Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti norposhshaxon voxidova



Yüklə 373,4 Kb.
səhifə22/75
tarix24.12.2023
ölçüsü373,4 Kb.
#193705
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   75
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi n-fayllar.org

Tajriba-sinov metodi - tajriba- («eksperiment» so’zi lotincha «sinab ko’rish»,
«tajriba qilish» ma’nosini anglatadi) tajriba ishlari, asosan ta’lim – tarbiya
jarayoniga aloqador ilmiy faraz yoki amaliy ishlarning tadbiqiy jarayonlarini
tekshirish, aniqlash maqsadida o’tkaziladi. Tajriba - sinov metodi sharoitga qarab 3
xilda o’tkaziladi: 1. Tabiiy tajriba, 2. Laboratoriya ishi, 3 Amaliy tajriba.
Pedagogik diagnostikada tadqiqotlarni tashkil qilish. Ilmiy-pedagogika
tadqiqotlarining tarkibi, unga ilmiy izlanishlaring u yoki bu elementini kiritish bilan
bog’liq ravishda har xil o’zgarishlari boshdan kechirdi. Ilmiy-pedagogik tadqiqotlar


tarkibini birmuncha umumlashgan ko’rinishda tasvirlash mumkin. Ilmiy pedagogika


tadqiqotlarini tashkil qilishda ma’lumotlarni yig’ish, xulosalarni jamlash, tadqiqot
bo’yicha miqdoriy tahlil, o’rtacha miqdoriy raqamlarni aniqlash, ilmiy faraz,
xulosalarning to’g’riligini ta’minlovchi ma’lumotlarni yig’ish: (buning uchun turli
xil metodlar qo’llaniladi); ta’lim –tarbiya jarayoniga oid ishchi farazni ilgari surish,
uni nazariy va amaliy jihatdan sinovdan o’tkazish maxsus metodikasini ishlab
chiqarish va boshqalar muhim ahamiyat kasb etadi.
Tadqiqotchi o’zi tadqiq etayotgan predmet yoki hodisalarni o’rganishda ilmiy
bilishning turli metodlaridan foydalanish asosida ma’lum yangi bilimlarni hosil
qiladi. Bu yangi bilimlar o’zlarining paydo bo’lishidan, to insoniyatning nazariy
bilimlari tizimlari - fanlarga kirib kelishgacha, har xil ko’rinishlarda bir qancha
taraqqiyot bosqichlarini bosib o’tadi. Ilmiy tadqiqot asosida paydo bo’lgan yangi
bilimlarning rivojlanishidagi turli ko’rinishdagi bu bosqichlar ilmiy bilishning
shakllan deyiladi. Ilmiy bilish bunday shakllanning asosiylarim ilmiy g’oya,
muammo, faraz, nazariyalar tashkil qiladi. Umumiy g’oya ilmiy bilishning birinchi
shaklidir.
Diagnostikada so’rov metodlari. Pedagogik diagnostikada turli og’zaki so’rov
metodlari mavjuddir. Nostandart intervьyu ko’proq birinchi sinov qadamini eslatadi.
Bunda muammoni aniqlash, axborot to’plash rejasining asosiy holatlarini yana bir
bor tekshirib ko’rish va tadqiqot ob’ektini aniqlash zarur. Intervьyu o’tkaziladigan
mavzu tanlangach, uni olib boruvchi faqat oraliq savollar yordamida mavzuni
kerakli yo’nalishga buradi. Javob beruvchi o’zining qarashlarini o’ziga qulay
shaklda bayon qilish uchun keng imkoniyatga ega bo’ladi. Bu erkin shakl intervьyu
oluvchiga katta talab yuklaydi.

Yüklə 373,4 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   75




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin