Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti fizika-matematika fakulteti


-9-SINF O‘QUVCHILARI UCHUN HARAKATLI O‘YINLAR



Yüklə 92,07 Kb.
səhifə10/13
tarix25.12.2023
ölçüsü92,07 Kb.
#195819
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Harakatli o`yinlar Mustaqil ish

7-9-SINF O‘QUVCHILARI UCHUN HARAKATLI O‘YINLAR
7—8-sinfning jismoniy tarbiya darsida o‘tiladigan harakatli o‘yin- larning soni o‘qituvchi tomonidan qo‘yilgan vazifaga, shug‘ul- lanuvchilarning tarkibiga va ish sharoitiga bog‘liq bo‘ladi.
Jismoniy tarbiya darsida o‘smirlarning o‘yin bilan shug‘illanish jarayonida asosiy vazifalar quyidagilardan iborat: o‘yin vaziyatida gimnastika mashqlari (umbaloq oshishlar, tayanib sakrashlar, tir- mashib chiqish mashq va muvozanat saqlash), yengil atletika mashq­lari (past va yuqori start, tez yurish, yugurib kelib uzunlikka va balandlikka sakrash, kichik va katta koptoklarni uloqtirish), to‘pni egallash malakalarini (basketbol, futbol, voleybol o‘yini uchun) mustahkamlash va takomillashtirish; o‘z jamoasining javobgarligini his qilish, o‘zaro yordamlashish malakalarini, jamoa manfaati uchun oqilona tavakkal qila bilishni tarbiyalash; o‘yin qoidalari buzilganiga chiday olmaslik harakatni aniq bir maqsadga qaratilganligini, o‘zini tuta bilishligini, diqqatini taqsimlamoqlikni, harakatda mo‘ljalini tez ola bilishni tarbiyalash; jamoa o‘yinlarida tashkilotchilik malaka­larini, sport o‘yiniga birmuncha yaqin bo‘lgan murakkab harakatli o‘yinlarda hakamlik malakalarini rivojlantirish.

darsning vazifasi boshqa sport o‘yinlarini o‘rgatishga bag‘ishlangan bo‘lsa, ya’ni unga tayyorlovchi barcha harakatli o‘yinlardan darsning hamma qismlaridan foydalanish mumkin. «Juft bo‘lib estafeta», «Ol- dinga yur», «Doiradan chiqarish», «Kim kuchli», «Arqon tortish», «Kim tezroq», «To‘siq qo‘yib o‘ynaladigan lapta», «Doira bo‘ylab kross».



10-11 -SINF O‘QUVCHILARI UCHUN HARAKATLI O‘YINLAR
Jismoniy tarbiya dasturi bo‘yicha 10—11-sinflarda harakatli o‘yin- lar kiritilmagan, biroq darslarda, oldingi sinflarda o‘tilgan harakatli o‘yinlardan foydalanish mumkin. Uning vazifasi shundan iboratki, turli-tuman o‘yin vaziyatlarida o‘quvchilarni harakat qilishga o‘rgatish ko‘proq maqsadga muvofiq bo‘ladi va turli-tuman sport turlari bilan shug‘ullanganda egallagan malakalarni mustahkamlaydi va takomil- lashtiradi.
10—11-sinflarda harakatli o‘yinlar yorqin ifoda qilingan yordamchi xarakterdadir. O‘quvchilar kutilmaganda o‘yin sharoitida ijod qilingan yoki egallagan malakasini to‘g‘ri qo‘llashga odatlanadi.
O‘quvchilarning sport o‘yinlariga bo‘lgan katta qiziqishni hisobga olingan holda, shug‘ullanuvchilar sonining ko‘pligi sababli jismoniy tarbiya darsida o‘tkazish qiyin, shuning uchun sport o‘yinlariga yaqin bo‘lgani sababli sinfning barchasiga harakatli o‘yinlarni tavsiya qilish mumkin. Muhimi, bu o‘yindagi texnika va taktikasi sport o‘yinlaridek bir xil bo‘lishi kerak. Bundaylarga quyidagi o‘yinlarni kiritish mumkin: «To‘p sardorga», «To‘p uchun kurash» (basketbol o‘yiniga tayyor- lovchi), «Voleybolchining to‘p uzatishi», «To‘pni uzatdingmi o‘tir» voleybol elementlari bilan estafeta, (voleybol o‘yiniga tayyorlaydigan) «Doirada oyoq bilan to‘p tepish», «Raqibning himoyachilari o‘rtasida» (futbol o‘yiniga tayyorlaydigan) va boshqalar.
. O‘YIN TANLASH MEZONI
— Jamoali;
fikrlarni rivojiantiruvchi;
darsning ma’lum talablariga javob beradigan.
. DARSNING TAYYORLOV QISMI
Mashq qilish jarayonida charchash yoki topshiriqni orta borishi bilan fikrlash qobilyati susayadi. Harakatga sarflanadigan vaqt cho‘ziladi, fikr sifati pasayadi.
Darsning tayyorlov qismida qon tomirining bir daqiqada urishi 130—140 martadan oshmasligi kerak. Shuning uchun aynan darsning tayyorlov qismida holatni bilish, to‘p bilan qilinadigan xatti-hara- katni tushunib yetish, o‘yinda aniq lahzalar xususiyatini ko‘ra bi­lish, qizg‘in jarayonga kirishib bo‘sh o‘ringa chiqish, hujum chizig‘ini cho‘zishga yo‘naltirilgan holatning shakllanishini tahlil qilishni bilish zarurdir.
Darsning tayyorlov qismida foydalaniladigan o‘yinlar quyidagicha bo‘lish kerak:
) jamoali;
o‘yin tezligi o‘rtacha bo‘lgan (qon-tomir urishi bir daqiqada 130—140 marta);
fikrlashni (ulash) rivojlantiruvchi;
darsning asosiy qismiga barcha a’zolarni tayyorlovchi;
5) darsning tayyorlov qismida tavsiya qilingan o‘yinlardan foyda- lanish mumkin. Bitta darsda, odatda, ikkita o‘yin va variantlaridan foydalanish maqsadga muvofiqdir.

Yüklə 92,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin