2. “6X6X6” metodi. Ushbu metod yordamida bir vaqtning o‟zida 36 nafar
o‟quvchini muayyan faoliyatga jalb etish orqali ma‟lum topshiriq yoki
masalani yechish, misollarni bajarish, shuningdek, guruhlarning har bir a‟zo
imkoniyatlarini aniqlash, ularning qarashi va egallagan tushuncha,
bilimlarini bilib olish mumkin. “6X6X6” metodi asosida tashkil etilayotgan
mashg‟ulotda har birida 6 nafardan ishtirokchi bo‟lgan 6ta guruh o‟qituvchi
tomonidan o‟rtaga tashlangan muammo (masala)ni muhokama qiladi.
Belgilangan vaqt nihoyasiga yetgach o‟qituvchi 6 ta guruhni qayta tuzadi.
Qaytadan shakllangan guruhlarning har birida avvalgi 6 ta guruhdan bittadan
vakil bo‟ladi. Yangi shakllangan guruh a‟zolari o‟z jamoadoshlariga avvalgi
guruhi tomonidan muammo (masala) yechimi sifatida taqdim etilgan xulosani
bayon etib beradi va mazkur yechimlarni birgalikda muhokama qiladilar.
“6x6x6” metodining afzallik jihatlari quyidagilardir:
1) guruhlarning har bir a‟zosini faol bo‟lishga undaydi;
2) ular tomonidan shaxsiy fikrlarni ifoda etilishini ta‟minlaydi;
3) guruhning boshqa a‟zolarining fikrlarini tinglay olish ko‟nikmalarini
hosil qiladi;
4) ilgari surilayotgan bir necha fikrni umumlashtira olish, shuningdek, o‟z
fikrini himoya qilishga o‟rgatadi.
“6x6x6” metodidan ta‟lim jarayonida foydalanish o‟qituvchidan faollik,
pedagogik mahorat, shuningdek, guruhlarni maqsadga muvofiq shakllantira
olish layoqatiga ega bo‟lishni talab etadi.
Dostları ilə paylaş: |