Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti b


-  o‟quvchilarni dars mavzusiga qiziqtirish;   -



Yüklə 0,9 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/54
tarix02.01.2022
ölçüsü0,9 Mb.
#38955
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   54
kop xonali sonlar mavzusini organishda pedagogik texnologiyalardan foydalanish

-  o‟quvchilarni dars mavzusiga qiziqtirish;  

-  bilimlarning puxta o‟zlashtirishga erishish

-  bola tafakkurini rivojlantirish, ya‟ni o‟quvchini fikrlashga o‟rgatish; 

-  o‟quvchilarni o‟zaro muloqot (muomala) qilishga o‟rgatish; 

-  ta‟lim  jarayoniga  hamma  o‟quvchilarning  faol  ishtirokini  ta‟minlash 

uchun sharoit yaratish; 



-  o‟quvchilar guruhida mo‟tadil  psixologik iqlim yaratish. 


 

10 


 O‟quvchilarni  faollashtirish  uchun  dars  jarayonida  qo‟llaniladigan  usullarni 

to‟g‟ri  tanlash  va  savollarni    aniq  tuzish  katta  samara  beradi.  Buning  uchun 

darsda mavzuga qo‟yilgan maqsad aniq belgilanib, shu maqsadga erishish yo‟li, 

usuli puxta ko‟rib chiqilishi lozim. O‟qituvchi har bir foydalanadigan interfaol 

usuli o‟quvchiga nima berishini oldindan ko‟ra olishi va darsni to‟g‟ri tashkil 

qilishi  kerak.  Demak,  siz  qo‟llanmoqchi  bo‟lgan  interfaol  usulini  tanlab 

bo‟lgach,  o‟zingizga    kerakli  rasm,  tarqatma  material,  ko‟zgazmalardan 

keragini  tayyorlab,  konvertga  solib  qo‟yib, 

mavzularni  o‟rgatishda 

ishlatishingiz mumkin.  



 

Amaldagi  odatiy  darsda  o‟qituvchining  vazifasi  o‟quvchilarga  ma‟lumot 

berish, o‟quvchilar vazifasi esa, bu ma‟lumotni yod olishdan iboratdek bo‟lib 

qoladi. Keyingi darsda esa, oldingi darsdagi “saboq”larni xotirada tiklash va 

amalda qo‟llashga to‟g‟ri keladi.   

       Agar  o‟quvchilar  bilimlarni  axborot  sifatida  qabul  qilib  olmay,  ularni 

o‟rganishga  o‟rtoqlari  bilan  birgalikda  harakat  qilsa-chi?,  uni  eshitishsa,  u 

ham boshqalar fikriga  quloq solsa, birgalikda umumiy  xulosaga kelinsa, bu 

jarayon    o‟qituvchi  tomonidan    maslahatlar,  takliflar  orqali  bildirmay 

boshqarib  borilsa-chi?  Ta‟limning  samaradorligi  o‟quvchining  bilim 

olishdagi faolligiga bog‟liq proporsional ravishda oshib borgan bo‟lar edi. 

        Ta‟lim – kelajakdagi muvaffaqiyatlar kaliti ekan, uning mahsuli bo‟lgan 

bugungi o‟quvchi kelajakda huquqiy – demokratik jamiyat a‟zosi sifatida bu 

jamiyat hayotida to‟laqonli ishtirok eta olishi, zamonning bozor iqtisodiyoti 

qo‟yayotgan talabalariga to‟la javob bera olishi kerak. Axborot oqimi keskin 

ortgan,  turli  yangiliklar  hayotimizga  shitob  bilan  kirib  kelayotgan  davrda 




 

11 


mustaqil tanqidiy fikrlash ko‟nikmalariga ega bo‟lgan, yangilikni o‟rganishga 

doim  tayyor  bo‟lgan,  hamkorlikdan  cho‟chimaydigan,  muloqotga  erkin 

kirisha  oladigan  shaxsni  tarbiyalash  ta‟lim  –  tarbiya  jarayoninig  asosiy 

maqsadi  bo‟lishi  kerak  va  bu  borada  ta‟limda  yangi  texnologiyalarning 

qo‟llanishiga yo‟l ochilishi maqsadga erishish yo‟lidagi to‟g‟ri qadamdir.  

Interfaol 

metodidan 

foydalanishning 

maqsadi 

o‟quvchilarda 

hozirjavoblik,  hissini  rivojlantirish,  bahs  –  munozara,  erkin  fikrlashga 

asoslangan  tafakkur  tarzini  shakllantirishdan  iborat.  Hozirda  keng  qo‟llanib 

kelayotgan        interfaol  metodlar  turlari  juda    ko‟p  bo‟lib,  ularning  hammasi 

ham boshlang‟ich  ta‟limda qo‟llash uchun yaroqli emas. Bunga 1 – navbatda 

boshlang‟ich  sinf  o‟quvchisining    o‟qish,  yozish  tezligining  kichikligi  va 

sinfda aksariyat hollarda 30 tadan ortiq o‟quvchi o‟qishi bo‟ladi.     Interfaol 

metodlar  nisbatan  kichik  auditoriyalarga  (30  tagacha)  va  ko‟proq  uzluksiz 

ta‟lim  tizimining  o‟rta  va  yuqori  bo‟g‟inlariga  mo‟ljallangan  bo‟lib, 

boshlang‟ich  sinflarda  qo‟llash  tajribalari  juda  kam.  Shuning  uchun  yangi 

texnologiyalarning  faqat  boshlang‟ich  sinf  matematika  darslarida  qo‟llash 

mumkin bo‟lganlari haqida gapirsak, avvalo o‟yin texnologiyasiga to‟xtalish 

kerak bo‟ladi. 

      O‟yin boshlang‟ich sinf o‟quvchisi uchun eng tabiiy holat bo‟lib, u o‟yin 

vaqtida  o‟zini  erkin  sezishi,  qo‟rquv  va  tortinchoqlikni  unutishi  mumkin. 

Didaktik  o‟yin  esa,  shu  tabiiylikdan  ta‟lim  maqsadlari  uchun  foydalanish 

vositasidir. 

      Didaktik o‟yin o‟quvchining aqliy faolligini oshirish vositasi ham bo‟lib, 

u  o‟quvchilardagi  psixologik  holatlarni  faollashtiradi  va  ta‟lim  jarayoniga 

qiziqishini  orttiradi.  O‟yin  jarayonida  o‟quvchi  qiyinchiliklarni  “mardona” 

yengishga  harakat  qiladi,  umumiy  o‟yinga  qiziqishi  darsning  psixologik 

holatini  yengillashtiradi,  ko‟tarinkilik  kayfiyatini  hosil  qiladi  va  g‟alaba 

uchun birlashib harakat qilishga o‟rgatadi. 

       Didaktik  o‟yinlar  syujetli  va  mashq  qilishga  mo‟ljallangan  turlarga 

bo‟linadi.  Syujetli  o‟yinlar  biror  tanish  syujetga  bog‟langan  bo‟lib,  unda 




 

12 


rollar taqsimlanadi. Ularga “Telefon”, “To‟pni kimga oshiramiz”, “Telegraf” 

kabi o‟yinlar kiradi.  O‟yin mashqlarga esa, o‟yin elementlarigina kiritilgan 

bo‟lib, unda ko‟proq o‟yinni shartli qabul qilishga to‟g‟ri keladi. Bunda biror 

o‟yin  qoidasiga  harakati  kiritiladi.  Bunday  o‟yinlarga    misol  qilib,  “Jim” 

oyini, “Matematik estafeta” kabi o‟yinlarni kiritish mumkin. 

 Mashq  o‟yinlarni  o‟tkazish  kamroq  vaqt  va  harakatni  talab  qiladi,  lekin 

syujetli rolli o‟yinlar ko‟proq qiziqish uyg‟otadi. 

O‟yin  texnologiyalardan  tashqari  interfaol  metodlardan  “Aqliy  hujum”, 

“6X6X6”,  “Bahs-munozara”,  “Klaster”,  “Insert”,  “Muammoli  savollar”, 

“Adashgan  zanjirlar”,  “Savol  bering”  “Kichik  guruhlarda  ishlash”, 

“Burchaklar  metodi”,  “Kubiklar”  kabilarni  sanab  o‟tish  mumkin.  Bu 

metodlar  sinfda  o‟rganiladigan    mavzular  yuzasidan  muammoli  vazilatlarni 

yaratishga,  mavzuni  muhokama  qilish  asosida  bahs  –  munozara  orqali 

muammo yechimini topishda yaqindan yordam beradi. 

Interfaol usullardan foydalanib dars o‟tishda: 

  O‟quvchilar  topshiriqni  bajarish  uchun  yetarli  bilim,  ko‟nikma, 

malakalarga ega ekanligiga ishonch hosil qiling. 

  Guruhlarga bo‟lishda o‟quvchilarga “tazyiq” ko‟rsatmang. 

  Har  qanday  sharoitda  ham  guruhlar  bilan  iliq  munosabatda  bo‟ling, 

guruh a‟zolarini kuzating. 

  Jamoa  bo‟lib  o‟rganish  yoki  muhokama  vaqtidagi  shovqinga  ko‟nikish 

uchun tayyorgarlik ko‟ring. 

  Baholash  va  mukofotlash  tizimingiz  guruhlar  ishlariga  qanday  ta‟sir 

ko‟rsatishi haqida o‟ylab ko‟ring. 

  Muvaffaqiyatli  guruh  ishi  uchun  guruhni  rag‟batlantirish  yo‟lini  o‟ylab 

ko‟ring (imkon darajasida). 

  Guruhlar  uchun  berilgan  vazifani  bajarishga  yetarlicha  vaqt  bering, 

boshqa  guruhlarga  nisbatan  vazifasini  ertaroq  bajargan  guruhni  band 

qilish yo‟llarini o‟ylab ko‟ring. 

  Mustaqil fikr va g‟oyalarni olqishlang. 




 

13 


       Boshlang‟ich  sinf  matematika  darslarida  interfaol  texnologiyalardan 

foydalanish bo‟yicha umumiy qoidalar quyidagilar: 




Yüklə 0,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   54




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin