3
KIRISH
Ilm–sahroda–do‟st, hayot chorrahalarida – tayanch, yolg‟iz damlarda–
yo‟ldosh,
baхtiyor
daqiqalarda
–
rahbar,
qayg‟uli
onlarda
madadkor,
odamlar
orasida
zebu
–
ziynat,
dushmanlarga
qarshi kurashda – quroldir.
Hadisi Sharifdan
O‟zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning O‟zbekiston
Respublikasi Oliy majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining 2010 yil 27
yanvar kuni bo‟lib o‟tgan qo‟shma majlisidagi “Mamlakatni modernizatsiya
qilish va kuchli fuqarolik jamiyati barpo etish – ustivor maqsadimiz” hamda
Vazirlar mahkamasining 2010 yil 29 yanvar kuni bo‟lib o‟tgan majlisidagi
“Asosiy vazifamiz-Vatanimiz taraqqiyotini va xalqimiz faravonligini yanada
yuksaltirish” mavzularidagi ma‟ruzalari mazmun-mohiyati va undagi
xulosalarni o‟rganish yuzasidan Vazirlar mahkamasining 2010 yil 23 fevraldagi
101-F –sonli farmoyishi bilan bilan tasdiqlangan tashkiliy tadbirlarni
amaliyotga joriy etish jamiyatimizdagi kun tartibidagi bosh masalalardan
biridir.
Prezidentimiz o‟z ma‟ruzasida “ ....mamlakatni modernizatsiya qilish va
kuchli fuqrolik jamiyati barpo etish ustivor maqsadimiz” degan fikr
muloxazalaridan jamiyatimizda barkamol avlodni tarbiyalash boshlang‟ich
ta‟limning asosiy vazifalardin biri ekanligi gavdalanadi. Ayniqsa, bo‟lajak
boshlang‟ich sinf o‟qituvchlari ta‟lim va tarbiyaning tub maqsadi kuchli
fuqarolik jamiyatining barpo etilishiga xizmat qilishi asosiy maqsadimiz
ekanligi Sharqona tarbiya mazmunida his etilishi zaruriyati mavjuddir.
Shuningdek, O‟zbekiston Respublikasi Prezidentining “Barkamol avlod
yili” davlat dasturi to‟g‟risidagi Qarorida mamlakatimizda sog‟lom va barkamol
avlodni tarbiyalash yoshlarning o‟z ijodiy va intelektual saloxiyatini ro‟yobga
chiqarish bo‟yicha qo‟yilgan vazifalarda “....ta‟lim jarayoniga yangi axborot
kommunikatsiya va pedagogik texnologiyalarni, elektron darsliklar,
multimediya vositalarini keng joriy etish orqali mamlakatimiz maktablarida,
4
kasb-hunar kollejlari, litseylari va Oliy o‟quv yurtlarida o‟qitish sifatini tubdan
yaxshilash ........... samarali tizimini yanada rivojlantirish” ko‟zda tutilganligi
dolzarb vazifalarimizdan biridir.
Yurtboshimiz Islom Abdug‟aniyevich Karimov o‟zining “Yuksak
ma‟naviyat – yengilmas kuch” asarida ta‟lim – tarbiya haqida quyidagi fikrlarni
bildirgan. “Ma‟naviyatni shakllantirishga bevosita ta‟sir qiladigan yana bir
muhim hayotiy omil – bu ta‟lim – tarbiya tizimi bilan chambarchas bog‟liqdir.
Ma‟lumki, ota – bobolarimiz qadimdan bebaho boylik bo‟lmish ilm – u
ma‟rifat, ta‟lim va tarbiyani inson kamoloti va millat ravnaqining eng asosiy
sharti va garovi deb bilgan”.
Albbatta, ta‟lim – tarbiya – ong mahsuli, lekin ayni vaqtda ong darajasi va
uning rivojini ham belgilaydigan, ya‟ni xalq ma‟naviyatini shakllantiradigan
va boyitadigan eng muhim omildir. Binobarin, ta‟lim – tarbiya tizimini va shu
asosda ongni o‟zgartirmasdan turib, ma‟naviyatni rivojlantirib bo‟lmaydi.
Shu bois bu sohada yuzaki, rasmiy yondashuvlarga, puxta o‟ylanmagan
ishlarga mutloqo yo‟l qo‟yib bo‟lmaydi. Maktab ta‟lim – tarbiya masalasi
davlat va jamiyat nazoratida bo‟lishi asosiy qonunimizda belgilab qo‟yilgan.
Shu bilan birga, bu keng jamoatchilik, butun xalqimizning ishtiroki va qo‟llab –
quvvatlashishini talab qiladigan umummilliy masaladir.
Shuni unutmasligimiz kerakki, kelajagimiz poydevori bilim dargohlarida
yaratiladi, boshqacha aytganda, xalqimizning ertangi kuni qanday bo‟lishi
farzandlarining bugungi qanday ta‟lim va tarbiya olishiga bog‟liq.
Buning uchun har qaysi ota – ona, ustoz va murabbiy har bir bola
timsolida avvalo shaxsni ko‟rishi zarur. Ana shu oddiy talabdan kelib chiqqan
holda, farzandlarimizni mustaqil va keng fikrlash qobiliyatiga ega bo‟lgan ongli
yashaydigan komil insonlar etib voya yetkazish – ta‟lim – tarbiya sohasining
asosiy maqsadi va vazifasi bo‟lishi lozim, deb qabul qilishimiz kerak. Bu esa
ta‟lim – tarbiya ishini uyg‟un holda olib borishni talab etadi.
Ta‟limni tarbiyadan, tarbiyani esa ta‟limdan ajratib bo‟lmaydi. Bu
sharqona qarash, sharqona hayot falsafasi.
5
Yurtimizda Kadrlar tayyorlash milliy dasturining uzviy va mantiqiy
davomi bo‟lgan 2004 – 2009 yilarda maktab ta‟limini rivojlantirish
umummilliy davlat dasturi qabul qilindi.
Har tomonlama barkamol insonni shakllantirish bugungi jamiyatimiz
oldida turgan dolzarb masalalardan biri bo‟lib qolmoqda. Hozirgi maktab
o‟rindiqlarida o‟tirgan yosh avlod ertaga bizning qo‟limizdan ishimizni
oladigan, hayotimizni davom ettirib, o‟zidan keyingi avlodga yetkazuvchi
vorislarimiz, O‟zbekiston buyuk kelajagining egalaridir! Shu sababli
Prezidentimiz Islom Karimov butun mamlakatimiz diqqat e‟tiborini barkamol
avlod tarbiyasiga qaratmoqda.
2010- yili ”Barkamol avlod yili”deb e‟lon qilindi. Bu albatta bejiz
emasdir. 2009 – yil 5-dekabr O‟zbekiston Respublikasi Prezidenti I.
Karimovning “O‟zbekiston konstitutsiyasi – biz uchun demokratik taraqqiyot
yo‟lida va fuqorolik jamiyatini barpo etishda mustahkam poydevoridir”
mavzusidagi ma‟ruzasida aytganidek: “Barkamol avlod haqida so‟z borganda,
davlat ta‟lim standartlarini, o‟quv dasturlari va o‟quv adabiyotlarini
takomillashtirish, oily va o‟rta maxsus ta‟lim, umumta‟lim tizimida ta‟lim
yo‟nalishlari va mutaxassisiliklarini bugungi kun talablari nuqtai nazaridan
qayta ko‟rib chiqish zarur. Shuningdek, o‟quv jarayoniga yangi axborot va
pedagogik texnologiyalarni keng joriy etish, bolalarimizni komil inson etib
tarbiyalashda jonbozlik ko‟rsatadigan o‟qituvchi va domlalarga e‟tiborimizni
yanada oshirish, qisqacha aytganda, ta‟lim – tarbiya tizimini sifat jihatidan
butunlay yangi bosqichga ko‟tarish diqqatimiz markazida bo‟lishi darkor. ” -
dedilar. Shu sababli zamon talablariga to‟liq javob bera oladigan pedagogik
texnologiyalarini boshlang‟ich
sinf matematika darslarida ham joriy qilish ishlari hozirgi davr talabidir.
“Yangi tamoyillar asosida rivojlanayotgan ta‟lim tizimi yosh avlodni
barkamol, ma‟naviy yetuk inson sifatida shakllantirishda qarata olgandir”-
deyiladi kadrlar tayyorlash milliy dasturida. Hozirgi kunda ta‟lim tizimida
jumladan boshlang‟ich sinf matematika darslarida pedagogik
6
texnologiyalarni qo‟llashning nazariy hamda amaliy asoslarni yaratish
zarurdir.
Hozirda o‟qituvchilarning yuqori kasbiy tayyorgarlikka, pedagogik
mahoratga, yuksak ma‟naviy – axloqiy fazilatlarga, mafkura borasida chuqur
bilimlarga ega bo‟lishi, ta‟lim – tarbiya ishlarida zamonaviy pedagogik
texnologiyalar, interfaol usullardan samarali foydalanishi davr talabi
hisoblanadi.
Yosh avlodning har tomonlama yetuk, bilimli, yuksak ma‟naviyatli,
barkamol, vatanparvar shaxslar bo‟lib yetishishini ta‟minlash yo‟lida amalga
oshirilayotgan ulkan bunyodkorlik ishlarining eng asosiy bo‟g‟ini sifatida
pedagogik xodimlarning yuqori ilmiy, metodik bilimlarga hamda amaliy
ishlash bo‟yicha yuksak mahoratga ega bo‟lishlarini ta‟minlash yuzasidan
zarur chora –tadbirlarni amalga oshirish hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: |