Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti meliyeva shohida maksudovna



Yüklə 1,34 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/51
tarix24.10.2023
ölçüsü1,34 Mb.
#161079
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   51
b768c98ee1c7663fbf30be465ef49779 MAKTABGACHA YOSHDAGI AQLI ZAIF BOLALARDA NUTQNI RIVOJLANTIRISH JARAYONIDA DIDAKTIK O`YINLARDAN FOYDALANISH TEXNALOGIYALARI

3.
 
Maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalar nutqning rivojlantirish 
xususiyatlari 
Maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalar to‘g‘risida so‘z yuritishdan oldin, 
me’yorida rivojlanayotgan bolalar nutqining rivojlanish jarayonlarini eslab 
olaylik. Me’yorida rivojlanayotgan bolada nutq rivojlanishi erta boshlanadi. 
Guvranish jarayonida fonematik eshitish shakllanib boradi, artikulyatsion 
apparat rivojlanadi. Kattalar bilan muloqotda passiv lug‘at yig‘ilib boradi. Bir 
yoshga yaqin odatda bola so‘zlarni ayta boshlaydi, ikki yoshga kelib esa 
iboralarni ishlatadi.
Aqli zaif bola hayotining dastlabki oylaridanoq rivojlanishdan ortda qola 
boshlaydi. Keyinchalik bu tutilish yanada kuchayadi. Natijada maktab 
yoshigacha davrga kelib unda atrofga qiziqish uyg‘onmagan, fonematik eshitish 
shakllanmagan, artikulyatsion apparat yaxshi rivojlanmagan bo‘ladi, xislar 
yetarlicha namoyon bo‘lmaydi, bular nutq rivojiga o‘z ta’sirini o‘tkazadi. 
Ko‘pgina aqli zaif bolalar nafaqat maktab yoshigacha davrga kelib, balki 4-5 
yoshda ham gapirmaydilar. Bolalar bir-birlari bilan muloqotga kirishishlari 
uchun shunday sharoit yaratish kerakki, muloqot zaruriyat bo‘lsin. Muloqot 
deganda o‘rganilgan iboralar bilan almashinishni tushunish kerak emas. 
Masalan, o‘yin mazmuni bolalarga hali to‘liq tushunarli bo‘lmaganida ularda 
muloqotga kirishish istagi tug‘ilmaydi. Odatda bunday hollarda bolalar 
tarbiyachi ko‘rsatmalariga asosan harakatlanadilar, shu o‘yin uchun maxsus 
yodlagan iboralarini gapiradilar, muloqotni imitatsiya qiladilar (o‘xshatadilar). 
Bolalar muloqotga kirishishlari zarur bo‘lgan didaktik vaziyatlar avvaliga juda 
sodda bo‘lishi kerak. Muloqot ham albatta faqat so‘z orqali bo‘lishi shart emas, 
ya’ni uni birgalikda bajariladigan harakatlar, qo‘l harakatlari (jest) orqali 
yaratish mumkin. Biroq, bunda pedagog bolalarga kerakli so‘z va iboralarni 
aytib turishi, bolalarda paydo bo‘lgan muloqot ehtiyojidan maksimal ravishda 
foydalanishi 
kerak. 
Asta-sekin 
bolalar 
oldida 
turgan 
vazifalar 
murakkablashtiriladi, shu bilan birga bolalar muloqot jarayonida foydalanishi 


25 
kerak bo‘lgan nutq materiali ham murakkablashadi. Endi so‘z orqali muloqot 
qilishni qo‘l harakatlari orqali muloqotga almashtirib bo‘lmay qoladi
16
.
Berilgan muammoga nazariy yondashuv maktab yoshigacha bolalarning 
nutq rivoji qonuniyatlariga asoslanadi, ular L.S.Vigotskiy, A.A.Leonteva,
F.A.Soxina, A. M. Shaxnarovich, D. B. Elkonin ishlarida shakllantirilgan.
I.V Karlin va M.Strazullaning tadqiqotlari shuni ko‘rsatadiki, bunday 
bolalarda birinchi so‘zlar 2,5 yoshdan 5 yoshgacha bo‘lgan davrda paydo bo‘lar 
ekan (bolalarda birinchi so‘zlarning paydo bo‘lish me’yori 10 oydan 
boshlanadi).
A.A.Kataeva (1998) esa, intellekti buzilgan bolalarning ko‘pchiligida 
birinchi so‘zlar ikki yoshdan keyin paydo bo‘ladi. Odatda, uch yoshgacha 
iboralar paydo bo‘lmaydi, degan fikrni ilgari suradi. Muhimi shundaki, intellekti 
buzilgan bolada, kichik yoshdagi nutq muloqot vositasi ham bo‘la olmaydi. 
Shuningdek, nutq bolaning harakatlarini boshqarish vazifasini ham bajara 
olmaydi. 
A.A.Kataeva va E.A.Strebelevalar
17
ta’kidlashicha, intellekti buzilgan 
bolalarda kichik yoshdan nutqining rivojlanishi uchun zarur holatlar etishmaydi; 
predmetlar bilan harakatlar, kattalar bilan emotsional muloqot, artikulyatsion 
apparatning va fonematik eshitishning tayyorligi. Natijada, o‘rganilayotgan 
kategoriyadagi bolalar muloqoti uchun holat normadagi bolalarniki bilan bir xil 
bo‘lganiga qaramay, bu holatning mazmuni u bolalar uchun boshqacha tuyuladi; 
ular uchun o‘zlarining xususiy va kattalar bilan birgalikdagi harakatlari kamroq 
bo‘lganidan, taqlid umuman shakllanmagan bo‘ladi, shuning uchun kattalarning 
gaplari havoda “osilib” qolaveradi, normal rivojlanishdagi nutqning tayanchi 
kabi tajriba bilan qo‘shila olmaydi. Bolalar ko‘pgina predmetlarga e’tibor 
bermaydilar, demakki, ularning nomlarini ham eslab qolmaydilar. Biroq 
aksincha jarayon ham aks etishi mumkin; ijtimoiy muhit taqozo etgani uchun 
16
Матасов Ю.Т. Динамические особенности мышления детей с умственной отсталостью, с задержкой 
психического развития и с нормальным психическим развитием // Обучение и воспитание умственно 
отсталого ребенка- М., изд. ЛГПИ,1981.- с.76- 89
17
Катаева А.А., Стребелева Е.А. Дидактические игры и упражнения в обучении умственно отсталых
дошкольников.- М.: « Бук-Мастер», 1993.- 130с


26 
ham, u yoki bu darajada muloqotga muhtojlik paydo bo‘ladi. Bundan tashqari, 
intellekti sust bolani tarbiyalay turib, kattalar yosh normalariga (kun tartibiga, 
o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatishga, nutqqa) tayanadilar. Birinchi gapda ular 
e’tiborni, nima qilib bo‘lmasin, nutqning orqada qolmasligiga, o‘z kuchiga va
imkoniyatiga tayanib, uning rivojlantirishga qaratadilar. Bolalar ota-onalarining 
so‘zlarini va iboralarini qaytaradilar. Bularning orqasida hech qanday tasavvur 
bo‘lmasa-da, ularning tushunarsiz hikoya va ertaklarini tinglaydilar. Ba’zan ular 
o‘zlariga aniq ma’noni bermaydigan so‘zlar, hattoki iboralarni ham eslab 
qolishlari mumkin. Bolalarning bir qismi, biror aniq va odatdagi holatda, tez-tez 
qaytariladigan vazifalarni tushuna boshlaydilar. Masalan, bolani vannaxonaga 
olib kirib, unga “qo‘llaringni yuv” - deyilsa, bola iltimosni bajaradi. Agar xuddi 
shu gapni unga oshxonada aytilsa, bola undan nimani so‘rayotganlarini 
tushunmaydi. 
Biz A.A.Kataeva va E.A.Strebelevalar fikrlaridan quyidagi ayrim 
xulosalarni chiqarib aytishimiz mumkin:
- intellekti buzilgan bolalarda predmetlar bilan ta’sirlashuvi kichik yoshda, 
asosan monipulyatsiya ko‘rinishida, endigina boshlanadi. Ularning bir qismida 
predmetlar bilan standart ta’sirlashuvlar (faqat o‘z-o‘ziga xizmat qilishda) yoki 
shularni o‘zlashtirishga intilishlar yuzaga keladi. Ularning kichik yoshida 
predmetli faoliyat bo‘lmaydi. 
- nutq va muloqotning rivojlanishi ham kechikadi. Bolalarning ko‘pchiligida 
faol nutq paydo bo‘lmaydi. Ularda passiv nutq yaxshiroq rivojlanadi. Bu esa 
bolaga yaxshi tanish bo‘lgan sharoitlar doirasida uning faoliyatiga va xulqiga 
biroz ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Ayrim bolalarda alohida so‘zlarning buzib 
aytilishi paydo bo‘ladi. Faqat sanoqli hollardagina yoshiga rasman mos 
keluvchi, lekin “bo‘sh” gaplar (nutq) kuzatilishi mumkin ekan
18
.
Shuningdek, M.Yu.Ayupova muallifligidagi “Logopediya“ darsligida 
(2007) aqli zaif bolalar bilan olib boriladigan logopedik ishlarning o‘ziga xos 
18
Катаева А. А. Развитие речи у детей с нарушением интеллекта и их умственное воспитание // 
Дошкольное воспитание детей с проблемами интеллектуального развития - СПб, Изд. РГПУ им. А. И. 
Герцена,1999.- с.153- 156.


27 
xususiyatlari yoritib berilgan. Unda, aqli zaif bolalarda nutq buzilishi va ularni 
me’yorga keltirish xususiyati oliy nerv (asab) faoliyati hamda psixik 
rivojlanishning o‘ziga xos tomonlari bilan belgilanadi, deb ta’kidlanadi. 
Aqli zaif bolalarda bilish faoliyatining oliy shakllarini yaxshi 
rivojlanmaganligi fikrlashning yuzakiligi, nutqning sekin rivojlanishi va sifat 
jihatidan o‘ziga xosligi, xatti-harakatini so‘z orqali nazorat qilishni izdan 
chiqishi hissiy-irodaviy sohani to‘laqonli emasligi kuzatiladi.
Aqli zaif bolalarda nutqining rivojlanishni o‘ziga xos tomonlari ko‘plab 
mualliflar tomonidan psixologik aspektda o‘rganilgan (V.Petrova, M.Pevzner, 
I.Karlin, M.Strazulla, S.Borel-Mezonni, Shlezinger, M.Zeeman va boshqalar).
S.Ya.Rubinshteyning 
(1970) 
fikricha, 
aqli 
zaif 
bolalarda 
nutq 
rivojlanmasligining sababi “miya po‘stlog‘i faoliyatining zaifligi, barcha 
analizatorlarda 
yangi 
differensial 
aloqalarning 
sekinlik 
bilan 
ishlab 
chiqilishidadir”. Nutqiy eshitish analizatorlari doirasida differensial shartli 
aloqalarning asta rivojlanishi munosabati bilan aqli zaif bola ancha vaqt nutq 
tovushlarini ajrata olmaydi, atrofdagilar aytgan so‘zlarini aniq anglamaydi
19

Motorikaning, shu jumladan, nutqiy motorikaning rivojlanishi aqli zaif 
bolalarda sekinlik bilan kechadi. Nutqiy harakatlarning aniqligi ikki tomonlama 
nazorat orqali ta’minlanadi. Eshitish singari kinestetik nazorat ham noaniq 
bo‘lib rivojlanadi. 
Aqli zaif bolalar nutqining o‘ziga xos tomonlarini tahlil qilish jarayonida 
S.Ya.Rubinshteyn (1970), V.G.Petrova (1977) ularning nutq buzilishlari 
sabablari hisoblangan ko‘pgina faktorlar yig‘indisini, ajratib, aqli zaif bolalar 
nutqining buzilishi va anomal rivojlanishning asosiy sababi bilish faoliyatining 
rivojlanma-ganligidir, deb e’tirof etadi
20
.
Analitik-sintetik faoliyat darajasining pasayishi nutq tovushlarini 
differensiallashtiruvchi murakkab psixik (ruhiy) faoliyat, fonematik qabul 
qilishning buzilishida namoyon bo‘ladi. Bilish faoliyatining buzilishi tilning 
19
Рубинштейн С. Я. Психология умственно отсталого школьника: Учеб. пособие для студ. пед. ин-тов по 
спец. №2111 «Дефектология» - 3-е изд., перераб. и доп. - М.: «Просвещение»,1986.- 192с.
20
Петрова В. Г. Практическая и умственная деятельность детей-олигофренов. М., «Просвещение»,1968.- 
144с.


28 
semantik tomondan o‘zlashtirishda qiyinchiliklarga olib keladi. Shuning uchun, 
aqli zaif bolalar semantik jihatdan murakkab bo‘lgan so‘zlarni (mavhum, 
umumlashgan) va grammatik shakllarni (masalan, maqsad va sabab, ergash 
gapli qo‘shma gaplar) qiyinchilik bilan egallaydilar. 
Analitik-semantik faoliyatining umumiy ravishda rivojlanmay qolishi 
sababli, til umumlashmalarining shakllanishi, til qoidalarining o‘zlashtirishi 
me’yorda rivojlangan bolalarga nisbatan o‘laroq, qiyinchilik bilan kechadi. 
Aqli zaif bolalar so‘z boyligining o‘ziga xos tomonlari ko‘plab mualliflar 
diqqat-e’tiborini o‘ziga jalb qilgan. Ular, idrok qilish faoliyatidagi buzilishlar 
passiv va aktiv lug‘atlarning shakllanishida o‘z izini qoldiradi, deb e’tirof 
etganlar. 
Aqli zaif bolalarda lug‘at boyligining kambag‘alligi, so‘zlardan noto‘g‘ri 
foydalanish, passiv lug‘atning aktiv lug‘atdan ustun bo‘lishi va so‘zlarni 
mazmunga qarab ishlatishdagi qiyinchiliklar sezilib turadi. Bu bolalarda so‘z 
boyligi kambag‘alligining muhim sabablari bo‘lib, ularning aqliy rivojlanishi 
pastligi, atrofdagi olam haqida bo‘lim va tasavvurlarning cheklanganligi, verbal 
xotiraning zaifligi, ijtiomiy va nutqiy munosabatga bo‘lgan talabning pastligi, 
qiziqishlarning shakllanmaganligi hisoblanadi
21
.
Aqli zaif bolalarning passiv lug‘ati faol lug‘atga qaraganda ko‘proq, lekin 
shunda ham biror so‘zni qaytarish, talaffuz etish uchun yo‘naltiruvchi savol 
talab etiladi. Qiyinchiliklar bir tomondan, aqli zaif bolalarning bosh miya 
po‘stlog‘idagi tormozlanishdan, boshqa tomondan, semantik maydonlar 
shakllanishidagi o‘ziga xosliklardan kelib chiqadi. 
A.R.Luriya va O.S.Vinogradovalarni (1978) semantik maydonlar yuzasidan 
o‘tkazilgan tadqiqoti ularni to‘liq shakllanmaganligini ko‘rsatdi. Normada so‘zni 
tanlash, ularning ma’nosidan kelib chiqqan holda, ya’ni mazmuniy 
o‘xshashliklarga qarab amalga oshiriladi (baland-past, olma-nok). Aqli zaif 
bolalarda esa so‘zlarni tanlash tahminiy, ba’zan, tovush o‘xshashliklariga 
21
Люблинская А. А. Очерки психологического развития - Изд. 4-е, перераб., М.: «Просвещение»,1985.- 
356с.


29 
asoslanib amalga oshiriladi-ki, bu yana bir bor lug‘aviy sistematiklikning to‘liq 
shakllanmanligidan dalolat beradi. Ko‘pgina so‘zlar tushunchaga aylanmay 
qolaveradi
22

M.P.Xamidova, M.Yu.Ayupova (2009) e’tirofi bo‘yicha: “Aqli zaif bolalar 
nutqidagi kamchiliklar ularning bog‘langan nutqini shakllantirishda bir qator 
muammolarni keltirib chiqaradi. Materialning ma’nosini anglash qiyinchiliklari, 
hodisalarning mantiqini tushuna olmaslik, vaqt haqidagi tasavvurlarni 
etishmasligi, mavzudan chalg‘ib ketish, shuningdek, tevarak-atrofdagi predmet 
va hodisalar haqidagi etarli ma’lumotga ega emasliklari oqibatida ularning so‘z 
boyliklari kambag‘allashadi va muloqotga kirishishni qiyinlashtiradi”
23

Aqli zaif bolalar bilan olib borilgan kuzatishlar tahlili shuni ko‘rsatadiki, 
ular predmetlar va holatlarni bildiruvchi so‘zlarning ma’nosini tushunishda 
qiyinchilik va xatolarga duch keladilar, hayotiy tajribalarida kam uchraydigan 
predmetni hatto ko‘rsata olmaydilar. Ularning passiv so‘z boyligi salmog‘i faol 
nutqidan yuqori turadi. Rasmdagi tasvirlarni mazkur toifadagi bolalar ko‘rsatib 
bera oladi, ammo nomlashga aqliy imkoni yetmaydi. Faol so‘z boyligining 
kamligi aqli zaif bolalarning atrofdagilar bilan muloqot qilishda qiyinchilik
tug‘diradi. Aqli zaif bolalar ba’zi so‘zlarni rasmdagi tasvirga qarab aytib beradi, 
lekin boshqa sharoitda va vaziyatga shu so‘zlarning ma’nosini tushunmaydi 
(M.P.Xamidova, M.Yu.Ayupova 2009). 
Shu bilan birga, so‘z boyligining kambag‘alligi tufayli bolalar bir guruh 
so‘zlardangina foydalanishi natijasida nutqning bir yoqlama, noaniq bo‘lishiga 
olib keladi. 
Aqli zaif o‘quvchilar nutqning grammatik qurilishining o‘ziga xos 
xususiyatlarini ko‘pgina mualliflar o‘rganib chiqishgan (V.G.Petrov, 
M.F.Gnezdilov, M.F.Feodanov, A.P.Fedchenko va b.). Afsuski, maktabgacha 
yoshdagi aqli zaif bolalar nutqining grammatik tomoni mukammal 
o‘rganilmaganligini guvohi bo‘ldik. Hattoki, mehnat ta’limi maktabi 1-sinf 
22
Виноградова А.Д., Липецкая Е.И., Матасов Ю.Т., Ушакова И.П. Практикум по психологии умственно 
отсталого ребенка. – М.: «Просвещение», 1985.
23
Ayupova M.Yu. “Logopediya” darsligi, Toshkent “Uzbekiston faylasuflar jamiyati”, 2007y.- 196б.


30 
o‘quvchilarining nutqidagi grammatik tuzilishlar takomillashmagan bo‘ladi. 
Ularning jumlalari bir sodda so‘zlardan iborat bo‘ladi, o‘z fikrlarini bayon 
qilishda juda qiynaladilar (D.Nurkeldieva, 2000). Shuning uchun, aqli zaif 
bolalarning maktabgacha yosh davrida hali grammatik komponentlardan 
foydalana olish malakalari shakllanmagan bo‘ladi, degan xulosaga keldik. 
Aksincha, aqli zaiflikni keltirib chiqargan gidrotsefaliyada esa, ba’zan nutq 
yaxshi rivojlangandek tuyulsada, aslida unday emas. Bunday bolalar nutqida 
juda murakkab jumlalar, so‘zlar bo‘ladi. Ular nutqining grammatik tuzilishi ham 
juda mukammalligi bilan ajralib turadi. Bu bolalarning fikr yuritishlari 
nasihatgo‘ydek bo‘lib tuyuladi. Nutqlarining mohiyatiga o‘zlari yaxshi tushunib 
yetmaydilar. Bu bolalar nutqi yaxshi rivojlangan bo‘lsa ham, aqli zaif 
bolalarning fikr yuritish quroli bo‘la olmaydi. Aqli zaiflikdagi bunday o‘ziga 
xos nutq juda kam uchraydi. Shizofreniya kasaliga uchragan aqli zaif 
bolalarning nutqi ham yuqoridagi holatga o‘xshab ketadi. Bu bolalarda nutq 
malakalari, tushunish holatlar normal bolalardan ham tez shakllanishi mumkin. 
Ularning so‘z boyliklari normal bolalarnikidan kam farq qiladi. Ammo ular 
nutqida buzilgan so‘zlar uchrashi mumkin (G‘.B.Shoumarov, 1980).
 
M.P.Xamidova, M.Yu.Ayupovaning (2009) maktabgacha yoshdagi aqli 
zaif bolalardagi nutqni asosi bo‘lmish grammatik tomonini tekshirish 
natijalarining tahlili, ularda tilning leksik-grammatik tuzilishining yetarli 
shakllanmaganligini ko‘rsatadi. Ular amalda tilning grammatik qoidalarini 
buzgan holda qo‘llaydilar va nutqda xuddi shunday ifodalaydilar. Aqli zaif 
bolalarda 5 yoshda so‘zlardan gap tuzish jarayoni zaifligi yoki yetarli 
shakllanmaganligi kuzatiladi. Tekshirishdan olingan natijalar aqli zaif bolalar 2-
3 so‘zdan iborat gap tuzish imkoniga ega ekanligini ko‘rsatdi. Maktabgacha 
yoshdagi aqli zaif bolalar gapni grammatik jihatdan to‘g‘ri tuzishda 
qiyinchiliklarga duch keladilar. Noto‘g‘ri tuzilgan gaplar orasida tugallanmagan, 
grammatik jihatdan shakllanmagan, ma’nosiz so‘zlarni o‘rnini almashtirish kabi 
kamchiliklar kuzatiladi.


31 
Ayni vaqtda, intellekti buzilgan bolalarning rivojlanish sur’ati normal 
rivojlanayotgan bolalarniki bilan bir xildir. Ayrim buzilishlar predmetli 
harakatlarni o‘zlashtirishdagi kechikish, nutqning rivojlanishidagi va bilish 
jarayonlaridagi kechikish hamda chetga chiqib ketish sezilarli darajada ikkinchi 
darajali tabiatga ega. Hayotni to‘g‘ri tashkil etib, ancha kichik yoshidanoq 
maxsus o‘qitish yo‘lga qo‘yilsa, rivojlanishning anchagina nuqsonlari 
to‘g‘irlanishi, aksariyat hollarda oldi olinishi ham mumkin. 
Tafakkur, til va nutqning aloqadorligi haqida L.S.Vigotskiy (1956), 
A.G.Spirkinlarning juda qiziqarli ishlari bor. Bolalar nutqining rivojiga atalgan 
umumiy tarzdagi qiziqarli ma’lumotlar S.L.Rubinshteyn (1986) va D.B.Elkonin 
(1988) ishlarida keltiriladi. Yuqoridagi barcha ishlarda asosiy e’tibor nutqning 
mazmun tomoniga, bolalar aqliy ishlaridagi va xulqidagi roliga qaratilgan. 
Normal 3-4 yoshli bola yetarli lug‘at boyligiga ega bo‘lib, uning faol nutqi 
deyarli to‘g‘ri grammatik shaklni tashkil etadi. Fonetik xatolar u darajada ko‘p 
bo‘lmaydi. Oligofren bolada esa, so‘zlarni talaffuz qilish birmuncha kechikadi. 
Ularni nutqi kambag‘al va noto‘g‘ridir. L.V.Zankov (1956) va M.S.Pevznerning 
(1959) ta’kidlashlaricha, aqli zaif bolalar nutqi 1-1,5 yoshda emas, balki 3 
yoshlardagina rivojlana boshlaydi. Chet el olimlaridan Shols-Erzam, Kassel, 
Shlezinger, Zeemanlarning (1962) ta’kidlashlaricha, 40% dan ortiq aqli zaif 
bolalarda nutq kechikib shakllanar ekan. 
Aqli zaif bolalardagi nutqning yaxshi rivojlanmasligi asosida eshitish 
a’zolarida ham ayrim kamchiliklari yuz berishi mumkin. Bu nuqson oqibatida 
bola uzoq muddat atrofdagilar nutqini yaxshi eshitmasligi natijasida, bir-
birlaridan ajrata olmaydi. Umuman bola kar emas, ammo unga nisbatan aytilgan 
gaplarni noaniq idrok etadi. Bu bolalar juda kam so‘zlarnigina bir-birlaridan 
ajrata oladilar. Aqli zaif bolalarning nutqni idrok etishlari birmuncha sekin 
amalga oshadi. Aqli zaif bolalarning nutqidagi barcha kamchiliklarning asosiy 
sababi mana shudir. 
Aqli zaif bolalar nutqining to‘la bo‘lmasdan, kechikib rivojlanishi noto‘g‘ri 
idrok qilishning asorati ekan. Aqli zaif bolalar tanish tovushlarni yomon 


32 
farqlaydilar, ayniqsa, undosh tovushlarni bir-birlaridan qiyin farqlaydilar. 
Fonematik eshitishning yomon rivojlanganligi oqibatida qator tovushlar 
almashtirilib eshitiladi va shu asosda almashtirilib yoziladi. Hatto, bolaga 
tovushlar tartibi ham noaniq tuyuladi. Talaffuz qilinayotgan so‘zlar oxirlari 
yaxshi tahlil qilinmasligi asosida ham, grammatik xatoliklar kelib chiqar ekan. 
Aqli zaif bola fonematik eshitishidagi kamchiliklar, nutq a’zolaridagi, 
artikulyatsiyadagi kamchiliklar asosida yanada og‘irlashadi. Analizatorlarning 
to‘la, mukammal rivojlanmasligi asosida nutqning qator kamchiliklari yuzaga 
keladi. Tafakkur quroli bo‘lgan nutqning o‘zi yaxshi rivojlanmagan bo‘lsa, 
tasavvur qiling tafakkur qay holatda bo‘ladi. Aqli zaif bolalarda birinchi, alohida 
so‘zlari 2-3 yoshlarda, qisqa kambag‘al grammatik gaplari 5-6 yoshlarda yuzaga 
kelar ekan (G‘.B.Shoumarov, 1980). Aqli zaif bolalarning so‘zlarni tovush 
tomondan tahlil qila olishlari grammatik qonun-qoidalarni muvaffaqiyatli 
egallashlarida asosiy narsadir. N.S.Rojdestvenskiyning ta’kidlashlaricha, 
“So‘zdagi tovushlarni farqlamasdan, ularni ajratmasdan, bolalarni o‘qish va 
yozishga, keyinchalik to‘g‘ri yozishga o‘rgatish mumkin emas”. Intellekti 
buzilgan ko‘pchilik bolalar faqat maktabgacha yoshning boshida emas, balki 4-5 
yoshda ham gapira olmaydilar. Intellekti buzilgan bolalar, nutqning rivojlanishi 
nuqtai nazaridan qaraganda, juda turli-tuman kategoriyalardan iboratdir. 
Ularning orasida nutqi umuman yo‘q bolalar, so‘zlari va oddiy iboralari kichik 
hajmga ega bo‘lgan bolalar bor. Ularning hammasini, bir tomondan, aytilgan 
nutqni tushunishning chegaralanganligi, boshqa tomondan, nutqning borliqdan 
uzilib qolganligi birlashtirib turadi. Nutq bolaning haqiqiy intellektual 
imkoniyatlarini aks ettirmaydi, unga bilimlarni va axborotlarni uzatishning 
to‘laqonli manbai bo‘lib xizmat qila olmaydi. 
Iborali nutq fonetik va grammatik ko‘plab nuqsonlar bilan ajralib turadi. 
Odatda, maktabgacha yosh davrida nutqning grammatik tuzilishini o‘zlashtirish 
amalga oshmaydi. Ayniqsa, bog‘lovchi nutq aziyat chekadi. Bunday vaziyatda 
son bilan otning muhim buzilishlari o‘ziga xos xususiyatlardan biri bo‘ladi. 


33 
Passiv shakldagi so‘z boyligi faol shakldagisidan yuqori bo‘ladi. Bu 
odatda, alohida ajratib olingan so‘zlarga tegishli bo‘ladi, biroq barcha 
vaziyatlarda emas. Shunday so‘zlar borki, intellekti buzilgan bola ularni biror 
suratga, predmetga nisbatan aytishi mumkin. Biroq ularni o‘ziga tanish 
bo‘lmagan vaziyatda boshqa birov aytsa tushunmaydi. Ushbu holat intellekti 
buzilgan bolalarda so‘zning vaziyatli holati uzoq muddat saqlanishini bildiradi. 
Bunday bolalarda so‘zning semantik vazni ayni shu yoshdagi normal 
bolalardagidan kamroq bo‘ladi. 
So‘zning vaziyatli ahamiyati, nutqning grammatik yetarlicha tuzilmagani, 
fonematik eshitishdagi buzilish va qabul qilish (idrok etish)ning sekinlashganligi 
shuni ko‘rsatadiki, kattalar nutqni intellekti buzilgan bola yo umuman 
tushunmaydi yoki aniq tushunmaydi, yoki noto‘g‘ri tushunadi. 
Ayni paytda kattalarning nutqi imkoniyati cheklangan bolaning faoliyatini 
tashkillashtirishda muhim rol o‘ynashi mumkin. Bu uning e’tiborini to‘plashi, 
uni faoliyatga qaratishi, hattoki uning oldiga unchalik qiyin bo‘lmagan vazifani 
qo‘yishi ham mumkin. Shuni esda tutish lozimki, bunday vaziyatlarda faqat 
og‘zaki tushuntirish bilan cheklanib bo‘lmaydi, uni maktabgacha yoshning 
butun davri davomida ko‘rsatish, namuna qilish, bolaning kattalar bilan 
birgalikdagi harakatlari bilan qo‘shib olib borish lozim. Intellekti buzilgan 
bolalarda maxsus o‘qitishsiz o‘zlarining xususiy nutqi yordamida faoliyatini 
boshqarish imkoniyati rivojlanmaydi: ba’zi hollarda kuzatuvchi nutq paydo 
bo‘ladi, biroq qayd qiluvchi va rejalashtiruvchi nutqlar paydo bo‘lmaydi 
(A.A.Kataeva, E.A.Strebeleva). 
Aqli zaif bolalar nutqi turli yo‘nalishlarda, turli yoshdagi bolalarda, turli 
mutaxassislar tomonidan, turli darajada o‘rganilgan. Nutq nuqsonlarining aqli 
zaif bola umumiy ruhiy taraqqiyotiga salbiy ta’siri Shif J.I. (1980) qo‘llanmasida 
atroflicha, chuqur tahlil qilib berilgan. Mualliflarning e’tirof etishlaricha, aqli 
zaif bola bilan normal bolalar orasidagi farq ularning faol nutqlari ko‘zga 
tashlanar ekan. Aqli zaif bolalar o‘z nutqlarida sifat, fe’l, bog‘lovchilardan juda 
kam hollarda foydalanadilar. Bolalar ulg‘aygan sari narsa nomlarining ahamiyati 


34 
ham o‘sib, aniqlanib boriladi. Aqli zaif bolalarda “taxallus”lardan 
tushunchalarga o‘tish jarayoni juda uzoq va qiyin shakllanadi
24

A.A.Kataeva va E.A.Strebeleva birgalikda olib borgan tadqiqotlarda aqli 
zaif bolalar nutqini erta korreksiyalash, ular so‘z boyligini oshirish, nutqida 
grammatik komponentlardan to‘g‘ri foydalana olish malakalarini shakllantirish 
uchun bunday bolalarda muloqot funksiyalarining paydo bo‘lishini ta’minlash 
lozimligini isbotlab berdilar (1998). 
Normadagi bolalar eng birinchi kattalar bilan muloqot funksiyalari paydo 
bo‘ladi. Bu emotsional, predmetli va faol xarakterga ega bo‘ladi. Keyinchalik 
tengqurlari bilan muloqot paydo bo‘ladi va rivojlanadi. Bolaning umumiy psixik 
rivojlanish darajasi qancha yuqori bo‘lsa, muloqotda nutq shunchalik katta rol 
o‘ynaydi. Nutq bolalar harakatining kollektiv ko‘rinishlarida, ayniqsa, o‘yinda 
muhim o‘rin tutadi. Bu erda ular nutq yordamida o‘yinning mazmuni haqida 
kelishib oladilar, uning rejasini tuzadilar, har personajni sharhlagan holda, 
rollarni bo‘lishadilar. Nutq yordamida, muayyan o‘yin davomida bolalarning 
o‘zaro munosabatlar ham yuzaga chiqadi. 
Intellekti buzilgan bolalarda muloqot xuddi shu yo‘llar bilan rivojlanadi
biroq katta kechikish bilan. O‘qitishning boshlang‘ich paytida bolalar, 
odatdagidek, hali o‘zaro muloqotga kirisha olmaydilar, hattoki bunday 
muloqotga ehtiyoj ham sezmaydilar. Chunki ularda faoliyatning kollektiv 
ko‘rinishlari umuman rivojlanmagan. Biroq kattalar bilan muloqotga muayyan 
ehtiyoj va bu ehtiyojni amalga oshirish usullari barcha bolalarda mavjud. 
Bolalar kattalarga turli holatdagi iltimoslar bilan murojaat etadilar. Bolaning 
kattalar bilan muloqoti mashg‘ulotlar jarayonida ham doimiy ravishda paydo 
bo‘laveradi. Bunday sharoitlarda, har qanday bosqichda bo‘lmasin, bola 
o‘zining ehtiyojini amalga oshirishi uchun zarur, o‘zi tushina va anglay oladigan 
muloqot vositalarini olishi kerakligi haqida qayg‘urmoq lozim. Dastlabki 
24
Особенности умственного развития учащихся вспомогательной школы - Под ред. Ж. И. Шиф - М.: 
«Просвещение»,1985.- 342с.


35 
bosqichda bu bir so‘zli ibora, keyin ikki so‘zli va, oxirida, yoyilgan (“Ber”, “Suv 
ber”, “Iltimos, suv bering, ichgim kelyapti”) iboralar bo‘lishi mumkin
25

Intellekti buzilgan bolalar maktabgacha muassasaga besh yoshida 
kelsalar-da, ularning nutqi, avval aytib o‘tganimizdek, hali bilish vositasi bo‘lib 
xizmat qila olmaydi. Pedagoglar oldida nutq rivojlanishining mazmunli va 
grammatik tomonlari bilan bog‘liq bo‘lgan, nutqning bilish funksiyasini 
shakllantirish vazifasi turadi.
Hozirgi zamon oligofrenopsixologiyasida aqli zaif bolalar nutqi, alohida 
faoliyat va bilish jarayoni sifatida qaraladi. O‘yin bilan birga nutq aloqasi 
alohida, faoliyat turi sifatida o‘rganiladi. O‘zaro aloqa jarayonida fikrlar 
almashuvi hislarni ifoda etish, kattalar va bolalar xulqiga ta’sir etish yuz beradi. 
Mamlakatimiz va chet el mutaxassislarining ilmiy izlanishlari aqli zaif bolalar 
nutqining fonetik, leksik, grammatik tomonlarining rivojlanish dinamikasini 
ochib berishga katta yordam berdi. Aqli zaif bolalardagi turli nutq kamchiliklari 
ularning atrofdagilar bilan muomalasini qiyinlashtirib, o‘zlarida qayg‘urish 
holatlarining yuzaga kelishiga salbiy sabab bo‘lar ekan.
25
Петрова В.Г. Практическая и умственная деятельность детей - олигофренов. М.: «Просвещение»,1968.- 
160с.


36 

Yüklə 1,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   51




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin