Didaktik o’yinlarning turlari.
Didaktik o‟yinlar tuzilishiga ko‟ra 2 asosiy guruhga bo‟linadi: syujetli – rolli
o‟yin va o‟yin – mashqlar.
Syujetli – rolli o‟yin biror syujetga asoslanadi, rollarga bo‟linadi, o‟yin
harakteri va qoidasi bo‟ladi. Masalan: “Kema marshrutini aniqla”, “Telefon”,
“Telegraf”, “To‟p kimga beriladi?” kabilar.
O‟yin – mashqlarda faqat alohida o‟yin elementi kiritigan bo‟lib, yoki
topishmoq, biror qoida yoki o‟yinning biror harakati olinadi. Bunday o‟yinlarga
“Zanjir”, “Jim”, “Matematik estafeta”, “Doiraviy misollar”, “Uychani to‟ldir”
kabilar kiradi. Bu tur o‟yinlarni tashkil qilish oson, uni o‟tkazishga kamroq
vaqt ketadi, lekin o‟quvchilarda syujetli – rolli o‟yinlar o‟yin – mashqlarga ko‟ra
ko‟proq qiziqish uyg‟otadi.
O‟yindagi o‟quvchilarning o‟quv – bilish faoliyatiga ko‟ra o‟yinlarni yana bir
necha turga ajratish mumkin:
1. O‟quvchi faqat ijrochi sifatida qatnashadigan o‟yinlar: bunda o‟quvchilar
namunada ko‟rsatilganidek harakat qiladilar. Masalan: “Naqsh tuzamiz”
o‟yini kabi.
2. O‟tilgan bor mavzuni esga olib, takrorlashni talab qiladigan o‟yinlar. Bunda
masalan o‟quvchilarning arifmetik amallarni bajarish yuzasidan olgan bilim,
ko‟nikma va malakalari mustahkamlanadi. Bunday o‟yinlarga “Matematik
baliqchi”, “Eng yaxshi uchuvchi”, “Parashyutni qo‟ndir” o‟yinlari kiradi.
3. Biror bir narsani o‟zgartirish bilan bog‟liq bo‟lgan o‟yinlar. Bunday
o‟yinlarda o‟quvchilar berilgan masala va misolni ularga mantiqiy bog‟liq
bo‟lgan boshqa masala va misol bilan almashtiradilar. Masalan: “Matematik
estafeta”, “Zanjir”, “Doiraviy misollar”, ya‟ni bunday o‟yinlarga o‟z–o‟zini
va bir–birini nazorat qilishga o‟rgatuvchi o‟yinlar ham kiradi:
“Nazoratchilar”, “Bilmasvoyni tekshir” va hokazo.
4. Izlanish va ijodiy yondashuvni talab qiluvchi o‟yinlar 4 – guruhga kiritiladi.
Bunday o‟yinlarda o‟quvchilardan topqirlik, mustaqillik, ijod qilish kabilar
29
talab qilinadi. Masalan: “Topishmoqni top”, “Samolyotning yo‟lini aniqla”
kabi o‟yinlar shular jumlasidandir.
Matematika darslari xususiyatidan kelib chiqib, o‟yin – musobaqalarni
va olimpiada o‟yinlarini ham ajratish mumkin. Musobaqa - o‟yinda
topshiriqlarni bajarishning tezligi va to‟g‟riligi e‟tiborga olinsa, olimpiada
o‟yinlarida topshiriqning mazmuni, bajarilish sifati birinchi o‟ringa qo‟yiladi.
Har bir didaktik o‟yin o‟z navbatida quyidagi komponetlardan tuziladi: o‟yin
maqsadi, qoidalari, jihozi, mazmuni, natijasi.
1.
O‟yin maqsadi uning qaysi ta‟limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi
vazifani bajarishi bilan aniqlanadi. Maqsad o‟quvchilarning bilimiga
nisbatan aniqlanadi va biror bilimlarni esga tushirish, foydalanish, bilib
olish va boshqalar bilan aniqlanadi.
2.
O‟yin qoidalari o‟yinni olib borish va unga qatnashish tarkibini aniqlab
beradi. Qoidalar o‟yin maqsadiga mos holda o‟quvchilar faoliyatini
tartibga solish uchun kerak bo‟ladi.
3.
O‟yin mazmuni o‟quvchilarning bajarishi kerak bo‟lgan harakatlari bilan
aniqlanadi, matematika darslarida bu harakatlar ko‟proq misol va masala
yechishdan iborat bo‟ladi. O‟yin jihozi o‟yinni o‟tkazish uchun kerak
bo‟lgan predmet – modellar, real va shartli predmetlar, kartochka va
ko‟rgazmalardan iborat.
4.
O‟yin natijasi qo‟yilgan vazifaning bajarilishi bilan aniqlanadi. Natija
o‟quvchilarni qoniqtirishi kerak.
Dostları ilə paylaş: |