NizOmiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti maktabgacha ta’lim yo’nalishi sirtqi 103-guruh talabasi sabirova yulduzning “maktabgacha ta’limni tashkil etish” fanidan tayyorlagan musstaqil ishi o’qituvchi: Jumanova Fotima Mavzu



Yüklə 80,62 Kb.
səhifə1/3
tarix25.01.2023
ölçüsü80,62 Kb.
#80770
  1   2   3
maktabgacha ta’limni tashkil etish fanining tadqiqot metodlari

nizOmiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti maktabgacha ta’lim yo’nalishi sirtqi 103-guruh talabasi sabirova yulduzning “maktabgacha ta’limni tashkil etish” fanidan tayyorlagan musstaqil ishi o’qituvchi: Jumanova Fotima Mavzu: maktabgacha ta’limni tashkil etish fanining tadqiqot metodlari

Ta’lim jarayonida metodlarning pedagogik mohiyati. Ta’lim jarayonining muvaffaqiyati uning shakligagina emas, balki qо‘llanilayotgan metodlar samaradorligiga ham bog‘liqdir. Ta’lim nazariyasida о‘qitish (ta’lim) metodlari markaziy о‘rin egallaydi. «Metod» yunoncha metodos sо‘zidan olingan bо‘lib, «yо‘l», tadiq qilish kabi ma’nolarni anglatadi. Ta’lim metodi ta’lim jarayonida о‘qituvchi va о‘quvchi-talabalarning aniq maqsadga erishishiga qaratilgan birgalikdagi faoliyatlaridir.1 Metoddar haqidagi fan metodologiya deb ataladi. Fanda nazariy va amaliy (emiirik) metodlar mavjud. Metod — metod (yunoncha — aynan nimagadir yо‘l) maqsadga erishish yо‘lini bildiradi. Muayyan ma’noda tartibga solinadigan faoliyat. Yunoncha sо‘z bо‘lib, yо‘l, axloq ma’nolarini bildiradi. Odatda, keng ma’noda qо‘llaniladigan «metod» terminini kishilarning о‘z oldiga qо‘ygan maqsadlariga erishish, ma’lum obyektni о‘zlashtirish borasidagi nazariy va amaliy faoliyatlari usullarini anglatadi. Ta’lim jarayonidagi ma’lum bir maqsadni amalga oshirishga qaratilgan faoliyatning turlicha bо‘lishi yangidan-yangi usullarni metodlarni keltirib chiqaradi. Metod tanlashda, albatta, ayrim о‘quv predmetlarini о‘ziga xos xususiyatlariga amal qilinmog‘i lozim. Shu bilan birga ta’lim jarayonida kо‘pchilik о‘quv predmetlarini о‘qitishda qо‘llanilishi mumkin bо‘lgan umumiy о‘kitish metodlari bilan birga ayrim о‘quv predmetlarini о‘qitishda qо‘llanilgan о‘ziga xos xususiy metoddar va metodik yondashuvlar ham bor. Ayrim predmetlarni о‘qitishda qо‘llaniladigan xususiy metodlar umumiy о‘qitish metodlari bilan mustahkam bog‘liqdir. Ta’lim metodlari о‘qitishning о‘z oldiga qо‘ygan maqsadlariga erishish usullarini hamda о‘quv materialini nazariy va amaliy yо‘naltirish yо‘llarini anglatadi. О‘qtish metodlari ta’lim jarayonida о‘qituvchi va о‘quvchi faoliyatining qanday bо‘lishi, о‘qitish jarayonini qanday tashkil etish va olib borish kerakligini hamda shu jarayonda о‘quvchilar qanday ish harakatlarini bajarishlari kerakligini belgilab beradi. Ta’lim metodi о‘qituvchi bilan о‘quvchilarning о‘qish vazifalarini bajarishga qaratilgan nazariy va amaliy bilish faoliyati yо‘lidir.


Yüklə 80,62 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin