Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti norposhshaxon voxidova


Tashxis markazlarining bola tarbiyasida tutgan o’rni va ahamiyati



Yüklə 373,4 Kb.
səhifə29/75
tarix24.12.2023
ölçüsü373,4 Kb.
#193705
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   75
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi n-fayllar.org

Tashxis markazlarining bola tarbiyasida tutgan o’rni va ahamiyati.
O’quvchilarni kasb-hunarga yo’naltirish maqsadida psixologik-pedagogik tashxis
markazlari
Respublikamiz
mustaqilligi
yillarida
amalga
oshirilayotgan
islohotlarning hosilasi sifatida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
1998-yil 13-maydagi “O’zbekiston Respublikasida umumiy o’rta ta’limni tashkil
etish to’g’risida”gi 203-sonli Qaroriga asosan tashkil etilgan. Markaz o’quvchilarni
kasb-hunarga yo’naltirishda ularning qobiliyati va moyilliklarini aniqlaydi. U bolani
6 yoshdan boshlab, boshlang’ich ta’lim bosqichiga psixologik, jismoniy va aqliy
rivojlanganligini hisobga olgan holda tayyorligini belgilaydi. Iqtidorli bolalarni
kashf qilish, o’quvchilarni har yili tibbiy-pedagogik tekshiruvdan o’tkazish, ota-
onalarga bolalarni o’qitish, tarbiyalash, kasb-hunarga ilmiy jihatdan to’g’ri
yo’nalishlar berishga yordamlashish kabi muhim vazifalar ham markaz faoliyatiga
kiradi. SHu asosda o’quvchilarning ijtimoiy moslashuvlarini to’g’ri tashkil etish,
umumiy o’rta ta’lim bitiruvchilarini ta’limning keyingi bosqichlariga oqilona
yo’llash kabi masalalari pedagogik va tibbiyot nuqtai nazaridan to’g’ri hal qilib


berish ishlarni amalga oshiriladi. Mazkur markaz iqtidorli bolalalarni izlab topish,


ularning iste’dodini shakllantirish masalasida Respublika Iste’dod markazi bilan
uzviy hamkorlik qiladi, salomatligi yaxshi bo’lmagan bolalarning sog’lig’ini tiklash
maqsadida tibbiyot markazlariga yo’naltiradi. Bunday markazlar tuman (shahar)
xalq ta’limi bo’limlari tarkibida faoliyat ko’rsatadi. Bir so’z bilan aytganda, tashxis
markazlari hozirgacha barcha umumiy o’rta ta’lim muassasalarining orzu-armoniga
bag’ishlangan dolzarb muammolarni - bolalarning kelajagini ilmiy va tahliliy
asoslarda to’g’ri tashkil etish, ularning qobiliyat va imkoniyatlariga, salomatligiga
mos o’quv, kasb-hunar shaklini to’g’ri belgilashga yordam beradi, maktabgacha
ta’lim yoshidagi bolalarni boshlang’ich ta’lim bosqichiga psixologik, ijtimoiy va
aqliy jihatdan nechog’li tayyor ekanligini aniqlashtiradi. Bolalarni kasbga
yo’naltirish kabi amaliyot turi avvallari ham bor edi. Lekin bu soha hech qanday
nizom, me’yoriy hujjatlarsiz, sinf rahbarlari, mehnat ta’limi o’qituvchilariga
yuklatilgan bo’lib ular o’quvchilarni ijtimoiy moslashtirish, kasbga yo’naltirish,
ayniqsa, bolaning aqliy, psixik va ijtimoiy rivojlanishiga tashxis qo’yish bo’yicha
hech qanday ma’lumot, qo’llanmalarga ega emas edilar. Bunday amaliyot bo’yicha
qilinadigan ishlaring shakl va uslublari pedagogik ta’lim o’quv shartlarida ham
o’rgatilmas edi. Vazirlar Mahkamasining eng dastlabki qaroridayoq bu dolzarb
masala ijobiy hal qilinib, markazlar tuman (shahar) xalq ta’limi bo’limlari tarkibida
tashxis markazlari tashkil etish haqida qaror qabul qilindi va mazkur masala bilan
bog’liq barcha tashkiliy ishlar hamda tadbirlar Respublika miqyosida ham,
viloyatlar miqyosida ham amalga oshirildi. SHular asosida o’quv-ma’ruzalar,
seminarlar, anjumanlar, yo’riqnomalarda berilgan topshiriqlarning bajarishni
izchillik bilan kuzatib borilmoqda. Asosiy vazifa tashxis markazlarining rahbarlari
va uning xodimlan tomonidan markaz nizomida ko’rsatilgan holatlardan og’ishmay,
qat’iyat bilan oshna-og’aynigarchilik, tanish-bilishchilik kayfiyatlariga berilmasdan
o’z burchlarini halol, puxta, to’g’ri ado etishlariga bog’liq. O’tkazilgan
seminarlarda, berilgan yo’riqnomalarda tashxis markazlari mutasaddilari amalga
oshirgan tashkiliy-pedagogik tadbirlarda ishning nazariy metodik va amaliy jihatlari


bilan bir qatorda, ro’y berishi ehtimol tutilgan ayrim ko’ngilsiz vaziyatlar to’g’risida


ham so’z boradi.
Jumladan: 1.Bolalarni psixologik, pedagogik, tibbiyot nuqtai nazaridan
boshlang’ich ta’limga yaroqli yoki yaroqsizligi o’ta yuzaki tekshirilib ayrim bolalar
aqlan zaif, jismonan kam quvvat va boshqa ijtimoiy nuqsonlar bilan maktabga kelsa,
sinflarda o’quv-tarbiya ishlarni samarali tashkil etishga to’sqinlik qilishi mumkin.
Agar shunday holga yo’l qo’yilsa, maktab ta’limiga jismoniy, aqliy, psixologik
jihatdan tayyor bo’lmagan bolalarda ruhiy tushkunlik, iztirob, qo’rquv yuzaga keladi
va bolaga katta ma’naviy zarar yetadi. 2. Ta’limda demokratik, insonparvarlik
tamoyillarini yetarli darajada, ma’rifatli tarzda yo’lga qo’yilmaganligidan u yoki bu
fanni o’zlashtirishga layoqati va iqtidori hamda sog’ligi yetishmaydigan
o’quvchilar, ularning ota-onalari bilan maktab jamoasi o’rtasida turli ixtilof va
ko’ngilsiz to’qnashuvlar kelib chiqadi. Bu har ikki tomon manfaatlariga salbiy ta’sir
ko’rsatadi.
3.
O’quvchilar
yoshligidanoq
kasb-hunarga
to’g’ri
yo’naltirilmaganligidan, ayrim o’quvchilar ota-onalari va yaqinlari xohishi bilan
o’zlari qiziqmaydigan yoki qobiliyatlari yetmaydigan kasb-hunar yo’nalishiga
tushib qoladilar. 4. O’rta maxsus kasb-hunar kollejlarida, ayniqsa, akademik
litseylarda, hatto boshlang’ich ta’limning 1-sinfiga nomunosib o’quvchilar uchun
ota-onalar yoki “yuqoridan” ko’rsatilgan tazyiq asosida yo’llanmalar berish. 5.
Tashxis markazlari yo’llanmasi bilan u yoki bu o’quv muassasalariga borishdan
bo’yin tovlash holatlandan ogohlantiriladi. CHunki yuqoridagi masalalar xolisona
va to’g’ri bajarilmasa, tashxis markazlari ish samarasi kutilganidek chiqmaydi,
ta’lim muassasasi (maktab) va o’quvchilar oldidagi mavjud muammolar yechilmay
qolaveradi. Xalq ta’limi vazirligi esa o’z navbatida tashxis markazlarining umumiy
o’rta ta’lim muassasalarida ham “o’z kishisi” bo’lishini ta’minlashga harakat
qilinmoqda. Aynan shu maqsadda har bir ta’lim muassasasi psixolog, oliy
ma’lumotli vrach, tibbiyot xizmatining yo’lga qo’yilganligi hamda ishlar qanday
ketayotganligi haqida tez-tez maqola va xabarlar berib borilmoqda. Bundan asosiy
maqsad - o’quvchilarni kasb-hunarga yo’naltirish va psixologik-pedagogik tashxis
markazlari ish faoliyatini muntazam ravishda takomillashtirib borishdan iborat.





Yüklə 373,4 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   75




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin