Tovushlarni alohida talaffuz qilish imkoniyatini tekshirish
Ko‘rsatma: “Meni ketimdan tovushlarni takrorla”
“S”-
“Z”-
“Sh”-
“F”-
Eslatma: Biz taklif etgan yuqoridagi tovushlar qatoridan tashqari boshqa tovushlar xam tekshiriladi (k, t ,d,ch, j, x, g‘, l, r, m, n, p, b).
To‘g‘ri va buzib talaffuz qilingan tovushlarni farqlash imkoniyatini tekshirish.
Ko‘rsatma: Kel, “telefon” o‘yini o‘ynaymiz. Men so‘zlar aytman.Sen meni ularni to‘g‘r yoki noto‘g‘ri aytganimni aniqlaysan.
Turli bo‘g‘in tarkibili qurilmalarda tovushlarni talaffuz qilish imkoniyatini tekshirish
Topshiriq: Meni diqqat bilan eshit va ketimdan takrorla”.
1.Tovushlar talaffuzini ochiq bo‘g‘inlarda tekshirish (SA, SO, SI, SU, SE......)
2.Tovushlar talaffuzini yopiq bo‘g‘inlarda tekshirish (AS, OS, IS, US, ES.....)
3.Ikkita undosh va unli tovushlar birikmalarida tekshirish (SBA, SBO, SBI, SBU, SBE....)
4.Unli+undosh+undosh tovushlar birikmalarida (AST,OST,IST,UST..)
5.Undosh+unli+undosh tovushlar birikmalarida (SAS,SOS,SIS,SUS..) tekshirish.
3.Tovushlarni turli o‘rinda: so‘z boshida, o‘rtasida, oxirida kelgan so‘zlarda farqlash.
Topshiriq: M yen so‘zlar aytman, sen so‘zlarda “L” tovshushini o‘rnini aniqlaysan. So‘zlarni talaffuz qilasan. Bolaga eshitib, so‘zni o‘rning aniqlab ko‘rsatish uchun shartli belgilar beriladi. Bola tovushning so‘z o‘rniga mos shartli belgini ko‘rsatishi talab etiladi.
Masalan: Lagan( so‘z boshida), qo‘l(so‘z oxirida), kapalak ( so‘z o‘rtasida) va hakozo.
Baxolash mezoni:
4 ball- tovushlar barcha so‘zlarda aniq va to‘g‘ri talaffuz qilinsa;
3 ball-bitta tovush talaffuzi buzilsa;
2 ball -2-3 ta tovushlar talaffuzi buzilsa;
1 ball-3 tadan ortiq tovushlar buzilsa va almashtirilsa,
0-ball-barcha tovushlar so‘z tarkibidagi o‘rniga qaramasdan buzib talaffuz qilinsa va almashtirilsa.
2.2. Eksperimental tekshirish natijalari
Eksperiment davomida olib borilgan tekshirishimiz natijalari quyidagicha bo‘ldi:
Dostları ilə paylaş: |