Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti boshlangʻich taʼlim fakulteti boshlangʻich taʼlim yoʻnalishi kechki taʼlim 301-guruh talabasi turopov botiralining badiiy oʻqitish metodikasi fanidan tayyorlagan taqdimoti



Yüklə 3,23 Kb.
tarix25.12.2023
ölçüsü3,23 Kb.
#194652
NIZOMIY NOMIDAG-WPS Office


NIZOMIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI BOSHLANGʻICH TAʼLIM FAKULTETI BOSHLANGʻICH TAʼLIM YOʻNALISHI KECHKI TAʼLIM 301-GURUH TALABASI TUROPOV BOTIRALINING BADIIY OʻQITISH METODIKASI FANIDAN TAYYORLAGAN TAQDIMOTI
Alisher Navoiy asarlari bolalar kitobxonligida.
To`rt asrdan ziyodroq davr mobaynida Alisher Navoiy asarlarini xalqimiz qo`lyozma kitoblar (devonlar, bayozlar va tazkiralar)dan o`qib o`rgandi, shoir g`azallari negizida yaratilgan qo`shiqlar ham navoiyxonlikda ayricha ahamiyat kasb etdi. Maktablarda ham, madrasalarda, davra va suhbatlarda ham shoir asarlariga rag`bat tobora kuchaya bordi.
Xususan, XIX asrning so`nggi choragidan e`tiboran shoir asarlarini ko`p sonli adadlarda toshbosma (litografiya) va tipografiyalarda chop etish yo`lga quyilgach, bu jarayon yanada chuqurlasha va kengaya bordi. XX asrda Navoiy asarlarini o`qib-o`rganish o`rta va oliy maktab dasturlaridan keng o`rin oldi, asrning oxirlariga borib esa, bog`chalar ta`limi doirasiga ham kiritila boshlandi. Shu zaylda turli yoshdagi kitobxonning o`z Navoiysi qad rostlaydigan bo`ldi. Shu ehtiyoj "Xamsa" dostonlarining, shuningdek, "Lison ut-tayr"va "Mahbub ul-qulub" asarlarining hozirgi adabiy tilda qayta aytilgan nasriy bayonlari va tabdillarini yaratishga, qolaversa, kichik yoshdagi bolalarga mo`ljallangani "Qiziq hikoyalar"(1991) nashrini amalga oshirishgacha olib keldi.
Buyuk gumanist bolalarga kelajak sohiblari sifatida qaradi, shunga ko`ra ularning tarbiyasiga alohida e`tibor berish zarurligini uqtirarkan, bu sohadagi axloqiy qarashlarini "Xamsa"dostonlarida, xususan, dastlabki uch dostoni-"Hayratul-abror" ("Yaxshilarning hayrati"), "Farhod va Shirin", "Layli va Majnun"da, shuningdek, "Lison-ut-tayr" ("Kush tili"), "Mahbub ul-qulub" ("Qalb sevgilisi") hamda "Arbain hadis" ("Qirq hadis") kabi asarlarida olg`a surdi. Bu asarlar bolalar navoiyxonligida ayricha mavqe hosil qilib keldi.
ETIBORINGIZ
UCHUN
RAHMAT
Yüklə 3,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin