6 – qoida: o‟quvchilarga vazifalarni va rollarni taqsimlash, o‟quvchilarni
guruhlarga ajratish masalasiga e‟tibor bilan qarash kerak. Agar faqat
o‟quvchilar ixtiyoriga qo‟yib berilsa, guruhlar tarkibi doimiy bir xil bo‟lib
qoladi, o‟yinda esa faqat dadilroq, faol va qiziquvchan o‟quvchilar ishtirok
etadi va uyatchan, sust o‟quvchilar chetda qoladi. Guruhda ham ayrim
o‟quvchilar doimiy lider bo‟lib, ba‟zi o‟quvchilarning deyarli ishtiroki
sezilmay qoladi. Shuning uchun ham tanlov tasodifiy bo‟lishiga harakat
qilish kerak. Masalan: o‟quvchilar orqasi o‟girilgan jetonlarni olib, ulardagi
rasm, nomer yoki rang bo‟yicha guruhlarga ajratiladi, rollar esa, konvert
ichiga solinib, tanlab olinishi mumkin bo‟ladi.
Quyida hozirgi kunda ta‟lim amaliyotida foydalanilayotgan pedagogik
texnologiyaning interfaol metodlaridan bir nechtasining mohiyati va ulardan
foydalanish yo‟llari haqida so‟z yuritamiz.
1. Aqliy hujum – muammolarni hal qolishda keng qo‟llaniladigan
samarali metoddir. U qatnashchilarni o‟z tasavvurlari va bilimlaridan
foydalanishga undaydi. U berilgan har qanday muammoga ko‟p sonli to‟g‟ri
yechimlar topishdan iboratdir. Aqliy hujum muammo yechimini topishda
muqobil yechimlarni aniqlashga yordam beradi. Dars mashg‟ulotlarida
o‟tiladigan mavzuning turli xil tomonlarini, qirralarini, qarama –
15
qarshiliklarini ko‟rsata olish, sinf o‟quvchilarining mustaqil fikrlash
qobiliyatlarini shakllantirish, o‟zaro bahs – munozara yuritish, muloqotga
chaqirish, munosabat bildirib, himoya eta olish, darsning yakunida
mavzuning o‟quvchilar tomonidan mavzuning qanchalik qabul qilinganligi,
o‟zlashtirilganligini bilish, baholash maqsadida ushbu metodni qo‟llash
muhim ahamiyat kasb etadi.
“Aqliy hujum” texnologiyasini qo‟llash bir muammoni hal qilish yo‟lida
turlicha va iloji boricha ko‟proq taklif, fikr – mulohazalarni yig‟ishdan iborat.
Avvaliga har qanday takliflar qabul qilinadi. Keyin esa, ularning ichidan eng
ma‟qullari tanlab olishadi. Bu metodni qo‟llashning eng nozik tomoni hamma
takliflarni “eslab” qolishdir. Shuning uchun ularni yozib borish kerak bo‟ladi.
O‟qituvchi ularni shartli belgilar va qisqartirishlar bilan doska yoki vatman
qog‟ozga yozib boradi.
“Aqliy hujum” biror bir mavzu yoki muammo bo‟yicha o‟quvchilar
tomonidan taklif qilinadigan g‟oyalarni to‟plashdan iborat bo‟lgani uchun
“Aqliy hujum”ning asosiy xususiyati guruhning kuchi guruh a‟zolari kuchlari
yig‟indisidan har doim ustunligidan iborat, u bolalarni turli-tuman, ba‟zan
aqlga sig‟maydigan fikrlarni o‟ylab topishga undaydi. Takliflar qachalik ko‟p
bo‟lsa, ularning birortasi haqiqatga yaqinroq bo‟lishi mumkin bo‟ladi.
Qoidalari:
1. Fikr – mulohazalar cheklovsiz qabul qilinadi;
2. Ularni asoslash shart emas;
3. Ularning birortasiga ham baho berilmaydi, tanqid qilinmaydi.
4. G‟oyalarni rivojlantirish, birlashtirish va o‟zgartirish mumkin.
5. G‟oyalar ustidan kulishga yo‟l qo‟yilmaydi.
Hamma o‟quvchining ishtirok etishiga harakat qilinadi.
Masalan: 3–sinfda “Geometrik” materialga oid quyidagi mashqlarni hal qilish
yuzasidan hamma takliflarni yig‟ish mumkin.
“Quyidagi shaklda nechta to‟rtburchak bor?”
16
Bunda takliflar to‟rtburchaklar sonini sanash
usuliga oid bo‟lib, ularning sonini to‟g‟ridan –
to‟g‟ri aytish talab qilinmaydi.
Bunda turli takliflar bildirish mumkin. Eng maqbuli avval 1 katakli, keyin 2,
3, 4, 5, 6, 7, 8 katakdan tuzilgan to‟rtburchaklar sonini sanab chiqish mumkin.
Yoki biror ifoda qiymatini qulay usulda hisoblash yuzasidan takliflar
yig‟iladi. Masalan: 1 dan 20 gacha bo‟lgan barcha natural sonlar yig‟indisini
topish yo‟li so‟raladi. Hamma takliflar qabul qilinadi. Ularning bir nechtasi
bo‟yicha yig‟indi topiladi va usullar taqqoslanadi. Eng qulay usulni taklif qilgan
guruh yoki juftlik taqdirlanadi.
Darsda berilgan masala, misol yoki topshiriqni juft bo‟lib hal qilish ham
o‟quvchilarni o‟zaro fikr almashishga, bir – birini to‟ldirishi, kerak bo‟lsa, bir–
biriga o‟rgatishga o‟rgatadi. Bunday usulni “Juftlikda ishlash” deb ataladi.
O‟qituvchi o‟quvchilar mustaqil hal qilishi mumkin bo‟lgan istalgan vazifani
juftlikda topshiradi. Bunday topshiriqning ijodiy xarakterda bilishi maqsadga
muvofiqroqdir.
Masalan: “Ifodaga ko‟ra masala tuzing:”
(350 - 280)•3 (36+54):6
100 – 47 •2 19+28•2
Bunday ifodada sinf doskasiga yoziladi va 3 minut vaqt beriladi. Har bir juftlik
o‟z masalasini o‟qib beradi va tushuntiradi. Ish yakunida eng qiziqarli va to‟g‟ri
masala tuzgan juftliklar taqdirlanadi. Ularga sinf jurnaliga baho qo‟yish ham
mumkin yoki yulduzcha bilan taqdirlash mumkin.
Yoki ifodalar qiymatini hisoblamasdan ularni taqqoslashga oid topshiriq
to‟rtliklarda bajariladi va har bir guruh o‟zi qo‟ygan >, <, = munosabat
belgilarini tegishli qonunga ko‟ra asoslashi kerak. Topshiriqlar darslikdan
olinadi.
Masalan: 3+7•6 va (3+7)•6
48:4 va 40:4+8:4
8+6:2 va (8+6):2
17
16•4 va 10•4+6•4
81:3 va 60:3+21:3
19•6 va 19•7-19 ifodalarni taqqoslash kabi topshiriqlar berilishi
mumkin.
Dostları ilə paylaş: |