Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti fizika-matematika



Yüklə 0,83 Mb.
səhifə10/28
tarix05.06.2022
ölçüsü0,83 Mb.
#60675
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   28
2 5339282048492246567

1 – tajriba. Elektrofor mashinasiga birinchi elektrometrni ulanib, zaryadlanadi va unga ikkinchi elektrometrni yaqin joylashtiriladi. Elektrometrlarning sterjenlarini dielektrik lineyka yordamida tutashtirilganda ikkinchi elektrometrga zaryad o’tmaydi (1-rasm).


1-rasm 2-rasm
2 – tajriba: Elektrometrlarning sterjenlarini metall lineyka yordamida tutashtirilganda esa ikkinchi elektrometr strelkasi og’ib, unga zaryad o’tganini ko’rsatadi (2-rasm).
3 – tajriba: Elektrofor mashinasi va surilma kondensator 3-rasmda ko’rsatilganidek yonma - yon joylashtiriladi. Elektrofor mashinasining zaryadlangan sharchasi izolyatsiyalangan o’tkazgich yordamida kondensatorning qoplamiga tekkizib olinadi. Keyin kondensatorning qoplami elektrometr bilan tutashtirilganda elektrometr strelkasi biror burchakka og’adi.

3 – rasm.
Tajribadan ko’rinadiki, parallel joylashtirilgan ikkita metal plastinka o’zida elektr zaryadini yig’ish xususiyatiga ega bo’ladi. Bu ikki parallel plastinka kondensator deb ataladi.
4 – tajriba: Kondensatorning bitta qoplami elektrofor mashinasiga 3-rasmdagidek ulanadi va ikkinchi qoplami elektrometrga ulanib, elektrometr korpusi yerga ulanadi. Elektrofor mashinasi yordamida kondensator zaryadlanadi. Kondensator qoplamini ko’ndalangiga suriladi. Bunda elektrometr ko’rsatishini kamaygani ko’rinadi.
Xulosa: Tajribadan ko’rinadiki, kondensator plastinkalarini bir biriga ko’ndalangiga surganda ularning qarama – qarshi joylashgan yuzalari kamayishi natijasida elektr sig’imi kamayadi.
5 – tajriba: Kondensatorning bitta qoplami elektrofor mashinasiga ulanadi va ikkinchi qoplami elektrometrga ulanib, elektrometr korpusi yerga ulanadi (4 – rasm). Elektrofor mashinasi yordamida kondensator zaryadlanadi. Kondensator qoplamlari orasidagi masofa oshirib kamaytiriladi. Bunda elektrometr ko’rsatishi ortib, kamaygani kuzatiladi.
Xulosa: Tajribadan ko’rinadiki, kondensator plastinkalari orasidagi masofa kamayganida kondensator sig’imi ortadi, va aksincha plastinkalar orasidagi masofa ortganda kondensator sig’imi kamayadi. Demak, .
6 – tajriba: Kondensatorning bitta qoplami elektrofor mashinasiga ulanadi va ikkinchi qoplamielektrometrga ulanib, elektrometr korpusi yerga ulanadi. Elektrofor mashinasi yordamida kondensator zaryadlanadi. Kondensator qoplamlari orasidagi masofa o’zgartirilmasdan, qoplamlar orasiga dielektrik kiritiladi. Bunda elektrometr ko’rsatishi ortgani kuzatiladi.

Yüklə 0,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin