Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti norposhshaxon voxidova


Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar



Yüklə 373,4 Kb.
səhifə17/75
tarix24.12.2023
ölçüsü373,4 Kb.
#193705
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   75
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi n-fayllar.org

Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar: 
1.Pedagogik diagnostika tamoyillari misollar keltiring.
2.Diagnostik tadqiq etishning umummilliy tamoyillari bu?
3.Diagnostik tadqiq etishning tarbiyaviy ta’sirlari qaysi holatlarda nomoyon
bo’ladi?
4-MavzuPEDAGOGIK DIAGNOSTIKANING UMUMIY METODLARI 
Reja: 
1. Pedagogik tashxis metodlari tasnifi.
2. Pedagogik tashxisning noeksperimental metodlari.
3. Pedagogik diagnostikada tadqiqotlarni tashkil qilish.
Tayanch so’zlar: metod, solishtirish, tahlil, prognoz (prognoz) qilish;
interpretatsiya (tatbiq qilish), kuzatish .
1. Pedagogik tashxis metodlari tasnifi.
Pedagogik diagnostika o’quv - tarbiyaviy ishlarning yakuniy natijalar
ko’rsatkichlarini hamda mazkur jarayonning kechish holatini yaqqol aks ettirish
xususiyatiga ega. Pedagogik diagnostikani amalda qo’llashda turli metodlardan
foydalaniladi.
Metod - (lotincha «metodos»-«yo’l», “uslub”) tadqiqot yo’li, nazariya, ta’limot,


deb tajriba qilinadi. Ilmiy tushuncha sifatida "metod" so’zi keng ma’noda: muayyan


muammo yechimini topishga yo’naltirilgan uslubni, malum maqsadga erishish
yo’lini, tor ma’noda: tabiat va ijtimoiy hayot hodisalarini hamda qonuniyatlarini
bilish maqsadida qandaydir vazifani hal etish uslubini bildiradi.
Pedagogik diagnostikani tashkil qilishda beriladigan nazariy bilimlarni yoshlar
qalbiga yetkazish, ulari kundalik ehtiyojiga yo’naltirish uchun quyidagi ish
usullariga e’tibor berish lozim:
-o’quv muassasa, ma’sul shaxslar sinf, guruh jamoasining ruhiy holati, ya’ni har
bir shaxsning faoliyati, qiziqish darajasiga;
-o’quvchi-yoshlarning tartib-intizomiga, davlat mulkiga bo’lgan munosabatiga;
o’quvchi-yoshlarning ijtimoiy hayotdagi faolligiga;
-yoshlar bilan o’tkaziladigan tarbiyaviy tadbirlarga bo’lgan munosabatiga
(ijobiy, salbiy, befarqligiga);
-yoshlarning kattalar, o’z tengdoshlari bilan axloqiy muomala va
munosabatlariga;
-o’quv maskanlarida tashkil etilgan qonun-qoidalarga munosabat va ularga amal
qilishga;
-o’quv muassasadagi ijtimoiy fikrga bo’ysunuvchanligiga.
O’qituvchining o’z o’quvchilarini doimo kuzatib borishining o’ziyoq diagnostik
faoliyat hisoblanadi. Diagnostik axborotlarni ma’lum ko’rsatkichlar (sinf, guruh
ishlari, test, anketa va boshqalar), orqali yoki ularsiz (oddiy kuzatish orqali) yig’ish
mumkin.
Diagnostik faoliyatda avval quyidagi yo’nalishlari ajratib ko’rsatish mumkin:
a)
solishtirish;
b)
tahlil;
v) prognoz (prognoz) qilish;
g) interpretatsiya (tatbiq qilish);
d)
diagnostik faoliyat natijalarini o’quvchilargaetkazish;
e)
turli diagnostik metodlarning o’quvchiga ta’sirini nazorat qilish.

Yüklə 373,4 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   75




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin