II BOB. Ko’p xonali sonlar mavzusini o’rganishda pedagogik
texnologiyalardan foydalanish
2.1. Boshlang’ich ta’limda matematikani o’qitishda
ta’limiy texnologiyalarni tatbiq etish metodikasi
Matematika
o‟qtish jarayonida yangi ta‟lim texnologiyalaridan
foydalanish shaxs kamolotini ta‟minlashga xizmat qiluvchi mustaqil fikr
yuritish, o‟z ustida ishlash, faoliyatga nisbatan ijodiy yondashish kabi
xislatlarning ham shakllanishiga zamin yaratadi. Shu yerda bu boradagi ichki
imkoniyatlarni ochib berish haqida so‟z yuritamiz.
Boshlang‟ich ta‟lim o‟zga ta‟lim bosqichlaridan integrativ, o‟yinga
asoslangan ta‟lim texnologiyalariga beriluvchanligi bilan ajralib turadi. Lekin
bolaning bog‟cha davridan maktab davriga o‟tishi ancha murakkab ruhiy –
hissiy ichki jarayonlar asosida amalga oshadi. Bu davrda aksariyat bolalarda
chuqur psixologik inqiriz holati kuzatiladi. Buni bola ichki dunyosini yaxshi his
eta oladigan, tom ma‟nodagi jonkuyar pedagog nuqtai nazari bilan yondoshuv,
suyanchiq deyish mumkin. Ko‟pincha o‟quvchi o‟qituvchi faoliyatini aynan
25
takrorlaydi, ya‟ni ta‟lim mazmunini ongli emas, ongsiz ravishda qabul qiladi.
Mazkur holatning oldini olish uchun, 1 – sinf o‟quvchisini ongli o‟quv
faoliyatiga jalb etish uchun nima qilish kerak?
Dostları ilə paylaş: |