23
“Klaster” metodi “Vaqt birliklari”, “Tenglama”, “Masala turlari” va
boshqalarga oid bo‟lishi mumkin.
11. “Kubik” metodi:
“K” – dars berish metodi, mavzuni tushunishini yengillashtiradi.
“K” – fikrlash uchun turli xildagi usullardan foydalanadi.
Bunda o‟rta hajmli kubik yasaladi. Har bir tomoniga shartlar belgilanib,
yoziladi.
Jarayon ketyapti:
Mavzu yoki shart beriladi, so‟ng o‟quvchilarga shu haqda o‟ylab, uni
tasvirlab berish so‟raladi: rang, shakl, belgilar, amallar va h.z. O‟quvchilar
javobini yozma tarzda yozib beradilar.
Yozma ishdan keyin o‟quvchilar yonidagi sherigi bilan yozgan
javoblarini o‟qishadi, tahlil qilishadi. Ular orasida “Bu yaxshi, men buni
bilmagan edim. Menga sening yozgan javoblaring yoqdi, shu orqali kerakli
ma‟lumot oldim yoki men tushunmadim”.
Yoshi kichkina bolalarga kubikning uch
tomoni ishlatiladi. Kubik bilan
ishlashda ketma – ketligiga amal
qilishi kerak.
“K” – aqliy hujum va anglash
bosqichida ishlatish mumkin.
“K” – mavzuni tanlashda, bolalar yaxshi o‟zlashtiirlgan mavzulardan kubik
tayyorlash lozim.
Tekshirish. O‟qituvchi o‟quvchilarni bir – birlariga halaqit bermasligini
nazorat qilib turishi kerak. [10]
I bob xulosasi
Birinchi bobda Boshlang‟ich sinflarda pedagogik texnologiyalardan
foydalanishni nazariy asoslari, ya‟ni pedagogik texnologiya haqida tushuncha
va uning xususiyatlari, interfaol metodlardan foydalanish uslublari bayon etildi.
24
Boshlang‟ich sinf matematika darslarida interfaol texnologiyalardan
foydalanish bo‟yicha umumiy qoidalar 1.2-faslda keltirildi. Sinfdagi hamma
o‟quvchilarning texnologik jarayonda faol qatnashishlariga erishishi
kerakligi, interfaol o‟yin texnologiyalardan foydalanish uchun o‟quvchilarni
psixologik tomondan tayyorlash masalasiga e‟tibor berish kerakligi, interfaol
metodlar kichik guruhlar bilan ishlashda ko‟proq samara berishi, sinf
xonasini ham alohida tayyorlash kerakligi, metodning mohiyati va o‟yinning
qoidalari avval yaxshilab tushuntirilishi va hamma shartlar oldindan aytib,
kelishib olinishi kerakligi, o‟quvchilarga vazifalarni va rollarni taqsimlash,
o‟quvchilarni guruhlarga ajratish masalasiga e‟tibor bilan qarash kerakligi
ta‟kidlab o‟tildi. Hozirgi kunda ta‟lim amaliyotida foydalanilayotgan
pedagogik texnologiyaning interfaol metodlaridan bir nechtasining mohiyati
va ulardan foydalanish yo‟llari ko‟rsatib o‟tildi.
Dostları ilə paylaş: