5. “Savol bering” metodidan o‟qutuvchi yangi mavzuni mustaqil
o‟rganishni tashkil etishda yoki o‟tgan mavzu qanday o‟zlashtirilganini
tekshirish uchun foydalanishi mumkin. Bunda mavzuga oid matn kitobdan
o‟qiladi. O‟qish davomida tug‟ilgan savollarni o‟quvchilar yozib boradi. Shunda
o‟quvchi matnni befarq o‟qimaydi, chunki u savol tuzishi va savolni o‟qib
berishi kerak bo‟ladi. O‟tilgan mavzu yuzasidan o‟qituvchi ko‟rsatgan namuna
bo‟yicha savollar tuzdirish ham yaxshi natija beradi. Ajratilgan vaqt tugaganidan
keyin savollar o‟qiladi. Savollarga xohlagan o‟quvchi yoki to‟g‟ri javob
topilmasa, savol bergan o‟quvchi javob beradi. Hamma o‟quvchi savol berishiga
erishish kerak. Ishni juftlikda ham olib borish mumkin. Bunda savolni juftlik
tuzadi. “Savollar” texnologiyasini qo‟llash imkoniyatlari juda katta.
Masalan o‟qituvchi har bir darsning 5 munitini shunday savol tuzishga
bag‟ishlashi mumkin. Savollarni yakka holda va juft bo‟lib, keyinroq mavzu
bo‟yicha 4 kishi maslahatlashib tuzishni topshiriladi.
19
Masalan: 2 – sinf matematika darsidan ko‟paytirish va bo‟lish
mavzulari o‟tilgach, marta ortiq va marta kam munosabatlari tushuntiriladi. Shu
munosabatga bog‟liq bo‟lgan savol – masalalar tuzish topshiriladi. Buning
uchun o‟qituvchi bir nechta namuna keltirish ham mumkin. Lekin sinf ixtiyoriga
qo‟yishi ham mumkin.
Masalan:
“2 sonidan 2 marta katta sonni ayting”.
“Qanday son 3 dan 4 marta katta ? ”
“12 soni 6 dan necha marta katta ?”
“5 soni 20 sonidan necha marta kichik?”
“O‟ylangan sonni 3 marta kamaytirib, 3 hosil qilinsa, o‟ylangan son
necha?” kabi turli – tuman savollarning tuzilishi munosabatning o‟quvchilar
tomonidan yana chuqqurroq tushinilishiga sabab bo‟ladi.
6. “Insert” usulida o‟qituvchi biror mavzuni o‟rgatishda foydalanadi.
Mavzuni mustaqil o‟rganish uchun vaqt ajratiladi. O‟quvchilarga kitob
hoshiyasiga 4 belgidan birini qalamda qo‟yib borish taklif qilinadi:
“V” – buni men bilar edim.
“+” – bu men uchun yangi.
“ - ” – bu fikrga qo‟shilmayman.
“?” – tushunmadim.
Agar mavzuni bir nechta aniq bo‟laklarga yoki qadamlarga bo‟lish
mumkin bo‟lsa, unda o‟quvchilar tuzgan belgilar ketma – ketligini doskaga
yozish va tahlil qilish mumkin bo‟ladi.
Bu metod 3-4-sinfda o‟tkazish uchun juda qulay. Masalan, 3-sinfda “Vaqt
birliklari”, “Sutka”, “Uchburchaklarning turlari”, 4-sinf “Vaqt. Tezlik.
Masofa”, “Yer maydonlari yuzini o‟lchash” mavzularida va hokazo.
7. “Bahs - munozara”da o‟quvchilar bilan biror muammoni yechish
yo‟lini qidirishda foydalaniladi, masalan: masala yechish, o‟lchash ishlarini
bajarish, yechimning qulay usulini topish va hokazo. Sinfni to‟rtliklarga
bo‟lish va guruhda ishlash mumkin.
20
8. “Muammoli savollar” sinfda muammoli vaziyatni yaratish, bir
muammoni mustaqil o‟quvchilar tomonidan yechilishiga erishish uchun
qo‟llanadi. Muammoli savol va topshiriq o‟qituvchi tomonidan aniq aytiladi,
doskaga yoziladi, yechimni juft – juft bo‟lib qidirish taklif qilinadi. Har bir
guruh javobi eshitiladi va umumlashtirib yagona yechimga kelinadi.
Dars vaqtining taqsimlanishi, ishni tashkil qilish qoidalari oldindan
o‟quvchilar bilan kelishilgan holda rejalashtirib olinadi va sinf doskasida yozib
qo‟yiladi:
O‟zaro hurmat.
O‟ng qo‟l qoidasi.
Navbatma – navbat so‟zga chiqish.
Dars jarayonida mustaqil, ijodiy fikrlash.
Faollik.
O‟zgalar fikrini tanqid qilmaslik.
Yangi g‟oyalarni o‟zlashtirish.
Barcha sinf o‟quvchilarini dars jarayonida faol ishlashlariga erishish.
Mavzu bo‟yicha kichik guruhlar taqdimotini asoslab, dalillab so‟zlashga
erishish.
Qiziqarli g‟oyalarni taklif qilish.
Ijodiy yondoshish.
Samarali ishlash.
9. Kichik guruhlarga bo’lish metodi - o‟qituvchi tajribasi, mahorati,
ijodiy yondoshuviga ko‟ra turli xil metodlar asosida qo‟llanishi mumkin.
Guruhlarga bo‟lishda sinf o‟quvchilarini ranjitmaslik, kamsitmaslik, ularni
estetik did nutqai nazaridan, kelishmovchiliksiz, guruhlarda bo‟lishga
harakat qilinadi. Bu maqsadda turli xil o‟yinlar asosida yoki masalan rangli
qog‟ozdan har xil shaklda, kichkina hajmda, sinf o‟quvchilarining jami
sonini hisobga olgan holda, oldindan tayyorlangan kesma shakl (doira,
uchburchak, to‟rtburchak, beshburchak va hokazo)lardan foydalaniladi.
Tayyorlab qo‟yilgan rangli shakllar o‟quvchilarga tarqatiladi (bu holda har
21
bir o‟quvchi ixtiyoriy ravishda o‟zi xohlagan rangdagi shaklni tanlab oladi).
O‟quvchilar tanlab olgan shakllar yoki ranglar asosida o‟qituvchi
o‟quvchilarni osongina guruhlarga ajratib oladi.
Masalan:
Oq rang 1 – guruh
Yashil rang 2 – guruh
Ko‟k rang 3 –guruh
Jigar rang 4 – guruh
Sariq rang 5 – guruh
Qizil rang 6 – guruh
Sinf xonasidan eng qulay kichik guruh – bu bir partada o‟tirgan
o‟quvchilar jufti yoki, ketma – ket 2 ta partadagi o‟quvchilar to‟rtligidir.
Ba‟zi muammolarni hal qilish ayniqsa, shu kichik guruhlar kuchidan
foydalanish sinfni alohida tayyorlash va partalarni surib, joylarni o‟zgartirish
majburiyatidan o‟qituvchini ozod qiladi. Agar shunday tartibda ishlab
o‟rganilsa, sinfni guruhlarga bo‟lish, guruhlarni tuzishga ortiqcha vaqt
sarflanmaydi.
Guruhda ishlash uchun taklif qilish mumkin bo‟lgan eng samarali
usullaridan biri mavzu yuzasidan savol va javob berishga undash, undan ham
samariliroq usul esa, o‟tilgan mavzuga oid mustaqil savol tuzishga undashdir.
Agar guruhlarga mavzu yuzasidan savol tuzish, misol va masala tuzib sinfga
taklif qilish vazifasi berilsa, o‟quvchining darsga e‟tibori oshadi, fikri uyg‟onadi,
agar savol tuzib berish, va unga to‟g‟ri javobni o‟zlari bilishi ham kerak bo‟lsa,
(albatta hamma vaqt emas, ba‟zi muammoli savollarning javobini o‟quvchi
bilmasligi mumkin) bolalar darsga e‟tiborliroq bo‟ladi, berilayotgan savollar
sifatini tahlil qilishga o‟rganadi.
10. “Klaster” metodi ham o‟quvchilarga ixtiyoriy mavzular xususida erkin,
ochiq o‟ylash va shaxsiy fikrlarni bemalol bayon etish uchun sharoit yaratishga
yordam beradi. Bunda o‟quvchilar bilan yakka tartibda yoki guruh asosida
tashkil etiladigan mashg‟ulotlar jarayonida foydalanish mumkin. “Klaster”
22
metodi o‟quvchilarning tushunchalar orasidagi bog‟liqlikni aniqlashga,
mavzuga oid hamma tushunchalarni eslashga o‟rgatadi. “Klaster” so‟zi bog‟lam,
dasta ma‟nosini bildiradi. Bu metod orqali biror mavzuga oid o‟quvchilar
biladigan tushunchalarni aniqlashda biror–bir mavzu o‟rganilgandan keyin
o‟quvchilar o‟rganib olgan tushunchalarni aniqlash mumkin. Metodni amalga
oshirish uchun doska o‟rtasiga asosiy so‟z yoki gap yozib qo‟yiladi.
O‟quvchilarga
shu so‟z bilan bog‟liq hamma so‟z va so‟z birikmalarini eslab doskaga yozish
taklif qilinadi. Bog‟lamlar ko‟p bo‟lishiga harakat qilinadi, hamma
so‟zlar(oxirgi so‟z qolmaguncha) yoziladi, xatolarga e‟tibor berilmaydi, hamma
o‟quvchiga imkoniyat beriladi. Ishni misollardan boshlash maqsadga muvofiq.
Masalan 3-sinfda bo‟lishga oid asosiy misol turlarini yig‟ishni taklif qilaylik.
Oquvchilar barcha misollarni taklif qilgandan so‟ng, o‟qituvchi o‟z variantini
namoyish qiladi va bu ishlar taqqoslanadi. O‟qituvchi varianti:
Dostları ilə paylaş: |