1.
Maktabgacha ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish
konsepsiyasi va “Ilk qadam” davlat o ’quv dasturi bo’yicha
maktabgacha yoshdagi bolalarga ta’lim-tarbiya berish masalalari.
O ’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 maydagi PQ-
4312 sonli “Maktabgacha ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish
konsepsiyasini
tasdiqlash
to ’g ’risida”gi
qarori
qabul
qilindi.
Maktabgacha ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi 5
bob dan iborat bo’lib, maktabgacha ta’lim tizimining joriy
holati va uni
rivojlantirishdagi mavjud muammolar, maktabgacha ta’lim tizimini
rivojlantirishning maqsadlari va ustuvor yo’nalishlari, konsepsiyani
amalga oshirishdan kutilayotgan natijalar hamda amalga oshirishini
monitoring qilish belgilab qo’yilgan.
0 ‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim tizimini 2030
yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi (keyingi o ‘rinlarda - Konsepsiya)
0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 30 sentabrdagi
"Maktabgacha ta’lim tizimini boshqarishni takomillashtirish chora-
tadbirlari to ‘g ‘risida"gi PQ-3955-son qarorini ijro etish maqsadida ishlab
chiqilgan
bo iib,
2030
yilgacha
maktabgacha
ta’lim
tizimini
rivojlantirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlami o ‘z ichiga oladi.
Konsepsiya 0 ‘zbekiston Respublikasida maktabgacha ta’limni
rivoj lantirishning
maqsadlari, vazifalari, ustuvor yo‘nalishlari, o ‘rta va
uzoq muddatli istiqboldagi bosqichlarini belgilaydi hamda maktabgacha
ta’lim sohasini rivojlantirishga yo‘naltirilgan dasturlar va kompleks
chora-tadbirlami ishlab chiqish uchun asos bo‘ladi.
Maktabgacha ta’limni rivojlantirish sohasidagi muammolariga
maktabgacha yoshdagi bolalaming to‘liq qamrab olinishini ta’minlash
uchun maktabgacha ta’lim tashkilotlari sonining yetarli
emasligi, qishloq
joylarida maktabgacha ta’limning past darajada rivoj langanligi,
maktabgacha ta’lim muassasalarining moddiy-texnik holati lozim
darajada emasligi, maktabgacha ta’lim tashkilotlarining malakali
pedagog kadrlar bilan jamlanmaganligi, maktabgacha ta’lim tizimida
boshqaruv kadrlarining tanqisligi va ular malakasining pastligi, ota-
onalarning bola shaxsining shakllanishida maktabgacha ta’limning
ijobiy jihatlari va foydasi haqida yetarlicha m a’lumotga ega emasligi,
zamonaviy o‘quv-metodik materiallar va ko‘rgazmali qurollaming
yetishmasligi, alohida ehtiyojli bolalar uchun mavjud maktabgacha
ta’lim muassasalarining texnik jihozlanishi va uslubiy ta ’minoti
darajasining pastligi sabab bo’lmoqda.
22
Ushbu Konsepsiyaning maqsadi bola hayoti va faoliyatining
barcha sohalarini rivojlantirishni ta’minlovchi muhim manba bo‘lgan
sifatli maktabgacha ta’limdan foydalanish
mexanizmlarini ishlab
chiqishdan iborat.Maktabgacha ta’lim tizimini rivojlantirishning ustuvor
yo‘nalishlari quyidagilardir:
- maktabgacha ta’lim sohasidagi meyoriy-huquqiy bazani yanada
takomillashtirish
- maktabgacha ta’lim tizimiga xodimlarni tayyorlash, qayta
tayyorlash, malakasini oshirish, tanlab olish va rivojlantirishga mutlaqo
yangi yondashuvlarni joriy etish
- maktabgacha yoshdagi bolalarni intellektual, axloqiy, estetik va
jismoniy jihatdan har tomonlama rivojlantirish uchun sharoitlar yaratish;
- bolalarni sifatli maktabgacha ta’lim bilan qamrab olish ko‘lamini
oshirish, undan teng foydalanishi imkoniyatlarini ta’minlash,
mazkur
sohada davlat-xususiy sherikchilikni rivojlantirish
- bolalarni sifatli maktabgacha ta’lim bilan qamrab olish ko‘lamini
oshirish, undan teng foydalanishi imkoniyatlarini ta’minlash, mazkur
sohada davlat-xususiy sherikchilikni rivojlantirish
- maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarni
sog‘lom va
balanslashtirilgan oziq-ovqat, sifatli tibbiy parvarish bilan ta’minlash.
- maktabgacha ta’lim tizimiga innovatsiyalami, ilg‘or pedagogik va
axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish;
- maktabgacha ta’limni boshqarish tizimini takomillashtirish,
maktabgacha ta’lim tashkilotlari
faoliyatini moliyalashtirishning
shaffofligi va samaradorligini ta’minlashdir.
Shunday ekan, birgina maktabgacha ta’lim tizimiga innovatsiyalami
joriy etishda STEAM ta’lim texnologiyasi samarali natijalami ko’zlaydi.
Konsepsiyani amalga oshirishdan kutilayotgan natijalar - barcha
bolalarga sifatli maktabgacha ta’lim olish
uchun bir xil imkoniyatlami
ta’minlovchi maktabgacha ta’limning samarali innovatsion tizimining
shakllanishi, maktabgacha ta’limni insonning butun hayoti davomidagi
uzluksiz ta’limning birinchi bosqichi sifatida belgilash, bolani shaxs
sifatida jismoniy, intellektual va axloqiy jihatdan barkamol qilib
tarbiyalashda
uning
roli
oshirilishi,
maktabgacha
ta’lim
23
muassasalarining namuna va turlari xilma-xilligi asosida maktabgacha
ta’lim tizimida institusional o ‘zgarishlar
amalga oshirilishi, mazkur
sohada sog‘lom raqobat muhitining yaratilishi; zamonaviy energiya va
resurs tejovchi texnologiyalami joriy etish asosida maktabgacha ta’lim
muassasalarining bino va inshootlarini qurish, rekonstruksiya qilish va
kapital ta’mirlashning kengaytirilishi, ulaming o ‘quv-metodik, didaktik
materiallar, rivojlantiruvchi o ‘yinlar va o‘yinchoqlar,
badiiy adabiyotlar,
mebel, kompyuter texnikasi, o ‘quv uskunalari bilan jihozlanishi;
maktabgacha ta’lim sohasiga xususiy sektorning jalb qilinishi, uning
ijtimoiy
javobgarligi
oshirilishi,
moliyalashtirish
manbalarining
kengaytirilishi va maktabgacha ta’lim xizmatlari turlarining ko‘payishini
amalga oshirilishini ta’minlaydi.
Hozirgi kunda maktabgacha ta’lim tizimida xorijiy davlatlar
tajribasida yuqori kobrsatkichlarga ega bo‘lgan kompetensiyaviy
yondashuv keng tatbiq qilinmoqda.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlari uchun “Ilk qadam” davlat o ‘quv
dasturi asosida tarbiyalanuvchilarda shakllantiriladigan kompetensiyalar
ikkita asosiy guruhga ajratib ko‘rsatiladi va ular quyidagicha aks etgan:
1.
Maktabgacha yoshdagi (6-7 yoshli)
bolaning umumiy muhim
kompetensiyalari:
Dostları ilə paylaş: