7
I BOB. Boshlang’ich sinflarda pedagogik texnologiyalardan foydalanishni
nazariy asoslari
1.1. Pedagogik texnologiya haqida tushuncha va uning
xususiyatlari
Ta‟lim jarayoni nihoyatda murakkabdir. Ta‟limning barcha bo‟g‟inlarini
shunday tashkil etish kerakki, u yoshlardan chuqur va asosli bilim berish bilan
birga keng qamrovli fikrlashga o‟rgatsin. O‟qish jarayonida o‟quvchida
mustaqil bilim olish ehtiyoji shakllanib borishi hozirgi kunning talabidir.
Pedagogik amaliyot va tadqiqotda qator ish usullari qo‟llab ko‟rildi. Zamonaviy
pedagogik texnologiyaning asosiy mohiyati ta‟limda o‟quvchilarni qiziqtirib
o‟qitish va bilimlarni to‟liq o‟zlashtirishga erishishdir.
Bilimni ta‟lim olayotgan barcha o‟quvchi to‟liq o‟zlashtirishiga erishish
mumkin?
Olimlarning fikricha: ta‟lim olayotgan guruhdagi
5 % o‟quvchi dastur talabidan ilgarilab bilim olish imkoniyatiga ega bo‟ladi.
Shu guruhdagi 5 % o‟quvchining esa dasturni umumiy tartibda o‟zlashtirishga
kuchi yetmaydi. Demak, o‟qituvchi sinfdagi 95 % bola bilan muvaffaqiyatli
ishlay oladi. Dasturdagi bilimlar hajmining 70 % ni o‟quvchilarning barchasi
o‟zlashtirsa, to‟liq o‟zlashtirishga erishildi deb hisoblash mumkin. Chunki,
olimlarning fikricha shu darajada bilimga ega bo‟lgan o‟quvchi qolgan
ma‟lumotni o‟zlashtirish imkoniyatiga erishadi.
Zamonaviy texnologiya ta‟lim jarayonida o‟quvchiga zug‟um qilmay,
ularni qiziqtirib o‟qitishni, o‟quvchilar o‟zidagi barcha fikrlarini bayon etishiga
imkoniyat yaratishni tavsiya etadi.
Respublikamiz Prezident I.A.Karimov O‟zbekiston Respublikasi Oliy
Majlis IX sessiyasida so‟zlagan nutqida ham: “O‟qituvchi bolalarimizga
zamonaviy bilim bersin, deb talab qilamiz. Ammo, zamonaviy bilim berish
uchun, avvalo, murabbiyning o‟zi shunday bilimga ega bo‟lishi kerak…
Demokratik jamiyatda bolalar, umumiy, har bir inson erkin fikrlaydigan etib
tarbiyalanadi. Agar bolalar erkin fikrlashga o‟rganmasa, berilgan ta‟lim
8
samarasi past bo‟lishi muqarrar”, - dedilar. Shu sababli zamon talablariga to‟liq
javob bera oladigan ilg‟or pedagogik texnologiyalarni uzluksiz matematik
ta‟lim tizimiga ham joriy qilish ishlarini hozirgi davr talabidir.
“Texnologiya” yunoncha so‟z bo‟lib, “texno” – o‟qitish jarayonini yuksak
mahorat, san‟at darajasida tashkil etish borasida ma‟lumotlar beruvchi fan
ma‟nosini anglatadi. So‟nggi o‟n yil davomida nutqimizda “pedagogik
texnologiya”, “o‟qitish texnologiya”, “zamonaviy pedagogik texnologiya” kabi
tushunchalar keng qo‟llanmoqda.
TEXNOLOGIYANING TUZILMASI
Yuqoridagi sxemadan ko‟rinib turibdiki, texnologik jarayon quyidagi tarkibiy
qismlardan iborat ekan: bosqichlari, amallari, usullari, harakatlari.
Dostları ilə paylaş: