Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti maxmutazimova yulduz raxmatovna



Yüklə 224 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/87
tarix27.12.2023
ölçüsü224 Kb.
#200013
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   87
llm iy taqrizchilar:
pedagogika fanlari doktori, professor
Z.N.Mamarajabova
pedagogika fanlari bo ’yicha falsafa doktori (PhD),dotsent
G. Sh.Shirbacheyeva
pedagogika fanlari bo 'yicha falsafa doktori (PhD) ,dotsent
G.A.Mamatova
Ushbu o’quv qo’llanma O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta'lim
vazirligimng 2022-yil 9-sentabrdagi 302-sonli buyrug’iga asosan nashrga ruxsat
etilgan.
ISBN 978-9943-8422-0-5
© Yu.R. Maxmutazimova, 2022.
© “TAMADDUN”, 2022.
2


KIRISH
CTzbekistonning kelajak taraqqiyoti, salohiyati ma’lum ma’noda 
bolalarni maktabgacha 
yoshidanoq maqsadli ravishda o ‘z ijodiy 
qobiliyatlarini rivojlantirish va ro’yobga chiqishga ko’maklashish hamda 
rag‘batlantirish, tanqidiy-ijodiy fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirish, 
ilk yosh davridan 
o ’qishga xohish-istak uyg‘otish va ilk yozish 
ko‘nikmalarini shakllantirish, kuylash va musiqa tinglashga o ‘rgatish, 
jonli va jonsiz tabiat haqida tushuncha berish, mehnat qilish malaka va 
ko‘nikmalarini tarbiyalashda rivojlantiruvchi faol muhitni tashkil etish 
va maktabga sifatli tayyorlash bosh maqsadimizdir.
Bugungi kunda ta’lim-tarbiyaviy jarayonda innovatsion pedagogik 
va axborot texnologiyalaridan foydalanib ta’limning samaradorligini 
oshirishga bo‘lgan qiziqish, e’tibor kundan kunga kuchayib bormoqda. 
Zamonaviy texnologiyalar bilan boyitilgan mashg‘ulotlar bolani 
mustaqil izlanishga, ijodiy fikrlashga, intellektual 
salohiyatini 
shakllantirishga qaratilgan.
Tarbiyachi bu jarayonda bola shaxsi va bolalar jamoasining 
shakllanishi, bilim olishi va tarbiyalanishiga imkoniyat yaratadi, shu 
bilan bir qatorda, kuzatuvchanlik, boshqaruvchilik, yo‘naltiruvchilik 
vazifasini bajaradi. Ushbu vaziyatda bola asosiy ijroni amalga oshiradi.
Pedagog-olimlaming ta’lim-tarbiya tizimida “nega o‘rgatamiz?, 
nimani o ‘rgatamiz?, qanday o ‘rgatamiz? Savollariga javob izlash bilan 
bir qatorda qanday qilib faoliyat jarayonida samarali natijalarga erishish 
mumkin? - degan savolga ham javob qidirdilar. Bu esa, ta’lim- 
tarbiyaviy jarayonni texnologiyalashtirishga, ya’ni faoliyatni ishlab 
chiqarishga oid aniq kafolatlangan, natija beradigan texnologik 
jarayonga aylantirishga ehtiyoj borligini ко‘rsatdi.Bunday ehtiyoj va 
fikrlaming 
tug‘ilishi 
yangi 
pedagogik 
innovatsion 
texnologiya 
yo‘nalishini yuzaga keltirdi.
Mamlakatimizda maktabgacha ta’lim tizimini tubdan isloh qilish, 
zamonaviy ilg‘or xorijiy tajribalar asosida innovatsion jarayonni tashkil 
etishga qaratilgan 
amaliy 
ishlar olib borilmoqda. 
0 ‘zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 22 dekabrdagi 802-son 
“Maktabgacha ta’lim va tarbiyaning davlat standartini tasdiqlash 
to ‘g ‘risida” gi qarorida “Davlat standartining maqsadi - maktabgacha 
ta’lim tizimini zamonaviy talablarga asoslangan holda tashkil etish
bolalarni sog‘lom va har tomonlama yetuk qilib voyaga yetkazish,


ta’lim-tarbiya jarayoniga samarali ta’lim va tarbiya shakllari hamda 
usullarini joriy etish hamda ma’naviy barkamol avlodni tarbiyalash, 
shuningdek, ta ’lim-tarbiya jarayonining hajmiga, mazmuniga va 
sifatiga, maktabgacha ta’lim tashkilotini qurish va jihozlashga
maktabgacha 
yoshdagi 
bolalaming 
soglom
ovqatlanishini 
va 
xavfsizligini tashkil etishga doir majburiy minimum talablami joriy 
etish va nazoratini tashkil etishdan 
iborat” 1 ekanligi alohida 
ta’kidlangan.
2019 yil 16 dekabrdagi 0 ‘RQ-595-son “Maktabgacha ta’lim va 
tarbiya to‘g ‘risida 0 ‘zbekiston Respublikasi Qonuni, 2017 yil 7 
fevraldagi PF-4947-son “0 ‘zbekiston Respublikasini yanada rivoj­
lantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to ‘g ‘risida”, 2017 yil 30 
sentabrdagi 
PF-5198-son “Maktabgacha ta’lim tizimi boshqaruvini 
tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to ‘g ‘risida”gi farmonlari, 2017 
yil 9 sentabrdagi PQ-3261-son “Maktabgacha ta’lim tizimini tubdan 
takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g ‘risida”gi, 2017 yil 30 sentabrdagi 
PQ-3305-son “Maktabgacha ta’lim vazirligi faoliyatini tashkil etish 
to ‘g ‘risida”gi qarorlari hamda sohaga oid me’yoriy huquqiy hujjatlarda 
ko‘rsatilgan vazifalami amalga oshirishda ushbu o ’quv qo’llanma 
muayyan darajada xizmat qiladi.

Yüklə 224 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   87




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin