Topshiriq: “Diqqat bilan eshit, nima bunday ovoz chiqaradi, zarur rasmni ko‘rsat:
- mushuk – mushukcha: myau (baland) – myau (past)
- cho‘chqa – cho‘chqacha: xryu (baland) – xryu (past)
- echki - uloqcha: me (baland) –me (past)
- sigir – buzoq: mo‘ (baland) – mo‘ (past)
Logoped bolalarga hayvonlar va ularning bolalari tasvirlangan rasmlar beradi. Bolalar tovushlarga taqlid xarakteriga ko‘ra va ovoz balandligiga ko‘ra topishi va unga mos rasmni ko‘rsatishi kerak. Xar bir tovushga taqlid goh past, goh balandligiga ko‘ra topish va unga mos rasmni ko‘rsatishi kerak. Xar bir tovushga taqlid goh past, goh baland ovozda beriladi.
Topshiriq: “Diqqat bilan eshit. Qo‘ng‘iroqcha qanday jarngalaydi., katta qo‘ng‘iroq-chi? Qo‘ng‘iroqlar ovozini eshitib farqlashga harakat qil. Kichkina qo‘ng‘iroqcha yaqindan jarangalaydi, kattasi esa, uzoqdan. Logoped shirma orqasida qo‘ng‘iroqlarni navbat bilan jarnglatadi. “Ayt ko‘rsat bu qaysi qo‘ng‘iroq ?
Kattasimi?
Kichkinasimi ?
Topshiriq: “Eshit, echki va uloqcha ma’rayapti . (Logoped shirma orqasida xayvonlar ovoziga taqlid qiladi.)
Ko‘rsat, ayt nima ma’radi : Mee –mee (past)- buzoq, Meee-mee.. (baland) - sigir
Topshiriq : “Diqqat bilan eshit” “Bo‘g‘irsoq“ ertagidagi qaysi qahramon gapiryapti ” Logoped past, o‘rta, baland ovozda iboralarni aytadi.
“Bo‘g‘irsoq , bo‘g‘irsoq men seni yeyman” (quyonga taqlid qilib past, muloyim ovozda).
“Bo‘g‘irsoq bo‘g‘irsoq , men seni yeyman” (ayiqqa taqlid qilib, yo‘g‘on balandroq ovozda ).
“Bo‘g‘irsoq bo‘g‘irsoq, men seni yeyman” (tulkiga taqlid qilib, ingichka, baland ovozda).
Bu topshiriqlar bolalarni tovushlar kompleksi, ovozlarni kuchli tembri, balandligi, xarakteri va xissiy bo‘yoqdorligshiga ko‘ra qanchalik farqlay olishi imkonini beradi.
Tovush tarkibiga ko‘ra yaqin so‘zlarni farqlash
Maqad: Tovush tarkibiga ko‘ra yaqin so‘zlarni farqlash ko‘nikmalarni o‘rganish.
Topshiriq: Men so‘zlar aytaman sen shu so‘zga mos rasmni topib ko‘rsatasan va to‘g‘ri so‘zni takrorlaysan
Olma, omla, olim, omila, olima.
Banan, baman, balan, vavan, panan.
Mashisha, masina, mashina, mishana.
Pedagog balalarga bir nechta rasmlar taklif etadi. va rasmni turlicha nomlaydi bolalar, rasmga asoslanib bir qancha buzib aytilan so‘zlar qatoridan shu so‘zni topishi kerak.
Topshiriq: “Rasmlarga qara. Men ularni nomlayman, sen esa ularni meni nomlashimga asoslanib ketma-ket qo‘y ”.
Leksik material: Sim, shim, tus, tuz, rom, tom, qo‘l, chol, tol, do‘l.
Dostları ilə paylaş: |