalarni  ko‟rsatishlari  yetarli  bo‟lishi    mumkin.  Yoki  alohida 

nazoratchilarni  tayyorlash  va  ular  yordamida  o‟yinni  boshqarish  ham 

mumkin  bo‟ladi.  Ayniqsa,  musobaqa  tarzida  o‟tkaziladigan  o‟yinlarni 

o‟tkazish  tartibini  o‟qituvchi  har  tomonlama  rejalash  kerak.  Bunday 

o‟yinlarda o‟yinchilarning tezligi va ishni bajarish sifati tekshiriladi. Bunday 

vaqtda  o‟qituvchi  o‟ziga  yordamchilarni  belgilashi  maqsadga  muvofiq 

bo‟ladi. Lekin o‟yindan o‟yinga o‟tganda yordamchilarni almashtirib turishi, 

hamma  o‟quvchilarning  yordamchi  rolida  bo‟lib  ko‟rishiga  imkon  berishi 

kerak.  O‟yin  davomida  o‟quvchilar  xatoga  yo‟l  qo‟ysa,  uni  tezlik  bilan 

tuzatish  imkoni  beriladi,  umumiy  o‟yin  kayfiyatini  buzmaslik  uchun 

xatolarni  o‟yin  yakunlangandan  keyin  aytiladi,  o‟yinni  to‟xtatish  bilan  jazo 

berishga yo‟l qo‟yilmaydi. 

      Mavzuga  mos  ravishda  darsda  o‟qituvchi  bir  va  ikki  didaktik  o‟yinni 

o‟tkazishi mumkin.  

  Masalan: “Nomerlash” mavzusida o‟tkaziladigan o‟yinlar sonlarni  hosil 

qilish, qatordagi o‟rnini topish, predmetlarni sanash, sonlarni taqqoslash, son 

tarkibini o‟rganish kabi maqsadlarda o‟tkaziladi.  




 

33 


      Bolalarni  matematikani  o‟rganishga  tayyorlashda  ishni  “matematik 

o‟yin” o‟tkazishdan boshlash maqsadga muvofiqdir. Didaktik o‟yinlar o‟yin 

usullarini  cheksiz  takrorlash  va  o‟zlashtirish,  o‟yinga  turli  narsalar  kiritish 

imkonini  beradi.  Masalan:  “Jim”  o‟yinining  5-7  xilini  butun  sinf  bilan 

hamda  ayrim  bolalar  bilan  takrorlab  o‟tkazish  mumkin.  Yana  “Nima 


Yüklə 0,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   54




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin