3. O’smir yoshidagi o’quvchilarning pedagogic psixologik xususiyatlari
O’smirlik davriga xos xususiyatlar. O’smirlik 10-11 yoshlardan 14-15
yoshlargacha bo’lgan davri tashkil etadi. Aksariyat o’quvchilarda o’smirlik yoshiga
o’tish, asosan, 5-sinflardan boshlanadi. “Endi o’smir bola emas, biroq katta ham
emas” - ayni shu ta’rif o’smirlik davrining muhim xarakterini belgilaydi. Bu yoshda
o’smir rivojida keskin o’zgarishlar ro’y bera boshlaydi. Bu o’zgarishlar fiziologik
hamda psixologik o’zgarishlardir. Fiziologik o’zgarish jinsiy yetilishning
boshlanishi va bu bilan bog’liq ravishda tanadagi barcha a’zolaring mukammal
rivojlanishi, o’sishi, hujayra va organizm cho’zilmalarining qaytadan shakllana
boshlashidir. Organizmdagi o’zgarishlar bevosita o’smir endokrin sistemasining
o’zganshlari bilan bogiiq. Bu davrda ichki sekretsiya bezlaridan gipofiz bezining
funktsiyasi faollashadi. Uning faoliyati organizm to’qimalarining o’sishi va muhim
ichki sekretsiya bezlarining (qalqonsimon bez, jinsiy bezlar) ishlashini kuchaytiradi.
Natijada bo’y o’sishi tezlashadi, jinsiy balog’atga yetish (jinsiy organlarning
rivojlanishi, ikkilamchi jinsiy bezlarning paydo bo’lishi) amalga oshadi. O’smirlar
o’zlarini kattalardek tutishga harakat qiladilar. Ular o’zlarining layoqat, qobiliyat va
imkoniyatlarini ma’lum darajada o’z o’rtoqlari va o’qituvchilariga ko’rsatishga
intiladilar. Bu holatni oddiy kuzatish yo’li bilan ham osongina ko’rish mumkin.
O’smirlik yoshiga xos bo’lgan psixologik xususiyatlarni o’rganish jarayonida o’smir
shaxsining shakllanib, rivojlanib, kamolotga erishish yo’llarini, unga ta’sir etadigan
biologik va ijtimoiy omillarning bevosita ta’sirini tushunish mumkin. Bu davrda
o’smir baxtli bolalik bilan xayrlashgan, lekin kattalar hayotida hali o’z o’rnini topa
olmagan holatda bo’ladi. O’smirlik davri “o’tish davri”, “krizis davri”, “qiyin davr”
kabi nomlarni olgan psixologik korinishlar bilan xarakterlanadi, chunki bu yoshdagi
o’smirlarning xatti-harakatida muqobil, yangi sharoitlarda o’z o’rnini topa
olmaganlikdan psixik portlash hollai ham kuzatiladi. O’z davrida L.S.Vigotskiy
bunday holatni psixik rivojlanish krizisi deb nomlagan. O’smirlik yoshida ularning
xulq-atvoriga xos bo’lgan alohida xususiyatlarni jinsiy yetilishning boshlanishi bilan
izohlab bo’lmaydi. Jinsiy yetilish o’smir xulq-atvoriga asosiy biologik omil sifatida
ta’sir ko’rsatadi. Bu ta’sir bevosita emas, balki bilvositadir. O’smirlik davrida so’zga
kirmaslik, o’jarlik, tajanglik, o’z kamchiliklarini tan olmaslik, urushqoqlik kabi
xususiyatlar ko’proq ko’zga tashlanadi. O’smirlarda kattalarga nisbatan yovuz
munosabatning paydo bo’lishi, noxush xulq-atvor alomatlarini jinsiy yetilish tufayli
paydo bo’ladigan belgilar bo’lmay, balki ular bilvosita ta’sir ko’rsatadigan, o’smir
yashaydigan ijtimoiy shart-sharoitlar vositasi orqali o’xshash tengdoshlar, turli
jamoalardagi mavqei tufayli kattalar bilan munosabati, maktab va oilasidagi
munosabatlari sababli yuzaga keladigan xarakterli belgilardir. Mana shu ijtimoiy
sharoitlarni o’zgartirish yo’li bilan o’smirlarning xulq atvoriga to’g’ridan-to’g’ri
ta’sir ko’rsatish mumkim. O’smirlar nihoyatda taqlidchan bo’lib, ularda aniq bir fikr
va dunyoqarash shakllanmagan bo’ladi. Ular tashqi ta’sirlarga va hissiyotlarga juda
beriluvchan bo’ladilar, shuningdek, ularga mardlik, jasurlik ham xosdir. Tashqi
ta’sirlarga beriluvchanlik o’smirda shaxsiy fikrning yuzaga kelishiga sabab bo’ladi,
lekin bu shaxsiy fikr aksariyat hollarda asosli bo’ladi. SHuning uchun ham ular ota-
onalarining, atrofdagi yoshi kattalarning, shuningdek, ustozlarining to’g’ri yo’lni
ko’rsatishlariga qaramay, o’z fikrlarini o’tkazishga harakat qiladilar. Juda ko’p
o’smirlar bu davrda tamaki hamda spirtli ichimliklarga qiziqib qoladi, ya’ni
chekuvchi, ichuvchi singari yangi rollarda o’zini qulay his qiladi. Bunday holatlarda
o’smir juda tashvishga tushadi va unda krizis holati yuzaga keladi. Bu krizis
o’smirning ma’naviy o’sishi va psixik o’zgarishlari bilan ham bog’liq. Bu davrda
bola ijtimoiy o’zgaradi, unda o’zining yaqinlari, do’stlari, tengdoshlari bilan
munosabatlar yuzaga keladi. Lekin eng katta o’zgarish uning ichki dunyosida
yuzaga keladi. Ko’pgina o’smirlarda o’zidan qoniqmaslik holati kuzatiladi.
SHuningdek, o’zi haqidagi mavjud fikrlarning bugun unda sodir bolayotgan
o’zgarishlarga to’gri kelmayotganligi o’smirni asabiylashishga olib keladi. Bu esa
o’smirda o’zi haqida salbiy fikrni yuzaga keltirishi mumkin. Ba’zi o’smirlarni nima
uchun atrofdagilar, kattalar, shuningdek, ota-onasiga qarshi chiqayotganligini
anglay olmayotganligi tashvishga soladi. Bu holat ularni ichdan asabiylashishlariga
sabab bo’ladi. Bu o’smirlik davri krizisi deyiladi. O’smirlik davrida yetakchi
faoliyat - bu o’qish, muloqot hamda mehnat faoliyatidir. O’smirlik davri
muloqotining asosiy vazifasi - bu do’stlik, o’rtoqlikdagi elementar normalarini
aniqlash va egallash. O’smirlar muloqotining asosiy xususiyati shundan iboratki, u
to’la o’rtoqlik kodeksiga bo’ysunadi. O’smirlarning ota-onasi, umuman, kattalar
bilan qiladigan muloqoti ularing katta bo’lganlik hissi asosida tuzilgan bo’ladi. Ular
kattalar tomonidan qilinadigan haq-huquqlarining cheklanishiga, qarshilik va
e’tirozlarga qattiq qayg’uradilar, lekin shunga qaramasdan muloqotda kattalarning
qo’llab-quvvatlashlariga ehtiyoj sezadilar. Birgalikdagi faoliyat o’smirga kattalarni
yaxshiroq tushunish uchun yordam beradi. O’smir o’zida bolayotgan o’zgarishlar,
uni tashvishga solayotgan muammolar haqida kattalar bilan bellashishga ehtiyoj
sezadi, lekin buni hech qachon birinchi boiib o’zi boshlamaydi. O’smir o’ziga
nisbatan yosh bolalardek qilinadigan muomala-munosabatga qattiq norozilik
bildiradi. Ularning muloqoti nihoyatda o’zgaruvchanligi bilan xarakterlanadi. Bu
davrda ular, ko’pincha, kattalardan o’zlariga tanish va yoqadigan kishilarning xatti-
harakatlariga imitatsiya, taqlidchanlik qiladilar. Qayd etib o’tilgan yo’nalganlik,
albatta, kattalarning ham muloqot va munosabatida mavjud, lekin ular
kattalarnikidan o’z emotsionalligi bilan farqlanadi.Tengdoshlari, shuningdek,
sinfdoshlari guruhida o’smir o’zining kelishuvchanlik xususiyati bilan namoyon
bo’ladi. O’smir o’z guruhiga bog’liq va qaram bo’lgani holda guruhning umumiy
fikriga qo’shilishga va uning qarorini doimo bajarishga tayyor bo’ladi. Guruh
ko’pincha o’smirda “Biz” hissining shakllanishiga yordam beradi va uning ichki
holatini mustahkamlaydi. O’smirlar kattalarning ularga bildiradigan ishonchlariga
katta ehtiyoj sezadilar. Kattalarning o’smir yoshdagilarga ta’sir ko’rsatishi va
tarbiya berishi uchun eng qulay sharoit - bu umumiy mehnat bilan shug’ullantirish.
Agar kichik yoshdagi bolalar yordamchi bo’lish rollaridan qoniqsalar o’smirlar,
ayniqsa,
katta
o’smirlar
kattalar
bilan
teng
ravishda
faoliyat
ko’rsatayotganliklaridan, lozim bo’lganda ularnnng o’rinlarida ham ishlay
olishlaridan qoniqadilar. Kattalar o’smirlar bilan do’stona tarzda ularni to’la
tushunib, aql bilan rahbarlik qilsalar, bunga o’smirlar ijobiy qaraydilar, lekin bu
rahbarlik kattalar xohish-istagi ustunligida kechsa, unday holda ular qarshilik
ko’rsatadilar. Bu qarshilik salbiy natijalarga, ba’zan depressiya holatini ham yuzaga
keltirishi mumkin. Bu holat, ko’pincha, ota-onalari avtoritar munosabatda bo’luvchi
oilalarda uchraydi. Bunday oilalarda tarbiyalanayotgan o’smirlar hayotida mustaqil
holda harakat qilish, o’z rejalarini amalga oshirish va qiyin ma’suliyatni o’z
zimmalariga olishlari birmuncha og’ir kechadi. Ular, ko’pincha, intellektual
xarakterdagi muammolarni ham qiyinchilik bilan yengadilar. O’smirlik davrida
bolalarning atrofdagi odamlar bilan shaxsiv va ish yuzasidan bo’ladigan
munosabatlaridagi mavqei o’zgaradi. Endi o’smirlar o’yin hamda dam olishga
kamroq vaqtlanni ajratgan holda ko’proq jiddiy ishlar bilan shug’ullana boshlaydilar
va ularda bilish jarayonlari jadal rivojlana boshlaydi, o’qish o’smirlar hayotida katta
o’rinni egallaydi. O’smirlar o’qishidagi asosiy motiv - bu ulariig
ulg’ayayotganliklarini
his
ettiradigan,
anglatadigan
o’qish
turlariga
tayyorlanishlaridir. Ular uchun mashg’ulotlarniing mustaqil shakllan yoqadi.
Boshqa davr bolalariga nisbatan o’smirlarning fanlarni muvaffaqiyatli
o’zlashtirishlari, qiziqishlarining ortishi o’qituvchining o’quv matenalini tushuntira
olish mahoratiga bog’liq. Bilish, o’rganish ehtiyojlari asosida asta-sekinlik bilan
o’quv fanlanga nisbatan qat’iy ijobiy munosabat shakllanadi. Bu davrda o’qishning
yangi mashqlari rolga keladi. Bu motivlar o’smiring hayotiy rejalari, kelajak kasbi
va ideali bilan bog’liq bo’ladi. Aynan o’smirlik davridan boshlab, bolalar hayotiy,
ilmiy, badiiy bilimlarni kengaytirishga alohida ehtiyoj sezadilar va bunga harakat
qiladilar. Bilimli bola tengdoshlari orasida alohida hurmatga sazovor bo’ladi. Bilim
o’smirlarga quvonch bag’ishlaydi va uning tafakkur qilish layoqatini rivojlantiradi.
O’smirlarda o’quv materiallarining faqat mexanik xotiraga asoslanishi ularing
tafakkunga xalaqit berishi mumkin. Bu davrda o’quvchilarga beriladigan o’quv
materiallarining hajmi katta bo’lgani uchun ham uni eslab qolish, bir necha marta
takrorlash yo’li bilan o’zlashtirishi qiyin. Buning uchun o’quvchi o’quv
materialining mazmunini tahlil qilishi, undagi mantiqiy tuzilishini bilishi muhim. Bu
davrda bolalarning idroki, diqqati va tasavvurlari o’zgaradi, lekin bu o’zgarish
bolaning o’ziga va atrofidagilarga sezilmagan holda kechadi. SHu bilan birga,
bolaning xotirasi, nutqi, tafakkuri ham jadal rivojlanadi. Bu o’zgarishlar
atrofdagilarga sezilarli darajada bo’ladi. O’smirlik davrida bolaning o’z-o’zini
anglash darajasi kengayadi, olam haqidagi bilimlari chuqurlashadi, o’yin faoliyati
asta-sekin kamayib, yangi faoliyatlar yuzaga kela boshlaydi. Psixik rivojlanishning
yangi bosqichi boshlanadi. O’smirlik davrida o’z faoliyatini nazorat etish rivojlana
boshlaydi va o’zini-o’zi boshqarishga intilishi kuchayadi. Bir so’z bilan aytganda,
o’smirlik davri psixik rivojlanish uchim keskin burilish davri hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: |