O’smirlarning intellektual rivojlanishi. O’smirlik davrida nutqning rivojlanishi bir
tomondan so’z boyligining oshishi hisobiga boyisa, ikkinchi tomondan tabiat va
jamiyatdagi narsa, voqea va hodisalarning mazmun-mohiyatini anglash hisobiga
bo’ladi. Bu davrda o’smir til yordamida atrof-borliqni aks ettirish bilan bir qatorda
inson dunyoqarashini ham belgilab berish mumkinligini his qila boshlaydi.
O’smirni, ko’pincha, muomalada so’zlarni ishlatish qoidalari - “qanday qilib to’g’ri
yozish kerak?”, “qanday qilib yaxshiroq aytish mumkin?” kabi savollar juda
qiziqtiradi. O’smirlar o’qituvchilar, kattalar, ota-onalar nutqidagi kamchiliklarga,
kitob, gazeta, radio va televidenie diktorlari xatolariga tez e’tibor beradilar. Bu holat
o’smirning bir tomondan o’z nutqini nazorat qilishga o’rgatsa, ikkinchi tomondan
kattalarning ham nutq qoidalari buzilishi mumkinligini bilishlari va o’zida mavjud
xatoliklarni birmuncha barham toptirishlariga olib keladi. O’smir so’zlarning kelib
chiqish tarixiga, ularning aniq mazmuni va mohiyatiga juda qiziqadi. Ular endi o’z
nutqida yosh bola singari emas, balki katta odamlardek so’zlarni tanlashga harakat
qiladilar. Nutq madaniyatini egallash borasida o’smir uchun o’qituvchi, albatta,
namuna bo’lishi shart. Aynan, maktab ta’limi o’smir bilish jarayonlarini, rivojlanish
yo’nalishini sifat jihatidan o’zgartirishga asosiy omil bo’lib xizmat qiladi. Bilish
jarayonlarining rivojlanishida nutq ham oshadi. Umumiy o’rta ta’limdagi o’quv
jarayonlarining to’g’ri tashkil etilishi va amalga oshirilishi bilan o’smir nutqining
to’g’ri rivojlanishiga sharoit yaratiladi. Nutqni o’zlashtirishga harakat - bu o’smiring
muomala, bilish va ijodiy faoliyatga kirishish ehtiyoji hamda intilishi hisoblanadi.
O’smirlik davrida o’qish va yozma monologik nutq jadal rivojlanadi. 5-sinfdan
boshlab, 9-sinfgacha o’qish to’g’ri, tez va ifodali bo’lish darajasidan, yoddan ifodali,
ta’sirli aytib bera olish darajasigacha ko’tariladi. Monologik nutq esa asardagi kichik
bir parchani qayta so’zlab berishdan, mustaqil ravishda nutq va chiqishlar
tayyorlash, og’zaki mulohaza yuritish, fikr bildirish va ulari asoslab berishgacha
o’zgaradi. Yozma nutq ham yaxshilanganligi sababli o’smirlar endi berilgan erkin
mavzu bo’yicha mustaqil insho yoza oladilar, ularning nutqi to’la tafakkur bilan
bogliq holda amalga oshiriladi. 5-6 sinflardagi o’quvchilar og’zaki va yozma matn
uchun reja tuzib, unga amal qila oladilar. O’smirlik davrida nazariy tafakkur yuqori
ahamiyatga ega bo’la boshlaydi, chunki bu davrdagi o’quvchilar atrof-olamdagi
bog’lanishlar mazmunini yuqori darajada bilishga harakat qiladilar. Bu davrda
o’smirning bilishga bo’lgan qiziqishida progress sodir bo’ladi. Ilmiy nazariy
bilimlarning egallab olinishi tafakkurning rivojlanishiga olib keladi. Buning ta’sirida
isbot, dalillar bilan fikrlash qobiliyati rivojlanadi. Deduktiv xulosalar chiqarish
qobiliyati paydo bo’ladi. Umumiy o’rta ta’limda o’qitiladigan fanlar o’smir uchun
o’z taxminlarini yuzaga keltirish yoki tekshirish uchun sharoit bo’lib xizmat qiladi.
J.Piajening ta’kidlashicha, “Ijtimoiy hayot uch narsaning ta’siri - til, mazmun va
qoidalar asosida shakllantiriladi”. Bu borada o’zlashtirilgan ijtimoiy munosabatlar
o’z-o’zidan tafakkurning yangi imkoniyatlarini yaratadi. 11-12 yoshdan boshlab
o’smir mantiqiy fikrlashga harakat qila boshlaydi hamda kattalar singari keng
qamrovli tahlil etishni o’rgana boshlaydi. O’smir tafakkurining nazariy darajaga
qanchalik tez ko’tarila olishi, o’quv materiallarini tez va chuqur egallashi uning
intellektini ham rivojlanishini belgilab beradi. O’smirlik davri yuqori darajadagi
intellektual faollik bilan farqlanadi. Bu faollik o’ta qiziquvchanlik hamda
atrofdagilarga o’z layoqatlarini namoyish etish, shuningdek, ularda yuqori baho
olish ehtiyojining mavjudligi bilan belgilanadi. O’smirniing kattalarga beradigan
savollari mazmunli, mulohazali va aynan o’sha masala doirasida bo’ladi. Bu
yoshdagi bolalar turli-farazlarni keltira oladilar, taxminiy fikr yuritib, tadqiqot
o’tkaza oladilar hamda muhim bir masala bo’yicha muqobil variantlarni taqqoslay
oladilar. O’smir tafakkuri, ko’pincha, umumlashtirishga moyil bo’ladi.
Respublikamizning bozor iqtisodi sharoitiga o’tishi orqali kishilardagi amaliy
tafakkurining ham ahamiyati oshmoqda. Amaliy tafakkur tizimiga tadbirkorlik,
tejamkorlik, hisob-kitoblilik, yuzaga kelgan muammolarni tez yecha olishlik va
boshqa aqliy sifatlar kiradi. Ko’rsatilgan barcha sifatlar mavjud bo’lgan taqdirdagina
amaliy tafakkuri rivojlangan deb hisoblash mumkin. Bu sifatlarni 1-sinfdanoq
rivojlantirib borish nihoyatda muhim. O’smirlik davrida ishbilarmonlik sifatini,
o’quvchilarning o’z-o’zini boshqanshini yo’liga qo’yish umumiy foydali
tadbirkorlik ishlarida ishtirok ettirish orqali rivojlantinlishi mumkin. Bu borada
o’quvchi ijrochi rolida emas, balki boshqaruvchi, mustaqil yo’l tanlovchi va
tadbirkorlik munosabatlarida o’zi ishtirokchi bo’lgan taqdirdagina rivojlanish
amalga oshishi mumkin. Bu yoshda tadbirkorlikni rivojlantirishda ko’proq
mustaqillikning berilishi o’smir amaliy tafakkurining rivojiga ijobiy ta’sir
ko’rsatadi. O’smir yoshdagi bolalarda tejamkorlikni rivojlantirish aqlning boshqa
sifatlariga nisbatan osonroq kechadi. Buni ko’proq ulari qiziqtiradigan narsalarga
mustaqil ravishda hisob-kitob qilib borishda qo’llash orqali amalga oshirish
mumkin. O’smirlarda yuzaga kelgan muammolarni tez va operativ holda yechish
malakasini shakllantirish birmuncha qiyinroq kechadi. Albatta, bu bolaning
temperamentiga ham bog’liq. Barcha o’smirlarni tez harakat qilishga o’rgatish
mushkul, lekin ularni biror muammo yuzaga kelishi bilan orqaga chekinmay, balki
zudlik bilan uni yechishning umumiy qoidalariga o’rgatib borish mumkin. O’smirlik
davrida intellektning yuqori darajada rivojlangan bo’lishi qimmatli va obro’li
hisoblanadi. O’smir shaxsi va uning bilishga qiziqishidagi o’zgarishlar o’zaro bogiiq
bo’ladi. Ixtiyoriy psixik jarayonlarning rivojlanishi o’smirdagi shakllanib
kelayotgan shaxs mustaqilligiga tayanadi, o’zining shaxsiy xususiyatlarini anglash
va shakllantirish imkoniyatlari esa undagi tafakkuriy rivojlanish bilan belgilanadi.
O’smirlik davrida diqqat, xotira, tasavvur to’la mustaqillik kasb etib, o’quvchilar
ulari o’z ifodasiga ko’ra boshqara oladigan bo’ladi. Bu davrda qaysi yetakchi
funktsiya (diqqat, xotira yoki tasavvur) ustunlik qilayotgani yaqqol namoyon bo’lib,
har bir o’smir o’zi uchun ahamiyatliroq bo’lgan funktsiyani e’tiborga olish
imkoniyatiga ega bo’ladi.
Dostları ilə paylaş: |