davlatning yuksalib borishini ta’minlovchi, xalqga yaratuvchanlik, ijodkorlik
xususiyatlarini baxshida etuvchi kategoriyadir. Uning mahsulasi - intellektual
rivojlangan, keng mushohada qiluvchi, yangilik yaratishga
intiluvchan shaxsni
tarbiyalash uchun ta’limning o’zi yangiliklarga boy bo’lishi, uning mazmunida
ijodkorlik ruhi va motivlari hukm surishi lozim. O’quv-tarbiya jarayonida
innovatsion faoliyat sub’ektining talablarini qondirishdan
innovatsion faoliyat
sub’ekti ehtiyojining majmuaviyligini anglash va shakllantirishgacha bo’lgan
amaliy faoliyati jarayonida yuzaga keluvchi sub’ektning yangilikni yaratish va
o’zlashtirishga bo’lgan ehtiyoj va qiziqishlarini o’zida ifoda etuvchi, undovchi kuch
bo’lmog’i lozim.
Psixologik-pedagogik jihatdan o’qitish va tarbiyalash mahorati bilan uzviy
bog’liqdir. Pedagog ta’lim oluvchilarning bilimlari
va mahoratlarini xolisona
baholash printsiplari, metodlari va mexanizmlarini bilishi,
standartlashtirilgan
testlarni ishlab chiqish, ta’lim oluvchilarning o’zlashtirishini nazorat qilishning turli
shakllanni samarali qo’llash mahoratiga ega bo’lishi kerak.
Ta’lim-tarbiyaning maqsadi butunlay yangilandi, unga mos holda mazmunni
ham, pedagogik jarayonning ham yangilanishi tabiiydir.
Bu omil davlatimizning
ijtimoiy siyosatini belgilab berganligi tufayli ta’limning yangi modeli yaratildi.
Butun dunyo ta’lim muassasalarida “shaxs”, “davlat va “jamiyat” talablariga
javob beruvchi o’zining ta’lim sifaú tizimi yaratilmoqda.
Ta’lim muassasalari o’quv faoliyatining sifati o’quv jarayonini rejalashtirish, uni
amalga oshirish, o’quv reja, dasturlarining
mazmun mohiyati bilan emas, balki
o’quvchilarning olgan bilimlari, malaka va ko’nikmalari, mustaqil ravishda olgan
bilimlari bilan bog’liq ta’lim natijasi sifati bilan belgilanmoqda. SHunday ekan,
bugungi kunda pedagogik diagnostikaga asoslangan g’oyalar ta’lim-tarbiya tizimiga
singib ketishi, ayni muddaodir.
Dostları ilə paylaş: