KIRISH
CTzbekistonning kelajak taraqqiyoti, salohiyati ma’lum ma’noda
bolalarni maktabgacha
yoshidanoq maqsadli ravishda o ‘z ijodiy
qobiliyatlarini rivojlantirish va ro’yobga chiqishga ko’maklashish hamda
rag‘batlantirish, tanqidiy-ijodiy fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirish,
ilk
yosh davridan
o ’qishga xohish-istak uyg‘otish va ilk yozish
ko‘nikmalarini shakllantirish, kuylash va musiqa tinglashga o ‘rgatish,
jonli va jonsiz tabiat haqida tushuncha berish, mehnat qilish malaka va
ko‘nikmalarini tarbiyalashda rivojlantiruvchi faol muhitni tashkil etish
va maktabga sifatli tayyorlash bosh maqsadimizdir.
Bugungi kunda ta’lim-tarbiyaviy jarayonda
innovatsion pedagogik
va axborot texnologiyalaridan foydalanib ta’limning samaradorligini
oshirishga bo‘lgan qiziqish, e’tibor kundan kunga kuchayib bormoqda.
Zamonaviy texnologiyalar bilan boyitilgan mashg‘ulotlar bolani
mustaqil izlanishga, ijodiy fikrlashga,
intellektual
salohiyatini
shakllantirishga qaratilgan.
Tarbiyachi bu jarayonda bola shaxsi va bolalar jamoasining
shakllanishi, bilim olishi va tarbiyalanishiga imkoniyat yaratadi, shu
bilan bir qatorda, kuzatuvchanlik, boshqaruvchilik, yo‘naltiruvchilik
vazifasini bajaradi. Ushbu vaziyatda bola asosiy ijroni amalga oshiradi.
Pedagog-olimlaming ta’lim-tarbiya tizimida “nega o‘rgatamiz?,
nimani o ‘rgatamiz?, qanday o ‘rgatamiz? Savollariga javob
izlash bilan
bir qatorda qanday qilib faoliyat jarayonida samarali natijalarga erishish
mumkin? - degan savolga ham javob qidirdilar. Bu esa, ta’lim-
tarbiyaviy jarayonni texnologiyalashtirishga, ya’ni faoliyatni ishlab
chiqarishga oid aniq kafolatlangan, natija beradigan texnologik
jarayonga aylantirishga ehtiyoj borligini ко‘rsatdi.Bunday
ehtiyoj va
fikrlaming
tug‘ilishi
yangi
pedagogik
innovatsion
texnologiya
yo‘nalishini yuzaga keltirdi.
Mamlakatimizda maktabgacha ta’lim tizimini tubdan isloh qilish,
zamonaviy ilg‘or xorijiy tajribalar asosida innovatsion jarayonni tashkil
etishga qaratilgan
amaliy
ishlar olib borilmoqda.
0 ‘zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 22 dekabrdagi 802-son
“Maktabgacha ta’lim va tarbiyaning davlat standartini tasdiqlash
to ‘g ‘risida” gi qarorida “Davlat standartining maqsadi - maktabgacha
ta’lim tizimini zamonaviy talablarga
asoslangan holda tashkil etish,
bolalarni sog‘lom va har tomonlama yetuk qilib voyaga yetkazish,
ta’lim-tarbiya jarayoniga samarali ta’lim va tarbiya shakllari hamda
usullarini joriy etish hamda ma’naviy barkamol avlodni tarbiyalash,
shuningdek, ta ’lim-tarbiya jarayonining hajmiga, mazmuniga va
sifatiga, maktabgacha ta’lim tashkilotini
qurish va jihozlashga,
maktabgacha
yoshdagi
bolalaming
soglom
ovqatlanishini
va
xavfsizligini tashkil etishga doir majburiy minimum talablami joriy
etish va nazoratini tashkil etishdan
iborat” 1 ekanligi alohida
ta’kidlangan.
2019 yil 16 dekabrdagi 0 ‘RQ-595-son “Maktabgacha ta’lim va
tarbiya to‘g ‘risida 0 ‘zbekiston Respublikasi Qonuni, 2017 yil 7
fevraldagi PF-4947-son “0 ‘zbekiston Respublikasini yanada rivoj
lantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to ‘g ‘risida”, 2017 yil 30
sentabrdagi
PF-5198-son “Maktabgacha ta’lim tizimi boshqaruvini
tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to ‘g ‘risida”gi
farmonlari, 2017
yil 9 sentabrdagi PQ-3261-son “Maktabgacha ta’lim tizimini tubdan
takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g ‘risida”gi, 2017 yil 30 sentabrdagi
PQ-3305-son “Maktabgacha ta’lim vazirligi faoliyatini tashkil etish
to ‘g ‘risida”gi qarorlari hamda sohaga oid me’yoriy huquqiy hujjatlarda
ko‘rsatilgan vazifalami amalga oshirishda ushbu o ’quv qo’llanma
muayyan darajada xizmat qiladi.
Dostları ilə paylaş: