Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti norposhshaxon voxidova


Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar



Yüklə 373,4 Kb.
səhifə42/75
tarix24.12.2023
ölçüsü373,4 Kb.
#193705
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   75
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi n-fayllar.org

Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar: 
1 O’smirlik davriga xos qanday xususiyatlar mavjud?
2. O’smirlik davridagi yetakchi faoliyatlarni izohlang.
3. O’smir yoshidagi bolalarning ijtimoiy munosabatlari qanday xarakterga ega?
4. O’smir yoshidagi o’quvchilarning bilish jarayonlari qanday rivojlanadi?
5. O’smirlarning intellektual rivojlanishi qanday amalga oshadi?
7-mavzu. O’quv jarayonini tashkil etishning umumiy diagnostikasi 
Reja: 
1. Ta’lim oluvchilarning bilimlarini xolisona nazorat qilish va baholash.
2. O’quv jarayonini tashxis etish tamoyillari.
Tayanch so’zlar: maslahatchi, ma’ruzachi, fasilitator, o’z ustida ishlashi,
muloqotchanlik, o’quv va bilish jarayoni, umummadaniy.
Ta’lim oluvchilarning bilimlarini xolisona nazorat qilish va baholash. 
Bugun barcha davlatlar ta’limga imkon qadar ko’p yangilik kiritishga, uning
sifatini oshirishga intilmoqda. CHunki ta’lim millat ko’zgusi bo’lib, jamiyat va


davlatning yuksalib borishini ta’minlovchi, xalqga yaratuvchanlik, ijodkorlik


xususiyatlarini baxshida etuvchi kategoriyadir. Uning mahsulasi - intellektual
rivojlangan, keng mushohada qiluvchi, yangilik yaratishga intiluvchan shaxsni
tarbiyalash uchun ta’limning o’zi yangiliklarga boy bo’lishi, uning mazmunida
ijodkorlik ruhi va motivlari hukm surishi lozim. O’quv-tarbiya jarayonida
innovatsion faoliyat sub’ektining talablarini qondirishdan innovatsion faoliyat
sub’ekti ehtiyojining majmuaviyligini anglash va shakllantirishgacha bo’lgan
amaliy faoliyati jarayonida yuzaga keluvchi sub’ektning yangilikni yaratish va
o’zlashtirishga bo’lgan ehtiyoj va qiziqishlarini o’zida ifoda etuvchi, undovchi kuch
bo’lmog’i lozim.
Psixologik-pedagogik jihatdan o’qitish va tarbiyalash mahorati bilan uzviy
bog’liqdir. Pedagog ta’lim oluvchilarning bilimlari va mahoratlarini xolisona
baholash printsiplari, metodlari va mexanizmlarini bilishi, standartlashtirilgan
testlarni ishlab chiqish, ta’lim oluvchilarning o’zlashtirishini nazorat qilishning turli
shakllanni samarali qo’llash mahoratiga ega bo’lishi kerak.
Ta’lim-tarbiyaning maqsadi butunlay yangilandi, unga mos holda mazmunni
ham, pedagogik jarayonning ham yangilanishi tabiiydir. Bu omil davlatimizning
ijtimoiy siyosatini belgilab berganligi tufayli ta’limning yangi modeli yaratildi.
Butun dunyo ta’lim muassasalarida “shaxs”, “davlat va “jamiyat” talablariga
javob beruvchi o’zining ta’lim sifaú tizimi yaratilmoqda.
Ta’lim muassasalari o’quv faoliyatining sifati o’quv jarayonini rejalashtirish, uni
amalga oshirish, o’quv reja, dasturlarining mazmun mohiyati bilan emas, balki
o’quvchilarning olgan bilimlari, malaka va ko’nikmalari, mustaqil ravishda olgan
bilimlari bilan bog’liq ta’lim natijasi sifati bilan belgilanmoqda. SHunday ekan,
bugungi kunda pedagogik diagnostikaga asoslangan g’oyalar ta’lim-tarbiya tizimiga
singib ketishi, ayni muddaodir.

Yüklə 373,4 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   75




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin