Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti b



Yüklə 0,9 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/54
tarix02.01.2022
ölçüsü0,9 Mb.
#38955
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   54
kop xonali sonlar mavzusini organishda pedagogik texnologiyalardan foydalanish

5.  “Savol  bering”  metodidan  o‟qutuvchi  yangi  mavzuni  mustaqil 

o‟rganishni  tashkil  etishda  yoki  o‟tgan  mavzu  qanday  o‟zlashtirilganini 

tekshirish  uchun  foydalanishi  mumkin.  Bunda  mavzuga  oid  matn  kitobdan 

o‟qiladi. O‟qish davomida tug‟ilgan savollarni o‟quvchilar yozib boradi. Shunda 

o‟quvchi  matnni  befarq  o‟qimaydi,  chunki  u  savol  tuzishi  va  savolni  o‟qib 

berishi kerak bo‟ladi.  O‟tilgan mavzu yuzasidan o‟qituvchi ko‟rsatgan namuna 

bo‟yicha savollar tuzdirish ham yaxshi natija beradi. Ajratilgan vaqt tugaganidan 

keyin  savollar  o‟qiladi.  Savollarga  xohlagan  o‟quvchi  yoki  to‟g‟ri  javob 

topilmasa, savol bergan o‟quvchi javob beradi. Hamma o‟quvchi savol berishiga 

erishish  kerak.  Ishni  juftlikda  ham  olib  borish  mumkin.  Bunda  savolni  juftlik 

tuzadi.                “Savollar”  texnologiyasini  qo‟llash  imkoniyatlari  juda  katta. 

Masalan  o‟qituvchi  har  bir  darsning  5  munitini  shunday  savol  tuzishga 

bag‟ishlashi  mumkin.  Savollarni  yakka  holda  va  juft  bo‟lib,  keyinroq  mavzu 

bo‟yicha 4 kishi maslahatlashib tuzishni topshiriladi. 




 

19 


      Masalan:  2  –  sinf  matematika  darsidan  ko‟paytirish  va  bo‟lish 

mavzulari o‟tilgach, marta ortiq va marta kam munosabatlari tushuntiriladi. Shu 

munosabatga  bog‟liq  bo‟lgan    savol  –  masalalar  tuzish  topshiriladi.  Buning 

uchun o‟qituvchi bir nechta namuna keltirish ham mumkin. Lekin sinf ixtiyoriga 

qo‟yishi ham mumkin.  

      Masalan:  

   “2 sonidan 2 marta katta sonni ayting”. 

    “Qanday son 3 dan 4 marta katta ? ” 

    “12 soni 6 dan necha marta  katta ?” 

     “5 soni 20 sonidan necha marta kichik?”  

    “O‟ylangan  sonni    3  marta  kamaytirib,  3  hosil  qilinsa,  o‟ylangan  son 

necha?”  kabi  turli  –  tuman  savollarning  tuzilishi  munosabatning    o‟quvchilar 

tomonidan yana chuqqurroq  tushinilishiga sabab bo‟ladi. 

     6.  “Insert”  usulida  o‟qituvchi  biror  mavzuni  o‟rgatishda  foydalanadi. 

Mavzuni  mustaqil  o‟rganish  uchun  vaqt  ajratiladi.  O‟quvchilarga  kitob 

hoshiyasiga 4 belgidan birini qalamda qo‟yib borish taklif qilinadi: 

“V” – buni men bilar edim. 

“+” – bu men uchun yangi. 

“ - ” – bu fikrga qo‟shilmayman. 

“?” – tushunmadim. 

       Agar  mavzuni  bir  nechta  aniq  bo‟laklarga  yoki  qadamlarga  bo‟lish 

mumkin  bo‟lsa,  unda  o‟quvchilar  tuzgan  belgilar  ketma  –  ketligini  doskaga 

yozish va tahlil qilish mumkin bo‟ladi. 

Bu metod 3-4-sinfda o‟tkazish uchun juda qulay. Masalan, 3-sinfda “Vaqt 

birliklari”,  “Sutka”,  “Uchburchaklarning  turlari”,  4-sinf  “Vaqt.  Tezlik. 

Masofa”, “Yer maydonlari  yuzini  o‟lchash” mavzularida va hokazo.  

     7.  “Bahs  -  munozara”da  o‟quvchilar  bilan  biror  muammoni  yechish 

yo‟lini  qidirishda  foydalaniladi,  masalan:  masala  yechish,  o‟lchash  ishlarini 

bajarish,  yechimning  qulay  usulini  topish  va  hokazo.  Sinfni  to‟rtliklarga 

bo‟lish va guruhda ishlash mumkin. 




 

20 


     8.  “Muammoli  savollar”  sinfda  muammoli  vaziyatni  yaratish,  bir 

muammoni  mustaqil  o‟quvchilar  tomonidan  yechilishiga  erishish  uchun 

qo‟llanadi.  Muammoli  savol  va  topshiriq  o‟qituvchi  tomonidan  aniq  aytiladi, 

doskaga  yoziladi,  yechimni  juft  –  juft  bo‟lib  qidirish  taklif  qilinadi.  Har  bir 

guruh javobi eshitiladi va umumlashtirib yagona yechimga kelinadi. 

        Dars  vaqtining  taqsimlanishi,  ishni  tashkil  qilish  qoidalari  oldindan 

o‟quvchilar bilan kelishilgan holda rejalashtirib olinadi va sinf doskasida yozib 

qo‟yiladi: 

  O‟zaro hurmat. 

  O‟ng qo‟l qoidasi. 

  Navbatma – navbat so‟zga chiqish. 

  Dars jarayonida mustaqil, ijodiy fikrlash. 

  Faollik. 

  O‟zgalar fikrini tanqid qilmaslik.  

  Yangi g‟oyalarni o‟zlashtirish. 

  Barcha sinf o‟quvchilarini dars jarayonida faol ishlashlariga erishish. 

  Mavzu bo‟yicha kichik guruhlar taqdimotini asoslab, dalillab so‟zlashga 

erishish. 

  Qiziqarli g‟oyalarni taklif qilish. 

  Ijodiy yondoshish. 

  Samarali ishlash. 

         9. Kichik guruhlarga bo’lish metodi - o‟qituvchi tajribasi, mahorati, 

ijodiy  yondoshuviga  ko‟ra  turli  xil  metodlar  asosida  qo‟llanishi  mumkin. 

Guruhlarga  bo‟lishda  sinf  o‟quvchilarini  ranjitmaslik,  kamsitmaslik,  ularni 

estetik  did  nutqai  nazaridan,  kelishmovchiliksiz,  guruhlarda  bo‟lishga 

harakat qilinadi. Bu maqsadda turli xil o‟yinlar asosida yoki masalan rangli 

qog‟ozdan  har  xil  shaklda,  kichkina  hajmda,  sinf  o‟quvchilarining  jami 

sonini  hisobga  olgan  holda,  oldindan  tayyorlangan  kesma  shakl  (doira, 

uchburchak,  to‟rtburchak,  beshburchak  va  hokazo)lardan  foydalaniladi. 

Tayyorlab qo‟yilgan rangli  shakllar o‟quvchilarga tarqatiladi (bu holda har 




 

21 


bir o‟quvchi ixtiyoriy ravishda o‟zi xohlagan rangdagi shaklni tanlab oladi). 

O‟quvchilar  tanlab  olgan  shakllar  yoki  ranglar  asosida  o‟qituvchi 

o‟quvchilarni osongina guruhlarga ajratib oladi.  

        Masalan: 

   Oq rang                                        1 – guruh 

       Yashil rang                                  2 – guruh 

       Ko‟k rang                                    3 –guruh 

       Jigar rang                                     4 – guruh 

       Sariq rang                                    5 – guruh 

       Qizil rang                                     6 – guruh 

             Sinf  xonasidan  eng  qulay  kichik  guruh  –  bu  bir  partada  o‟tirgan 

o‟quvchilar  jufti  yoki,  ketma  –  ket  2  ta  partadagi  o‟quvchilar  to‟rtligidir. 

Ba‟zi  muammolarni  hal  qilish  ayniqsa,  shu  kichik  guruhlar  kuchidan 

foydalanish sinfni alohida tayyorlash va partalarni surib, joylarni o‟zgartirish 

majburiyatidan    o‟qituvchini  ozod  qiladi.  Agar  shunday  tartibda  ishlab 

o‟rganilsa,  sinfni    guruhlarga  bo‟lish,  guruhlarni  tuzishga  ortiqcha  vaqt 

sarflanmaydi. 

    Guruhda  ishlash  uchun  taklif  qilish  mumkin  bo‟lgan  eng  samarali 

usullaridan  biri  mavzu  yuzasidan  savol  va  javob  berishga  undash,  undan  ham 

samariliroq  usul  esa,  o‟tilgan  mavzuga  oid  mustaqil  savol  tuzishga  undashdir. 

Agar  guruhlarga  mavzu  yuzasidan  savol  tuzish,  misol  va  masala  tuzib  sinfga 

taklif qilish vazifasi berilsa, o‟quvchining darsga e‟tibori oshadi, fikri uyg‟onadi, 

agar savol tuzib berish, va unga to‟g‟ri javobni o‟zlari bilishi ham kerak bo‟lsa, 

(albatta  hamma  vaqt  emas,  ba‟zi  muammoli  savollarning  javobini  o‟quvchi 

bilmasligi  mumkin)  bolalar  darsga  e‟tiborliroq  bo‟ladi,  berilayotgan  savollar 

sifatini tahlil qilishga o‟rganadi. 

    10.  “Klaster”  metodi  ham  o‟quvchilarga  ixtiyoriy  mavzular  xususida  erkin, 

ochiq o‟ylash va shaxsiy fikrlarni bemalol bayon etish uchun sharoit yaratishga 

yordam  beradi.  Bunda  o‟quvchilar  bilan    yakka  tartibda  yoki  guruh  asosida 

tashkil  etiladigan  mashg‟ulotlar  jarayonida  foydalanish  mumkin.    “Klaster” 




 

22 


metodi    o‟quvchilarning    tushunchalar  orasidagi  bog‟liqlikni  aniqlashga, 

mavzuga oid hamma tushunchalarni eslashga o‟rgatadi. “Klaster” so‟zi bog‟lam, 

dasta  ma‟nosini  bildiradi.  Bu  metod  orqali  biror  mavzuga  oid  o‟quvchilar 

biladigan  tushunchalarni  aniqlashda  biror–bir    mavzu  o‟rganilgandan  keyin 

o‟quvchilar  o‟rganib  olgan  tushunchalarni  aniqlash  mumkin.  Metodni  amalga 

oshirish  uchun  doska  o‟rtasiga  asosiy  so‟z  yoki  gap  yozib  qo‟yiladi. 

O‟quvchilarga   

 shu so‟z bilan bog‟liq hamma so‟z va so‟z  birikmalarini eslab doskaga yozish 

taklif  qilinadi.  Bog‟lamlar  ko‟p  bo‟lishiga  harakat  qilinadi,  hamma 

so‟zlar(oxirgi so‟z qolmaguncha) yoziladi, xatolarga e‟tibor berilmaydi,  hamma 

o‟quvchiga  imkoniyat  beriladi.  Ishni  misollardan  boshlash  maqsadga  muvofiq. 

Masalan  3-sinfda  bo‟lishga  oid  asosiy  misol  turlarini  yig‟ishni  taklif  qilaylik. 

Oquvchilar  barcha  misollarni  taklif  qilgandan  so‟ng,  o‟qituvchi  o‟z  variantini 

namoyish qiladi va bu ishlar taqqoslanadi. O‟qituvchi varianti: 

 

 

 




Yüklə 0,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   54




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin