Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti fizika-matematika



Yüklə 0,83 Mb.
səhifə2/28
tarix05.06.2022
ölçüsü0,83 Mb.
#60675
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28
2 5339282048492246567

KIRISH



Bitiruv malakaviy ishining dolzarbligi. Bugungi kunda O`zbekistonda ta’lim-tarbiya sohasi davlat siyosati darajasiga ko’tarilib, mutlaqo yangicha qarash barpo etildi, desak mubolag’a bo`lmaydi. Umumiy o`rta ta’lim maktablari tasdiqlangan meyoriy hujjatlar asosida o`quvchilarga 9 yil davomida o`ziga xos darajada yakuniga yetgan zamonaviy bilim berishni nazarda tutadi. Akademik litsey hamda kasb-hunar kollejlarida esa o`quvchi yoshlar o`z qiziqishlaridan kelib chiqib ixtiyoriy majburiy holda bilim, malaka va ko’nikmalarni chuqurlashtirish imkoniyatiga ega bo`ladilar.
Haqiqatdan ham, fizika sohasida qilingan har bir kashfiyot, dunyoni bilish sohasidagi har bir yangilik materiyani, borliqni o’rganish yo’lidagi dadil bir qadam hisoblanadi. Fizika tabiiy fan bo’lib, uning qonunlari barcha tabiatshunoslik bilimlarining asosida yotadi. Fizika fanini uzoq vaqtlargacha tabiat falsafasi deb ataganlarining o’zi ham uning falsafa bilan naqadar chuqur bog’lanib ketganligining isbotidir. Shuni ta’kidlash lozimki, O`zbekiston mustaqilligini qo`lga kiritgandan so`ng 1999-2000 o`quv yilidan buyon fizika fani VI sinfdan boshlab o`qitila boshlandi. Davlat ta’lim standartiga asosan VI sinf fizika kursida tabiatda uchraydigan fizik hodisalar haqida boshlang`ich ma’lumotlar berish kuzda tutilgan, ya’ni quyidagi bo`limlarni o`rganish kuzda tutilgan:

  1. Modda tuzilishi haqida dastlabki ma’lumotlar.

  2. Mexanik hodisalar.

  3. Jasmlarning muvozanati. Oddiy mexanizmlar.

  4. Issiklik hodisalari.

  1. Yorug`lik hodisalari.

  2. Tovush xodisalari.

1960 yillarda esa VI-sinfda fizika kursida quyidagi ma’lumotlar berilgan:
1. Eng oddiy o`lchashlar (ruletka, tarozi toshlari, zichlik, yuzani o`lchash).
2. Qattiq jismlarning ba’zi xossalari (kuch, dinamometr, bosim).
3. Suyuqlik va gazlar (suyuqlikning idish tubiga bulgan bosimi, manometr, barometr, tutash idishlar. Atmosfera bosimi, Arximed kuchi, suv osti kemasi, havoda uchish, stranostatlar).
4. Ish va energiya ish, quvvat, bloklar, polistpastlar, richag, chig`iriq, qiya tekislik, foydali ish koeffisiyenti», energiya, abadiy dvigatellar.
Ushbu bitiruv malakaviy ishida fizika ta’lim mazmunidagi ustivor jihatlarga, fizikaning fundamental mavzularini mazmuniy va uslubiy tahliliga, shuningdek, unda o’quvchilarni fizika va uni o’qitish metodikasi fani olamida shakillanayotgan yangicha qarashlar bilan tanishtiramiz, bilimlarni zamonaviy o’qitish texnologiyalaridan unumli foydalanish orqali o’rgatish nazarda tutiladi.

Yüklə 0,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin