1 – qoida: Sinfdagi hamma o‟quvchilarning texnologik jarayonda faol
qatnashishlariga erishish kerak. Buning uchun hamma o‟quvchi ishtirok eta
oladigan mavzuni va unga mos metodni tanlash kerak bo‟ladi. O‟yinlar ham
shu asosda tanlanadi, agar rolli o‟yinlar o‟ynalsa, har bir o‟quvchi hamma
rolda bo‟lib chiqishi uchun o‟yin bir necha marta takrorlanadi.
2 – qoida: Interfaol o‟yin texnologiyalardan foydalanish uchun
o‟quvchilarni psixologik tomondan tayyorlash masalasiga e‟tibor berish
kerak. Chunki hamma o‟quvchi ham darsda faol ishtirok etishga, biror rolga
kirishish va fikrini erkin bildirishga tayyor bo‟lavermaydi. Uyalish, qisilib–
qimtinish, odatdan tashqari vaziyatdan cho‟chish kabi holatlar yuz berishi
mumkin. Buning oldini olish uchun avval kichik hajmdagi, qisqa vaqtli
mashqlardan foydalanish, faollikni rag‟batlantirish va ixtiyoriylikdan ko‟ra
navbat bilan ishtirok etishni joriy qilish kerak bo‟ladi.
Dostları ilə paylaş: |