Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti norposhshaxon voxidova


Boshlang’ich sinf o’quvchilarining pedagogik psixologik xususiyatlari



Yüklə 373,4 Kb.
səhifə31/75
tarix24.12.2023
ölçüsü373,4 Kb.
#193705
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   75
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi n-fayllar.org

Boshlang’ich sinf o’quvchilarining pedagogik psixologik xususiyatlari. 
Boshlang’ich ta’limda, umuman, ta’lim muassasalarida korrektsiyalash ishlarini olib
borishdan avval birinchi navbatda o’quvchilarning psixologik xususiyatlarini
inobatga olish va ulari har tomonlama chuqur o’rganish zarur. Boshlang’ich sinf
davri 6-7 yoshdan 9-10 yoshgacha davom etadi. Bu davrda bola o’quvchilarga
qo’yiladigan turli talablar bilan tanishadi, fan asoslarini o’rganish uchun biologik va
psixologik jihatdan tayyorlanadi. Uning psixikasi bilim olishga yetadigan darajada
rivojlanadi. Bu yoshdagi bola idrokining o’tkirligi, ravshanligi, sofligi, aniqligi,
o’zining qiziquvchanligi, ishonuvchanligi, xayolining yorqinliga, xotirasining
kuchliligi, tafakkurining yaqqolligi bilan boshqa yoshdagi bolalardan ajralib turadi.
Umumiy o’rta ta’limga tayyorlanayotgan bolada diqqat nisbatan uzoq muddatli va
shartli barqaror bo’ladi. Bola insoniy munosabatlar tizimida ham alohida o’rin
egallayotganini, ota onasi, yaqinlari, umuman atrofdagilari unga yosh boladek emas,
balki o’z vazifalari, majburiyatlari bor bo’lgan, o’z faoliyat natijasiga ko’ra
hurmatga sazovor bo’lishi mumkin bo’lgan alohida shaxs sifatida munosabatda
bo’lishlari lozim. Buning natijasida bolaning o’z-o’zidan oilasi, sinfi va boshqa
jamoalarda o’z o’rnini anglay boshlaganini ko’rish mumkin. Bu davrda bolaning
“Men shuni xohlayman” motividan “Men shuni bajarishim kerak” motivi ustunlik
qila boshlaydi. Birinchi sinfda o’qiyotgan har bir o’quvchida psixik zo’riqish
kuchayadi. Bu nafaqat uning jismoniy salomatligida, balki xatti-harakatlarida, ya’ni


ma’lum darajada qo’rquvning kuchayishi, irodaviy faollikning susayishida namoyon


bo’ladi. Bu davrga kelib bola atrofidagilar bilan o’zaro munosabatda ma’lum bir
natijalarga erishgan, o’zi xohlayotgan narsalarni hamda o’z oilasida o’zi egallagan
o’rnini aniq biladigan bo’ladi. SHuningdek, u o’zini-o’zi boshqarish malakasiga ega
bo’ladi, vaziyat va holatga qarab ish yurita oladi. Bu yoshdagi bolalar xatti-
harakatlari va motivlari ularning o’zlariga beradigan baholariga qarab “Men yaxshi
bolaman” emas, balki bu xatti-harakatlar o’zgalar ko’z o’ngida qanday namoyon
bo’lishiga qarab baholanishini tushuna boshlaydilar. Boshlang’ich sinf o’quvchilari
shaxsiy xususiyatlarining rivojlanishi bola boshlang’ich ta’limga bog’chada
tarbiyalanyotgan davrida tayyorlanadi. Boshlang’ich sinfga kelish arafasida uning
so’z boyligi o’z fikrini bayon eta oladigan darajada ortadi. Agar bog’cha yoshidagi
normal rivojlanayotgan bola o’z nutqida 500-600 so’zni ishlatsa, olti-sakkiz yoshli
bola 3000-7000 so’zni ishlatadi. Boshlang’ich ta’lim yoshidagi bolalarning nutqi,
asosan, ot, fe’l, sifat, son va bog’lovchilardan iborat. Bu yoshdagi bolalar o’z
nutqlarida qaysi so’zlarni ishlatish afzal-u, qaysilarini ishlatish mumkin emasligini
farqlay oladilar. 6-7 yoshli bola o’z jumlalarini murakkab grammatik tizimda tuza
oladi. Bola butun bolalik davrida nutqni jadal ravishda egallashi, o’zlashtirishi
ma’lum bir faoliyatga aylanib boradi. 7- 9 yoshli bolalarning o’ziga xos yana bir
xususiyati shundaki, ular nutqda o’z fikrini bayon etibgina qolmay, balki o’z
suhbatdoshining diqqatini o’ziga jalb qilish uchun ham gapiradilar. Bu davrda
yozma nutq ham shakllana boshlaydi. Yozma nutq jumlalari to’g’ri tuzish va so’zlari
to’g’ri yozishga ma’lum talablar qo’yilganligi bilan xarakterlanadi. Bola so’zlarni
qanday eshitgan bo’lsa, shundayligicha yozilmasligini bilishi, ulari to’g’ri talaffuz
etish bilan birga to’g’ri yozishga o’rganishi zarur. Yozma nutqni egallash asosida
bolalarda turli matnlar haqidagi ma’lumotlar yuzaga keladi Bu davrda yozma nutq
endigina shakllana boshlaganligi bois, bolada o’zi yozgan fikrlari, so’z va harflari
nazorat etish malakasi rivojlanmagan bo’ladi. Lekin unga ijod qilish imkoniyati
beriladi. Ushbu mustaqil ijodiy ish boshlang’ich ta’lim yoshidagi o’quvchilarda
berilgan mavzuni anglash, uning mazmunini aniqlash, fikrini bayon etish uchun
ma’lumot to’plash, muhim jihatlarini ajratib olish, uni ma’lum ketma-ketlikda bayon


etish, reja tuzish malakasini yuzaga keltiradi. Jumlalarni to’g’ri tuzish, aynan shu


mazmunga mos so’zlarni topish va ulari to’g’ri yozish, tinish belgilarini to’g’ri
qo’yish, o’z holatlarini topa olish hamda to’g’rilash aqliy rivojlanishning
ko’rsatkichlaridan hisoblanadi. O’qish faoliyati boshlang’ich sinf o’quvchilanning
aql-idroki, sezgirligi, kuzatuvchanligi, eslab qolish va esga tushirish
imkoniyatlarining rivojlanishi uchun muhim shart-sharoitlar yaratadi, hisoblash
malakalarini shakllantiradi. Ta’lim jarayonida ularing bilimlar ko’larni kengayadi,
qiziqishlari ortadi, ijodiy izlanish qobiliyati nvojlanadi, ularda tafakkurning faolligi,
mustaqilligi ortadi, aqliy imkoniyatni ishga solish vujudga keladi. Mazkur yoshdagi
bolalar o’z idroklarining aniqligi, ravonligi, o’tkirligi bilan boshqa yosh davridagi
bolalardan keskin farq qiladi. Ular har bir narsaga berilib, o’ta sinchkovlik bilan
qarashlari sababli, idrokning muhim xususiyatlarini o’zlashtirish imkoniyatiga ega
bo’ladilar. Birinchi sinfga kelgan bola predmetlarning rangi, shakli, kattaligi va
makonda joylashishini bilish bilan birga ularni taqqoslay oladi. Bu yoshdagi normal
rivojlanayotgan bola rasm va suratlar real hayotni aks ettirayotganligini yaxshi
tushunadi. SHuning uchun ham surat va rasmlarda nimalar aks etganini hayotga
taqqoslagan holda bilishga harakat qiladi. Bola rasmlarda tabiatdagi narsalarni
kichiklashtirib tasvirlanganligini anglay oladi. Bu tasvirlar bolalarda estetik va
badiiy didni rivojlantiradi, chunki bola shu rasmlar orqali olam go’zalligini, uning
turfa ranglardan iborat ekanligini anglaydi, ajratadi va o’z munosabatini bildira
oladi. Ta’lim jarayonida tafakkur operatsiyalariga, mustaqil fikrlashga o’rgatish
boshlang’ich ta’lim yoshidgi o’quvchilarni kamol toptirishning garovidir.
Tafakkurning rivojlanishini boshlang’ich sinf o’quvchisi psixikasining
sog’lomligida, uning bilish faolligida ko’rish mumkin. Bolaning qiziquvchanligi,
asosan, atrof-olamni bilishga, o’rganishga qaratilgan bo’ladi. Bola o’ynab turib,
olam sir-sinoatlari va sabab-hodisalaridan xabardor bo’lishga intiladi. Masalan, bola
mustaqil ravishda qanday predmetlar suvda cho’kishi, qaysilari cho’kmasligini
tadqiq qila oladi. Bola aqliy munosabatlarda faol bo’lsa, u shunchalik ko’p va xilma-
xil savollar beradi. Bolani qor, yomg’ir qanday yog’ishi, quyosh kechasi qaerda
bo’lishi, mashina qanday qilib yurishi, yerdan osmongacha bo’lgan masofani bilishi


juda qiziqtiradi. Bu ularing “Nima uchun?”, “Qanday qilib?”, “Nima orqali?” kabi


savollariga javob olishga qaratilgan bo’ladi. Bu yoshdagi bolalar, asosan, o’zlari
ko’rib turgan narsa haqida chuqurroq fikr yurita oladilar. Bolalar tafakkuri va
nutqining rivojlanishida ovoz chiqarib mulohaza yuritishning va bu uslubdan o’quv
jarayonida foydalanishning ahamiyati katta. Ovoz chiqarib mulohaza yuritish va o’z
yechimini asoslab berish aqliy sifatlarning o’sishiga xizmat qilib, kishi o’z
mulohazalari va xatti-harakatlarini tahlil etishi va anglashini rivojlantiradi. 6-10
yoshli bola mantiqiy fikrlay oladi, lekin, bu yosh, asosan, ko’rganlariga tayanib,
ta’lim olishga senzitiv boyigan davr hisoblanadi. So’zsiz bugungi jamiyatimizda
bolalarning aqliy rivojlanishi yangi bilimlarning tuzilish tipiga ham bog’liq boiib,
ular ma’lum darajada shakllangan kattalar tomonidan tuziladi, chunki aqliy
rivojlanish ijtimoiy omillar bilan belgilanadi, ya’ni individ ijtimoiy munosabatlar
bilan o’zgaradi. Bolaning boshlang’ich ta’limda muntazam ravishda o’qishga
o’tishi uning atrof-hayotdagi narsa-hodisalarga nisbatan fikrini va munosabatlarini
o’zgarishiga olib keladi. Boshlang’ich sinf o’quvchilarining tafakkuri mantiqiy
fikrlash, mulohaza yuritish, hukm va xulosa chiqarish, taqqoslash, tahlil qilishning
turli usullarini qo’llashdek o’ziga xos xususiyatlari bilan maktabgacha yoshdagi
bolalar va o’smirlardan farq qiladi. O’quv faoliyati psixik funktsiyalarning yuqori
rivojlanganlik darajasini talab etadi. Bolaning diqqati, xotira va tasavvuri mustaqil
tus ola boshlaydi. Lekin odatdagi holat hamda vaziyatlarda bolaga o’z psixik
funktsiyalarini yuqori darajada tashkil etish hali birmuncha murakkabdir. 6-7, 10-11
yoshli bolalar bilish jarayonidagi ixtiyoriylik irodaviy zo’riqish asosidagina, bola
o’z atrofidagilarining talabi yoki shaxsiy harakatiga intilgandagina yuzaga kelishi
mumkin. Boshlang’ich sinf o’quvchilarida diqqatni irodaviy zo’r berish bilan
boshqarish hamda vaziyatga moslashish imkoniyati yaxshi bo’lmaydi. Buning
asosiy sababi, ularda ixtiyoriy diqqatning kuchsizligi va beqarorligidir. Bolalarda
ixtiyorsiz diqqat ko’proq rivojlangan bo’ladi. Boshlang’ich ta’lim o’quv
materiallarining yaqqolligi, yorqinligi, jozibadorligi o’quvchida ijobiy his-tuyg’ulari
uyg’otadi, irodaviy zo’riqishsiz, osongina fan asoslarini egallash imkonini beradi. 1-
2 sinf o’quvchilari diqqatining o’ziga xos xususiyatlaridan biri - uning yetarlicha


barqaror emasligidir. SHuning uchun ham ular o’z diqqatlarini muayyan narsalarga


qarata olmaydilar. Boshlang’ich sinf o’quvchilarida ixtiyoriy, barqaror, mustahkam,
kuchli, faol va ongli diqqatni rivojlantirishga qulay shart-sharoit, asosan, ta’lim
jarayonida yaratiladi. Bilim olish jarayonida mustaqil aqliy mehnat qilish, misol-
masalalar yechish, mashqlar bajarish, takrorlash, irodaviy zo’r berish jarayonida
ixtiyoriy, ongli diqqat tarkib topadi. Bu yoshdagi bolada ixtiyoriy diqqatni to’plash,
tashkil qilish, uni taqsimlash, ongli ravishda boshqarish uquvi shakllana boshlaydi.
Boshlang’ich ta’lim yoshidagi bola ma’lum darajada o’z faoliyatini o’zi mustaqil
rivojlantira oladi. U o’z rejasini, u yoki bu ishni qanday ketma-ketlikda bajarishini
so’z bilan ifodalab bera oladi. Rejalashtirish, so’zsiz, bolaning diqqatini tashkil eta
oladi va rivojlantiradi. Ularda ixtiyorsiz diqqat ustunlik qiladi. Boshlang’ich ta’lim
yoshidagi bolalar o’z diqqatlarini aqliy masalalarga qarata oladilar, lekin bu juda
katta irodaviy kuchni va yuqori motivatsiyalaring tashkil etilishini talab qiladi.
Bolaning xayoli tevarak-atrof taassurotlari, tasviriy san’at asarlarini yetarli darajada
aks ettirishda vujudga keladi. Demak, o’quvchilarda siymolar, shartli belgilar, tabiat
manzaralari jamlanib, hayolot olami rivojlanadi. Boladan esda saqlab qolishni,
ko’proq, o’quv faoliyati talab etadi. SHuning uchun o’qituvchi o’quvchiga, o’quv
materiallari asosida, nimalarni eslab qolish zarurligi haqida ko’rsatmalar berishi
lozim. SHunda o’quvchi nimani eslab qolishi kerakligini takrorlaydi, uni tushunib
olishga harakat qiladi. Lekin bu yoshda ixtiyorsiz xotira, shubhasiz, ustunlik qiladi.
Bolaning xotirada saqlab qolishini, asosan, uning ishga bo’lgan qiziqishi belgilab
beradi. O’quv materialini tushunish eslab qolishning asosiy sharti hisoblanadi. Dars
jarayonida o’qituvchi o’quvchilardan turli vaziyatlarni tasavvur qilishni so’raydi. Bu
holat albatta, biron-bir yordamchi o’quv qurollar, predmetlar, maketlar, sxemalar
bo’lgan taqdirdagina o’quvchi tasavvurini rivojlantirishi mumkin. Aks holda bu
yoshdagi bolalar mustaqil tasavvur qilishga qiynaladilar. Psixolog Piaje
tadqiqotlarida 6-7 yoshli bolalardan turli xil balandlikda bo’lgan idishlardagi suv
miqdorini belgilash so’ralgan. SHunda bolalar suv miqdorini bir-biri bilan teng
bo’lgan idishlarda ko’rganlaridan so’nggina o’z javoblari noto’g’riligini bilganlar.
Boshlang’ich ta’lim davrida tasavvur, asosan, bolalar rasm chizayotganlarida,


shuningdek, ertak va hikoya o’qiyotganlarida rivojlanadi. Boshlang’ich ta’lim


yoshidagi bolalar tasavvuri juda keng va xilma-xil bo’ladi. Ayrim o’quvchilar real
borliqni tasavvur etsalar, boshqalari esa fantastik obraz yoki vaziyatlarni tasavvur
etadilar. SHu bois bu yoshdagi bolalarni realistlar va fantazyorlarga ajratish
mumkin. Bolalar ko’pincha o’zlariga ma’lum siymolar, syujetlardan foydalangan
holda yangi obrazlarni tasavvur etadilar, yaratadilar. Bu tasavvurlar zamirida ularing
qo’rquvni yengish, do’st topish va xursandchilik hislari yotadi. Bundan tashqari,
tasavvur terapevtik natija olib keluvchi faoliyat sifatida ham namoyon bo’lishi
mumkin. Bola real hayotda qiyinchiliklarga duch kelib, ulardan chiqib keta olmagan
vaqtlarida,
ko’pincha, xayolga beriladi. Masalan, mehribonlik uyida
tarbiyalanayotgan bola o’zining hamma havas qiladigan oilasi, uyi bo’lishini, bu
uyga o’g’rilar kelib qolsa, uy bo’lishiga qaramay qahramonliklar ko’rsatishini
tasavvur qiladi. O’z tasavvurida yaxshi yoki yomon holatlarni boshidan kechirgan
bola o’zining kelgusi xatti-harakatlari, motivatsiyasi uchun zamin tayyorlaydi.
Kattalarga nisbatan tasavvurning bolalar hayotida ahamiyati juda katta. Bola
tasavvur qilib, atrof-hayotni chuqurroq bila boshlaydi, o’z-o’zining shaxsiy
tajribasidan tasavvur yordamida chetga chiqa oladi. Bolada bunday ijodiy
layoqatning rivojlanishi, uning shaxsiy xususiyatlari rivqjlanishiga xizmat qiladi.

Yüklə 373,4 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   75




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin