Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti norposhshaxon voxidova


Diagnostik tadqiq etishning tarbiyaviy ta’sirlari va uzluksizlik yo’nalishi



Yüklə 373,4 Kb.
səhifə16/75
tarix24.12.2023
ölçüsü373,4 Kb.
#193705
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   75
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi n-fayllar.org

3. Diagnostik tadqiq etishning tarbiyaviy ta’sirlari va uzluksizlik yo’nalishi. 
Tarbiya ishida izchillik juda muhim. Tarbiyachi avvaliga bolalardan biror
narsani talab qilib, so’ngra o’zi bu talabni unutib qo’ysa, bu qo’l tarbiyaga yomon
ta’sir qiladi. O’qituvchi subutli, o’z lafziga sobit bo’lmog’i kerak. O’quvchilarga
tarbiyaviy ta’sir ko’rsatishda izchillikka rioya qilish va bir xil talab qo’yish
muvaffaqiyat qozonishning eng muhim shartlaridan biridir. Tarbiya uzoq davom
etadigan jarayon, unda ota - ona, o’qituvchi, jamoatchilik qatnashadilar. SHu sababli
ularing ishida izchillik va davomiylik bo’lishiga rioya qilish kerak. Bu qoida
tarbiyani amalga oshiradigan barcha bo’g’inlarni (oila, maktab, o’quvchilar jamoasi,
maktabdan tashqari tarbiya muassasalari, keng jamoatchilikni) birgalikda ish
ko’rinishlarini nazarda tutadi. CHunki tizimlilik faqat yoshlarni emas, balki
aholining barcha qatlamlarini hamrab olishi kerak. Xulosa qilib aytganda bugungi
kunda mamlakatimizda zamonaviy pedagogik diagnostika masalalariga qiziqish
katta. Ijtimoiy hayot davomiyligi va fan rivojining yuqori pog’onasi shaxs


kamolotida yechimi birmuncha qiyin bo’lgan savollarni yuzaga chiqarmoqda.


Masalan, shaxsning ma’naviy kiyofasini sotsiokorrektsiya qilish masalalari, shaxs
tarbiyasida vujudga kelayotgan illatlar, nuqsonlarning paydo bo’lishi, ularni bartaraf
etish yo’llari, metodlari va boshqalar. Tabiiyki, bu masalalarni hal etishda eskicha
yondashuvlar yordam bera olmaydi. Pedagogik diagnostika ham amaliyot
talablaridan ortda qolmaydi va ijtimoiy qadriyatlarning o’zgarish qonuniyatlariga
bog’liq holda rivojlanadi. Birinchi navbatda yangi metodlarni izlab topish jarayoni
davom etmoqda, mavjudlarini tubdan takomillashtirish, ilmiy bilish mantiqini
loyihalash, tadqiqotlar samarasini oshiradigan texnikaviy qurilmalarni yaratishga
e’tibor qaratilgan. Boshqa tomondan, pedagogik diagnostikaning ilmiy
metodologiyasi - chuqur nazariy umumlashma, prognozlash, fan strategiyasini va
uning mavqeini oshirish jamiyat islohotlariga mos ravishda amalda kengaymoqda.

Yüklə 373,4 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   75




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin