Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti meliyeva shohida maksudovna



Yüklə 1,34 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/51
tarix24.10.2023
ölçüsü1,34 Mb.
#161079
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   51
b768c98ee1c7663fbf30be465ef49779 MAKTABGACHA YOSHDAGI AQLI ZAIF BOLALARDA NUTQNI RIVOJLANTIRISH JARAYONIDA DIDAKTIK O`YINLARDAN FOYDALANISH TEXNALOGIYALARI

4.
 
Maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalar o‘yin faoliyatining 
xususiyatlari
O‘yin faoliyati
 - 
bolalar hayotida alohida mazmunga ega. O‘yinni «hayot 
yo‘ldoshi» cifatida qabul qilish lozim. Maktabgacha yoshdagi bolalar hayotida u 
asosiy mazmunni tashkil qilib, yetakchi faoliyat sifatida turtib chiqadi, mehnat 
va o‘qish bilan chambarchas bog‘liqdir. Ko‘pincha jiddiy voqeyalar bolada 
o‘yin shaklini egallaydi. Bu shaxsning barcha tomonlarini o‘ziga jalb qiladi: 
bola harakatlanadi, gapiradi, idrok qiladi, fikrlaydi; o‘yin davomida uning 
tasavvuri va boshqa psixik jarayonlari faollashadi. O‘yin – bu erkin va mustaqil 
faoliyat bo‘lib, bolaning shaxsiy tashabbuskorligi bilan yuzaga keladi, hamda 
faol ijodiy xarakter, yuksak emotsional mazmunga boyligi bilan ajralib turadi. 
O‘yinning ko‘pgina konsepsiyalari mavjud bo‘lib, buyuk psixolog va 
pedagoglar tomonidan yaratilgan, turli xil nazariy vaziyatlarda turadigan va turli 
xil yo‘nalishdagi o‘yinlar. 
O‘yin haqida V.Shtern o‘z fikrini bayon etadi: «Erkin, birdan-bir maqsadli 
faoliyat – agar biz o‘yin jarayonida ong holatini xarakterlash istagi paydo bo‘lsa, 
o‘yinni aynan shunday ta’riflash joiz. Bu yagona maqsadli faoliyat hisoblanadi, 
ya’ni o‘zi bilan o‘zi qoniqib, o‘ziga tegishli bo‘lmagan – «ishga» qarama-qarshi 
bo‘lgan maqsadlarga yo‘naltirilmagan bo‘ladi. O‘ynayotganning ongida 
o‘yinning maqsadi o‘yinning tugashiga kelib batamom muvaffaqiyatga 
erishilgan bo‘ladi. O‘yin ong tomonidan atroflicha ko‘rib chiqilsagina, bu fikr 
to‘g‘ri bo‘lishi mumkin. Aksincha agar o‘yinga «o‘z ongida hosil bo‘lgan 
tasavvurlariga qaramay, hayotiy vazifa» sifatida qaralsa, o‘yin quyidagi 
maqsadlarga egaligi aniqlanadi, ya’ni bular o‘yin chegarasidan chiqadigan 
maqsadlardir: rivojlanib kelayotgan qobiliyatlar hamda yuzaga keluvchi jiddiy 
funksiyalarning ongsiz mashqlarining mustaqil shakllanishi kabi maqsadlar»
26

K.Koffkaning o‘yin haqidagi tasavvurlarini ko‘rib chiqamiz. U uchun 
o‘yin bola dunyosi (kattalar dunyosiga qaraganda o‘ziga xos va kattalar dunyosi 
26
Штерн В. Дифференциальная психология и её методические основы = Die differentielle Psychologie in 
ihren methodischen Grundlagen / [Послесл. А. В. Брушлинского и др.]; РАН, Ин-т психологии. — М.: 
Наука, 1998.


37 
nuqtai nazaridan qaraganda tushunarsiz bo‘lgan dunyo)ning namoyon bo‘lishida 
juda muhim hisoblanadi. O‘yin faoliyati tarbiyaning alohida bir tizimiga tegishli 
bo‘lib, bu tizim boshqa tizimlar qatorida mavjuddir. Bola ong tizimi tarbiya 
tizimlari bilan mos keladi, ular bir-biridan mustaqil ravishda, faqatgina dinamik 
tomondan bog‘liq bo‘ladi. Koffka o‘yinni bolaning alohida o‘ziga xos sifatlarga 
ega bo‘lgan dunyosining namoyon bo‘lishi sifatida tahlil qiladi. Kattalar 
dunyosini o‘zlashtirish qonun-qoidalari, kattalar hayotiga tayyorlash va 
boshqalar nuqtai nazaridan qaralishi noto‘g‘ri. Shunday bo‘lsa, bu o‘ynayotgan 
bolaning dunyosini mustaqil paydo bo‘lishi deb muhokama qilgan bo‘lar edik. 
J.Piaje ham xuddi shunday qarashga ega. Piajening ishlari shunga asoslanganki, 
bolaning ichki dunyosi o‘z qonun-qoidalariga asosan qurilgan bo‘lib, u kattalar 
dunyosining qonun-qoidalaridan butunlay farq qiladi. Piaje «Bolaning nutq va 
tafakkuri» nomli ilmiy ishida bolaning ongi, misol uchun, bir vaqtning o‘zida 
ikkita turli xil, birin-ketin joylashgan dastgohlarda tikayotgandek bo‘ladi, - 
degan fikrni bildirgan. Hayotning dastlabki yillarida olib borilgan ish juda 
muhim hisoblanadi. Bu bolaning o‘ziga bog‘liq bo‘lib, u atrofidagi barcha o‘zini 
qondira oladigan narsalarni o‘ziga jalb qiladi va sintezlaydi. Bular – hohish-
istaklar, injiqliklar, o‘yinlar. Keyinchalik esa, aksincha, ijtimoiy doira tiklanadi, 
bunda borgan sari bolaning ta’siri sezila boshlaydi. Bu – mantiqiy nutq, bir so‘z 
bilan aytganda reallik
27
. Z.Freydning o‘yin haqidagi qarashlarini o‘rganib 
chiqamiz. Freyd bolalar o‘yinining tabiatini tushuntiradi, bunda u birinchi 
navbatda iqtisodiy nuqtai nazardan qaraydi, ya’ni mamnuniyat qabul qilish 
maylini asos deb biladi. Z.Freyd yozishicha: «Bolalar hayoti davomida o‘zlarida 
qolgan taassurotlarini o‘yinda ham qaytarishadi, bu taassurotlar kuchidan ular 
qattiq ta’sirlanadilar, boshqacha qilib aytganda ular vaziyat ustidan to‘la 
hukmronlik qiladilar. Bizga ma’lumki, boshqa tomondan butun o‘yin ularning 
hohish-istaklari ostida amalga oshadi, bu istak ularning tezroq katta bo‘lishlarini 
va barcha hatti-harakatlari xuddi kattalarnikidek bo‘lishini hohlaydilar»
28
.
27
Пиаже Ж. Речь и мышление ребёнка. - М., 1994
28
Психоаналитические термины и понятия: Словарь / Под ред. Б. Мура, Б.Файна. - М.: Класс, 2000.-304 с.


38 
Psixologiyada o‘yin 30-yillardan beri o‘rganib kelinayotgan bo‘lib, shu 
bilan birga psixologlar aynan bolalar o‘yinini tushunishga harakat qilishgan, 
buning uchun ular individning atrof-muhit bilan o‘zaro munosabatining 
xususiyatlariga asoslanganlar. L.S.Vigotskiy ta’kidlashicha, o‘yinni tushunish 
uchun maktabgacha yosh davrida namoyon bo‘ladigan yangi ehtiyojlar va sabab 
(motiv)larni anglay olish lozim. Bu davrda bolada bir qator turli xil amalga 
oshmaydigan g‘oya va hohish-istaklari paydo bo‘ladi. Shuning bilan birga 
istagiga darhol erishish g‘oyasi unda saqlangan bo‘ladi. Maktabgacha yoshdagi 
bola tilak, hohish-istaklarini hayolan amalga oshirish qobiliyatiga ega. Shundan 
kelib chiqqan holda, bola nega o‘ynaydi degan savolga, amalga oshmaydigan 
orzu-istaklarning hayolan, tasavvur qilish orqali amalga oshirish maqsadi turgan 
bo‘ladi, - deb javob berish lozim. 
O‘yin bu istak-hohishlarni ro‘yobga chiqarish vositasi bo‘lib, ammo 
yagona istak emas, balki umumlashgan istaklardir. Vigotskiy o‘yin mezoni 
bo‘yicha, unda soxta vaziyatlarni hosil qilishni tavsiya qilib, uning fikrlashicha 
bu qoidalar bilan uzviy bog‘liqdir. Soxta vaziyat – o‘yin, real vaziyatlardan farqi 
shundaki, «real hayotda mavjud bo‘lgan narsa bola nazaridan chetda qoladi,
lekin o‘yinda hatti-harakatlarni belgilab beruvchi qonun-qoidalarni bildiradi». 
Bola rivojlanishida o‘yin roli katta ahamiyatga ega bo‘lib, u 
quyidagilarga bog‘liq: soxta vaziyatdagi hatti-harakat bolani vaziyatli 
aloqadorlikdan ozod etadi, bola o‘yindagi vaziyatni ko‘rishga emas, balki uni 
fikrlash, bilish, idrok qilishga o‘rganadi. 
O‘yin jarayonida bola predmetlarning mazmun-mohiyatini ulardan 
ajralgan holda tushunishga, anglashga harakat qiladi, lekin bir vaqtning o‘zida 
mavjud predmet orqali u faqatgina mavjud harakatni bajaradi, bu bilan biz bola 
predmet bilan emas, balki uning mohiyati bilan ishlashni boshlaydi 
demoqchimiz. Lekin ular bilan biron bir harakat qilmoqchi bo‘lsa, u albatta 
bevosita shu predmetdan foydalanadi, uning mazmunini esa faqatgina maktab 
yoshida to‘liq anglay oladi. 


39 
Vigotskiy maktabgacha yosh davrida o‘yin faoliyati ustunlik qiluvchi 
faoliyat deb hisoblaydi. Hayotning asosiy vaziyatlarida bola o‘zini o‘yindagidan 
farqli ravishda mutlaqo o‘zgacha tutadi. Biroq o‘yin bola rivojlanishiga asosiy 
zamin yaratadi. O‘yin jarayonida bola har doim o‘zidan balandda, o‘zining har 
doimgi hatti-harakatlardan yuksakroq darajada bo‘ladi, boshqacha qilib 
aytganda u o‘zidan bir pog‘ona yuqoriroq bo‘ladi
29
.
Shuning uchun ham maktabgacha yosh davrida o‘yin faoliyati yetakchi 
rolni o‘ynaydi. Shunday qilib, Vigotskiy o‘yinning qoq markazi sifatida, soxta 
vaziyatlarni ajratib chiqaradi. Aynan bu soxtalik bola ongini qay darajadaligini 
yaqqol ko‘rsatadi. Ushbu fikr D.B.Elkonin teoriyasi asosini tashkil qilib, «O‘yin 
psixologiyasi» kitobida aniq ifodalangan. Elkoninning o‘yin haqidagi fikri 
[1999]: «Inson o‘yini – bu shunday faoliyatki, samarali faoliyatning bevosita 
shart-sharoitlari natijasida insonlar orasida ijtimoiy munosabatlar hosil bo‘ladi». 
O‘yinni tahlilida, uni alohida qobiliyatlar (idrok, xotira, tasavvur va b.) 
yig‘indisiga joylashtirish mumkin, hamda bu qobiliyatlarning solishtirma 
og‘irligini va rivojlanishini o‘rganib chiqish lozim. Lekin bunday tahlil o‘yin 
tabiati va sifatining o‘ziga xosligini tushunishga yordam bera olmaydi. Umumiy 
xususiyatga ega birliklarni ajratib chiqish zarur. Ushbu birlik roldir. Aynan rol 
va u bilan organik jihatdan bog‘liq bo‘lgan hatti-harakatlar rivojlangan o‘yin 
shaklining birligi hisoblanadi. 
D.B.Elkoninning aytishicha, rolli o‘yinlar tarkibiga syujet va mazmun 
kiradi. Syujet – bu voqelikning sohasi bo‘lib, o‘yin jarayonida bola tomonidan 
aks ettiriladi. Mazmun hatti-harakatning markaziy xarakterli momenti hamda 
bolalarning kattalar, ularning mehnati va ijtimoiy hayot orasidagi munosabati 
sifatida bola tomonidan aks ettiriladi. Rolli o‘yinning rivojlangan, kengaygan 
shaklining mazmuni predmet va undan insonning foydalanishi emas, balki ushbu 
29
Выготский Л.С. Лекции по психологии. - СПб.: Союз, 1997. - 144 с.


40 
predmetlar orqali kattalarning amalga oshiradigan xatti-harakatlari bo‘lib 
hisoblanadi
30
.
O‘yin faoliyati bola hayotida, uning jismoniy, ruhiy, aqliy kamolatga 
yetishida muhim vositalardan biri hisoblanadi. O‘yin orqali aqli zaif bolalar 
tafakkur, tasavvur, xotira, diqqati kabi barcha psixik jarayonlari rivojlanadi va 
atrof - muhit haqidagi bilimi yanada kengayib boradi. Maktabgacha ta’lim 
muassasasida o‘yin faoliyatidan to‘g‘ri va unumli foydalanish, har bir 
o‘tkaziladigan mashg‘ulotlar va sayr faoliyatining samaradorligini oshirib 
boradi.
O‘yin aqli zaif bolaning psixologik ko‘rinishiga rivojlantiruvchi ta’sir 
ko‘rsatuvchi, eng yaqin rivojlanish sohasini ta’minlovchi yetakchi faoliyat 
bo‘lishi kerak
31

Aqli zaif bolada mustaqil, ketma-ketlikka amal qilgan holda o‘yin tashkil 
etishini sekinlashtiruvchi sabablar ichidan, avvalambor, asosiysini – bosh miya 
po‘stlog‘i integrativ funksiyasining rivojlanmaganligini ajratib ko‘rsatish kerak, 
shu sabab kattalar bilan emotsional ish yuzasidan muloqot, statik funksiyalar, 
nutqni o‘zlashtirish muddatlari kechikishini keltirib chiqaradi. O‘yinni tashkil 
qilishga bola rivojlanishi uchun zarur pedagogik sharoitlarning yo‘qligi ham 
salbiy ta’sir qiladi, buni ayniqsa, maktab yoshigacha bo‘lgan aqli zaif bolalar 
yopiq turdagi muassasalarda tarbiyalanganlarida kuzatish mumkin. Zarur yangi 
emotsional taassurotlardan mahrum aqli zaif bola - oligofren shaxslar, 
predmetlarning tor doirasi bilan tanish; uning hayoti cheklangan bir xillikda 
kechadi. Shu tariqa undagi mavjud organik nuqsonga atrof olam haqidagi 
nochor va ba’zan buzilgan tushunchalar qo‘shiladi.
Kichik yoshdagi aqli zaif bolalar maxsus maktabgacha ta’lim 
muassasalariga kelganlarida, odatda, umuman o‘ynashni bilmaydilar, ular 
o‘yinchoqlarning funksional belgilanishidan qat’iy nazar bir xillikdagi amallarni 
30
Психическое развитие в детских возрастах : избранные психологические труды / Д.Б. Эльконин. – 
Издание 2-е, стереотипное. – Москва: Институт практической психологии ; Воронеж: НПО МОДЭК, 
1997. – 416 с.
31
Морозова Н.Г. Формирование познавательных интересов у детей дошкольного возраста с 
отклонениями в развитии // Особенности развития и воспитания детей дошкольного возраста с 
недостатками слуха и интеллекта / Под ред. Л. П. Носковой - М.,1984.- с.65- 73


41 
bajaradilar. Bola uzoq vaqt davomida kubik, o‘rdak, mashinani bir xillikda 
taqillatib o‘tirishi mumkin
32
.
Bunda ayniqsa, qo‘g‘irchoqqa bo‘lgan munosabat e’tiborga molik, u xuddi 
boshqa o‘yinchoqlardek qabul qilinadi. Qo‘g‘irchoq shodon tuyg‘ularni paydo 
qilmaydi va odam o‘rinbosari sifatida qabul qilinmaydi. Jonivor-o‘yinchoqlar 
ham aqli zaif bolada qiziqish xislarini uyg‘otmaydi. Ular bilan bajariladigan 
amallar xuddi kubik va mashinalardagidek bo‘ladi. O‘rgatilmagan aqli zaif 
bolalar orasida o‘yinchoqning ta’mini “tatib” ko‘rishni yoqtiradiganlari ham 
uchraydi. Ular rangli kubikning bir qismini tishlab uzib olmoqchi bo‘ladilar, 
matryoshkani yalaydilar. O‘yinchoqlar bilan bu kabi amallar asosan chuqur aqli 
zaif bolalarga xos, lekin bir qator holatlarda ular shunchaki o‘yinchoqlar bilan 
o‘ynay bilmaslik, ularni funksional belgilanishi bo‘yicha qo‘llay olmaslik 
natijasi ham bo‘ladi.
Aqli zaif bolalarning aksariyat qismida amallar bilan birgalikda jarayonli 
harakatlar ham kuzatiladi, bunda bola uzluksiz bir xil o‘yin jarayonini 
takrorlaydi: qo‘g‘irchoqni yechintirib-kiyintiradi, kubiklardan qurilma yasab-
buzadi; idish-tovoqlarni olib joyiga qo‘yadi. 
Maktabgacha ta’lim muassasasida tarbiyalanmagan maktab yoshigacha aqli 
zaif bolalarning o‘ziga xos tomoni ularning noadekvat harakatlar bajarishidir. 
Bunday harakatlarni na mantiq, na o‘yinchoqning funksional belgilanishi bilan 
tushuntirish mumkin, ularni zinhor normal bola o‘yinida kuzatish mumkin 
bo‘lgan o‘rinbosar predmetlarni qo‘llash bilan adashtirmaslik kerak. Normal 
maktab yoshigacha bola jon-jon deb qoshiq o‘rniga tayoqcha, sovun o‘rniga 
kubik va x.k. ishlatadi. Bunday harakatlarni o‘yin talablari taqozo qiladi va bu 
uning oliy darajada rivojlanayotganini ko‘rsatadi. Lekin maxsus maktabgacha 
ta’lim muassasalariga kelgan aqli zaif bolalarda aynan shunday o‘rinbosar 
predmetlarni ishlatish harakatlari umuman uchramaydi.
32
Психологические процессы и свойства личности умственно отсталых детей / ГПИ им. А. И. Герцена: 
Учеб. пособие- Л.,1981.- 62с.


42 
O‘yin jarayonida intellektual kamchiliklarga ega bolalar o‘yinchoqlarni 
ovoz chiqarmay, jimgina o‘ynaydilar, ba’zi-ba’zida alohida emotsional 
tovushlar chiqaradilar, ba’zi o‘yinchoq yoki harakatlar nomini ifodalovchi 
so‘zlarni talaffuz qiladilar. O‘rgatilmagan aqli zaif bola o‘yinchoqlardan tez 
charchaydi. Uning o‘ynash davomiyligi odatda o‘n besh daqiqadan ortmaydi. Bu 
narsa o‘yinchoqlarga bo‘lgan haqiqiy qiziqish yo‘qligidan dalolat beradi
33
.
Maxsus ta’limsiz aqli zaif bolalarda o‘yin yetakchi o‘rinni egallay olmaydi 
va albatta psixik rivojlanishiga ta’sir qila olmaydi. Bunday ko‘rinishda o‘yin 
anomal bola rivojlanishidagi nuqsonlarni korreksiyalash va kompensatsiyalash 
vositasi bo‘la olmaydi. Aqli zaif bolalarga ta’lim va tarbiya berish dasturida 
“O‘yin” bo‘limiga markaziy o‘rin ajratilishi bejiz emas. Bu bilan o‘yin 
faoliyatining bola rivojlanishini boyitish, anomal bola psixikasidagi turli 
nuqsonlarni korreksiyalash va kompensatsiyalash, maktabda o‘qishga 
tayyorlashdagi ahamiyati ko‘rsatilgan.
Ma’lumki, bolaning o‘yin faoliyati ko‘p qirrali, o‘yinlar ham turli-tuman. 
Ularning orasida asosiy o‘rinni syujetli-rolli o‘yinlar egallagan. Uning bola 
rivojidagi alohida rolini hisobga olgan holda, dastur aqli zaif bolada bosqichma-
bosqich syujetli-rolli o‘yin mexanizmini shakllantirishga e’tibor qaratadi.
Defektolog-o‘qituvchi oldida aqli zaif bolalarni o‘yinlar olamiga asta-sekin 
olib kirish, unga turli o‘yin jarayonlarini, tengqurlari bilan muloqot qilishning 
turli vositalarini o‘rgatish vazifasi yotadi.
Syujetli-rolli o‘yinlardan tashqari aqli zaif bolalar didaktik va harakatli 
o‘yinlarni ham o‘rganadilar.
Didaktik o‘yinlar ayni vaqtda bolalarni o‘qitishning shakli hisoblanadi. 
Uning xalq pedagogikasidagi kelib chiqishi o‘yinlarning qo‘shiqlar bilan, 
harakatlar bilan birlashishiga asoslangan ta’limiy o‘yinlarni yaratgan. Didaktik 
o‘yinda barcha strukturaviy elementlar, bolalarning o‘yindagi faoliyati uchun 
xarakterli bo‘lgan: maqsad, jamlanma, o‘yin faoliyati, qoida, natija jamlangan. 
33
Лапошина Э. В. Особенности ознакомления умственно отсталых дошкольников с некоторыми 
предметами ближайшего окружения. // Дефектология- 1991.- №6.- с.72- 77


43 
Lekin ular bir qancha o‘zgacha shaklni ko‘rsatadi va didaktik o‘yinlarning 
bolalarga ta’lim va tarbiyasidagi asosiy rolini sharoitga moslagan. 
Didaktik topshiriqlarning mavjudligi o‘yinlarning ta’limiy xarakterini, 
uning tarkibini bolalarning kuchli aqliy faoliyatiga yo‘naltirilganini tasdiqlaydi. 
Didaktik o‘yinda mashg‘ulot davomida topshiriqning to‘g‘ridan-to‘g‘ri 
qo‘yilishidagi farqda u bolaning o‘yin topshirig‘i sifatida namoyon bo‘ladi. 
Didaktik o‘yinning asosiy ahamiyati shundaki, u bolaning fikri va nutqida 
mustaqillik va faollikni hosil qiladi. 
O‘yin faoliyati har doim ham ko‘rinuvchan xarakterni yuzaga keltirmaydi. 
Bu to‘liq yo‘naltirilgan kuzatish, taqqoslash, ba’zan oldingi o‘zlashtirilganlarni 
qayta eslash, o‘ylash jarayonlarini to‘liq ifodalovchi aqliy faoliyat hamdir. 
Murakkabligi bo‘yicha ular aqliy tarkib va o‘yin topshiriqlari, bolalarning 
yoshiga moslik darajalari turli xil va sharoitga moslashgandir. 
Murakkabligi jihatdan ular turlicha va bosh mazmunning, o‘yin 
maqsadining darajasi bilan bolalarning yosh xususiyatlari bilan belgilanadi. 
O‘yin harakatlarining hajmi ham turlichadir. Kichik guruhlarda – bu ko‘p 
xollarda takrorlanuvchi 1-2 ta harakatdan, kattaroq guruhlarda esa 5-6 ta 
harakatdan iborat. Katta maktabgacha yoshdagilarning sport xarakteriga ega 
bo‘lgan o‘yinlardagi o‘yin harakatlari boshidanoq vaqt bo‘yicha taqsimlangan 
va ketma-ket amalga oshiriladi. Ularni o‘zlashtirgan bolalar maqsadga intilib, 
aniq, tez kelishgan holda o‘zlashtirilgan sur’atda o‘yin vazifasini oladilar. 
Didaktik o‘yinlarning elementlaridan biri qoidalar hisoblanadi. Ular 
o‘rgatishning vazifasi va o‘yin mazmuni bilan belgilanadi va o‘z navbatida o‘yin 
harakatlarining xarakterini va usullarini aniqlab beradi, bolalarning xulqini
bolalar o‘rtasidagi va tarbiyachi bilan o‘zaro munosabatlarni shakllantiradi va 
yo‘naltiradi. Qoidalar yordamida bolalarda o‘zgargan sharoitlarda mo‘ljal olish 
qobiliyati, bevosita istaklarni jilovlash ko‘nikmasi, emotsional – irodaviy 
zo‘riqishni namoyon qilishni ushlab tura olish shakllanadi. Buning natijasida o‘z 
harakatlari bilan boshqa o‘ynovchilarni boshqarish qobiliyati rivojlanadi. O‘yin 
qoidalari o‘rgatuvchi, tashkil etuvchi va intizomiy xarakterga ega. O‘rgatuvchi 


44 
qoidalar bolalar oldida kim, nimani va qanday qilish kerakligini ochishga 
yordam beradi: ular o‘yin harakatlari bilan munosabatda bo‘ladi, harakatlarning 
ro‘lini kuchaytiradi, bajarish usulini aniqlashtiradi. Tashkil yetuvchi qoidalar esa 
bolalarning o‘yindagi o‘zaro munosabatlarini, tartibni, ketma-ketlikni belgilaydi. 
Intizomiy qoidalar nimani va nima uchun qilish mumkin emasligi haqida 
ogohlantiradi. 
Tarbiyachi qoidalardan ehtiyotkorlik bilan foydalanishi, o‘yinni ular bilan 
zo‘riqtirmasligi, faqat zarur holdagina ularni qo‘llashi lozim. Ko‘p qoidalarni 
kiritish, ularni bolalarga majburan bajartirish salbiy natijalarga olib keladi. 
Haddan tashqari intizom bolalarda o‘yinga qiziqishni pasaytiradi, xatto o‘yinni 
buzadi, ba’zan esa qoidalarni bajarishdan qochish maqsadida ayyorlikni keltirib 
chiqaradi. Didaktik o‘yin natijasi – shunchaki har qanday usul bilan erishilgan 
g‘alaba emas, balki bolalar tomonidan erishilgan bilimlarni o‘zlashtirish, aqliy 
faoliyat 
rivojlanishi, 
o‘zaro munosabatlardagi yutuqlar darajasining 
ko‘rsatkichidir. O‘yin vazifalari, harakatlari, qoidalari, o‘yin natijasi bir-biri 
bilan bog‘langan. Bu tarkibiy qismlardan birortasining yo‘qligi o‘yinning 
butunligini buzadi, tarbiyaviy ta’sirini pasaytiradi. 


45 

Yüklə 1,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   51




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin