Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti b


 Matematika darslarida didaktik  o’yinlardan foydalanish



Yüklə 0,9 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/54
tarix02.01.2022
ölçüsü0,9 Mb.
#38955
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   54
kop xonali sonlar mavzusini organishda pedagogik texnologiyalardan foydalanish

2.2. Matematika darslarida didaktik  o’yinlardan foydalanish 

       Didaktik o‟yin – o‟quvchilarga bilim berish maqsadida qo‟llanadigan o‟yin 

turi  bo‟lib,  unda  bor  ta‟limiy  maqsad  o‟yin  shakli  orqali  amalga  oshiriladi. 

Didaktik  o‟yin  darsning  umumiy  maqsadlariga  bo‟ysindiriladi  va  ma‟lum  bir 

qonun – qoida asosida o‟tkaziladi. Bunday  

o‟yinlardan 

o‟quv 


materialini 

o‟zlashtirishda, 

mustahkamlashda, 

chuqurlashtirish    va  takrorlashda  foydalaniladi.  Bola  o‟yinda    ishtirok  etish 

jarayonida bilim oladi, malaka va ko‟nikmalar hosil qiladi. 

     Didaktik o‟yinlardan foydalanishdan maqsad bola uchun  tabiiy bo‟lgan o‟yin 

vositasi orqali ma‟lum bir ta‟limiy vazifalarni amalga oshirishdir. O‟yin orqali 

birinchi navbatda bolalarning bilishga bo‟lgan qiziqishlarni shakllantirish ko‟zda  

tutiladi. 

    Didaktik  o‟yinning  asosiy  mohiyati  shundaki,  biror  vazifani  hal  qilish 

bolalarga o‟yin tariqasida topshirilsa, bu bolalarni qiziqtiradi, beixtiyor diqqatini 



 

27 


jalb  qiladi,  natijada  ular  ko‟tarinki  ruhda  va  faol  jarayonda  bu  vazifani 

bajaradilar. 

    Didaktik  o‟yin  dars  jarayonida  o‟ziga  xos    ta‟limiy,  tarbiyaviy  va  

rivojlantiruvchi vazifalarni bajaradi. 

     Ta‟limiy vazifasi yuqorida aytilgandek, o‟yin orqali biror mavzu o‟rganiladi, 

takrorlanadi  yoki  mustahkamlanadi.  O‟yin  orqali  bu  vazifani  “Sezdirmay” 

bajarish  mumkin  bo‟ladi.  Tarbiyaviy  tomoniga  kelsak,  o‟yin  jarayonida 

o‟quvchilarda  bahamjihatlik,  intizomlilik,  tirishqoqlik,  mehnatsevarlik, 

boshlangan ishni oxiriga yetkazish kabi sifatlar tarbiyalanadi.  

     O‟yin  orqali    o‟quvchilar    tafakkuri  rivojlanadi,  ijodiy  qobiliyatlari  o‟sadi, 

tezkorlik, hozirjavoblik kabi sifatlar tarkib topadi.  

    Umuman  olganda  didaktik  o‟yin  darsning  umumiy  psixologik  holatiga  ham 

ijobiy  ta‟sir  qiladi.  Erkinlik  qo‟rquvni  yo‟qotadi.  Ko‟tarinkilik  kayfiyati 

bilimlarni egallashdagi qiyinchiliklarni yengishga yordam beradi. 

     Didaktik  o‟yinlarning    xususiyati  shundaki,  u  bolalarning    faolligini, 

tashabbuskorligini  oshiradi,  ularni  mustaqillikga,  o‟z  kuchiga    ishonishga 

o‟rgatadi. Shuningdek, o‟yinda bolalaning irodasi va xarakteri shakllana boradi. 

Bola  rostgo‟ylik,  to‟g‟rilikga  o‟rganadi,  jamoada  ishlash,  harakat  qilishga 

odatlanadi.  O‟zlashtirish  qiyin  bo‟lgan  mavzular  didaktik  o‟yin  orqali  oson 

o‟zlashtiriladi. 

    Didaktik  o‟yinlardan  muntazam  va  izchil  foydalanish  orqali  bolalarda 

mustaqillik  qobiliyati  o‟sadi,  fanga  qiziqishi  ortadi,  ular  kuzatishga, 

taqqoslashga,  o‟z  fikrlarini  umumlashtirib,  xulosalashga  o‟rganadilar.  Bolalar 

o‟yinda  o‟z  bilim  va  tajribalaridan  ham  foydalanadilar,  chunki  didaktik  o‟yin 

bolalarning  amaliy  faoliyati  hisoblanadi,  ya‟ni  bolalar  o‟z  bilimlarini  o‟yin 

jarayonida  amalda  qo‟llaydilar.  Bu  orqali  ularning  tushunchalari  kengayadi, 

bilim,  ko‟nikma  va  malakalari  mustahkamlanadi.    Bolalar  o‟yinda  o‟yin 

qoidasiga  rioya  qilish  orqali  aniq  vazifani  bajarishga  harakat  qiladilar.  Buning 

uchun  ulardan  o‟z  diqqatini  bir  yerga  to‟plash,  kuzatuvchanlik,  esda  qoldirishi 

kabi faol aqliy faoliyat ham talab qilinadi.  




 

28 



Yüklə 0,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   54




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin