Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti norposhshaxon voxidova



Yüklə 373,4 Kb.
səhifə20/75
tarix24.12.2023
ölçüsü373,4 Kb.
#193705
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   75
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi n-fayllar.org

Suhbat metodi - an’naviy pedagogik metodlar turkumiga kirib, dialog, diskussiya
tarzida o’tkaziladi. Ushbu metod orqali insoniy munosabatlar, ularing istiqboldagi
rejalari, qarashlari va xususiy fikrlarini o’rganish mumkin. Pedagogik suhbat oddiy
suhbatdan farq qiladi. Ushbu metod orqali suhbatdoshning ichki olamini o’rganish,
uning dunyoqarashi, kelajakdagi rejalari bilan tanishish imkoniyati tug’iladi.
Ta’lim-tarbiya tizimi sifatini oshirishda, takomillashtirishda yoki yaratilgan ilmiy


farazlarning qanchalik to’g’ri ekanligini aniqlash maqsadida suhbat uslubidan


foydalaniladi.
Suhbat metodi - ta’lim muassasasi o’qituvchilari va tahsil oluvchilar jamoasi
bilan ota-onalar va keng jamoatchilik bilan, yakka va guruhli tartibda ish olib
borilganda qo’llaniladi. Suhbat metodini tadbiq etishdan oldin reja tuziladi, uni
amalga oshinsh yo’llari belgilanadi, natijalar tahlil qilinadi va tegishli xulosaga
kelinadi Bu metod so’rashning bir turi bo’lgani holda tadqiqotchining jiddiy
tayyorgarlik ko’nshini talab etadi, chunki u tekshirayotgan shaxs bilan bevosita
aloqada bo’hsh vaqtida og’zaki suhbat tarzida, suhbatdoshining javoblarini
yozmasdan erkin muomala shaklida qo’llaniladi. Suhbat metodidan farq qilib,
intervьyu olish metodi savollarni oldindan belgilangan izchillikda intervьyu yo’li
bilan bayon qilishni nazarda tutadi. Bunda javoblar magnit tasmasiga yoki
kassetalarga yozib olinadi. Hozirgi kunda ommaviy so’rash nazariyasi va
amaliyotida intervьyu tashkil etishning bir necha usullari mavjud:
- guruhlar bilan ishlash;
-
intensiv, rivojlantiruvchi;
-
sinash va boshqalar.
Ijtimoiy fikrni o’rganish (so’rovnoma, intervyu, test) metodi - 
tadqiqotchining boshqa kishilardan pedagogik tajribaning biror tomoni yoki
hodisalari haqida axborot olish jarayonidir. Bu metod orqali o’rganilayotgan
muammoning yechimini topish yo’llari belgilanadi. So’rash savollari mantiqiy
izchillikda, nazokatli shaklda bo’lgani maqsadga muvofiq. Quyilayotgan savollar
aniq ifodalanishi, mavjud nuqson va salbiy oqibatlarning oldini olishga
mo’ljallangan bo’lishi lozim. So’ralgan savolga to’liq javob olish bilan birga, qat’iy
shaklda: «ha», «yo’q» tarzida ham javob olinadi.
So’rashning modifikatsiyalashtirilgan shakli-intervьyudir. Intervьyudagi
savollar oldindan tayyorlanib, suhbatdoshga uzatiladi. Olingan javoblar har doim
ham pedagogik muammoni yaxlitligicha tahlil qilishga imkoniyat yaratmaydi,
chunki intervьyu javoblari keng jamoatchilik ichida tahlil qilinadi. SHu sababli
suhbatdosh ayrim paytlari o’z fikrini aniq va ravshan, baralla aytishga iymanadi.




Test metodi - ijtimoiy fikrnii o’rganish, kichik vaqt ichida biron muammoga
javob topish, tahsil oluvchilarning bilim darajasi va fanlarni o’zlashtirish darajasini
o’rganish uchun qo’llaniladi. Test metodi qisqa vaqt ichida katta hajmdagi
ma’lumotga ega bo’lishga, ulkan auditoriya bilan ishlashga imkoniyat yaratadi. Test
sinovlari orqali tahsil oluvchilarning bilimlari qisqa muddat ichida yoppasiga
aniqlanadi va baholanadi. Masalan, XX asrning o’rtalarida abiturient biron bir oliy
o’quv yurtiga kirishi uchun deyarli bir oy mobaynida bir necha fandan imtihon
topshirar va ularing javoblarini kutish uchun ancha vaqt sarflardi. Baholar ko’p
hollarda sub’ektiv qo’yilar, imtihon qilinayotgan fanlar javoblari birin-ketin
chiqarilar, natijada adabiyot shinavandasi birinchi imtihondan natijasi salbiy
baholansa, keyingi imtihonga kirish huquqidan mahrum etilardi va shu bois
yoshlarning
talaygina
qismi
o’z
sevgan
kasbini
egallay
olmasdi.
Mustaqilligimizning dastlabki kunlaridanoq yoshlarning bilimiga xolisona
yondashish, ular iqtidorini yuzaga chiqarish maqsadida O’zbekiston Respublikasida
oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun 1993 yildan e’tiboran abiturientlarning bilim
darajasini baholash uchun bir kunda (1 avgust) va aynan bir xil vaqtda test sinovlari
o’tkaziladi. Test javoblari qisqa muddat ichida tahlil qilinib, ob’ektiv baholanadi.
Test metodi orqali yoshlar bilimini aniqlash ularing fanlarni o’zlashtirganlik
darajasini xolisona baholashga yordam beradi va iqtidorini yorqinroq ifodalashga
zamin yaratadi.
Test savollarning o’rni va ularning mazmunan rang-barang qilib tuzilishi, ko’p
variantda qo’llanilishi tadqiq qilinayotganlarning mustaqil fikrlarini o’stiradi,
kelajakni real baholash qobiliyatini taraqqiy ettiradi.
Ilmiy tadqiqotlarda test, so’rovnomalar metodi yetakchi bo’lib hisoblanadi.

Yüklə 373,4 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   75




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin