Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti norposhshaxon voxidova


O’smirlik davrida shaxsning shakilanishi



Yüklə 373,4 Kb.
səhifə41/75
tarix24.12.2023
ölçüsü373,4 Kb.
#193705
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   75
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi n-fayllar.org

O’smirlik davrida shaxsning shakilanishi. Jinsiy yetilish o’smirning bu
yoshdagi xulq-atvoriga asosiy biologik vosita sifatida ta’sir o’tkazadi. Lekin bu
bevosita ta’sirdir. Sotsial omillar (ta’sirlar) quyidagilar: - boshlangich sinfdan yuqori
sinfga o’tish, ya’ni yakka o’qituvchi rahbarligidan ko’pchilik o’qituvchilar
tasarrufiga o’tish; - muloqotdagi o’zgarishlar orqali ijtimoiy foydali ishlari
kengaytinb borish; - mustaqil va amaliy ishlari ko’proq bajarish. SHu bilan birga,
bolaning oiladagi o’rni ham o’zgaradi. Ushbu o’zgarishlar ta’sirida bolalar jismoniy
va aqliy imkoniyatlarining o’sib borishi munosabati bilan o’zlariga ko’proq ishona
boshlaydilar, oilaviy muammolar muhokamasida ham ishtirok eta boshlaydilar.
Katta o’smirlarga nisbatan kichik o’smirlarda paydo bo’ladigan kelisha olmaslikni
ulardagi jinsiy yetilishga emas, balki atrofdagi shart-sharoitlar, oiladagi ota-ona,
aka-uka, qolaversa, mahalladagilarning unga munosabati, ya’ni sotsial sharoitlar
ta’siri bilan bog’lash zarur. Ana shunday sotsial sharoit orqali ulardagi psixologik
iqlimni o’zgartirish bilan kichik o’smirdagi yomon xulq-atvor, o’jarlik,
kamchiliklarini tan olmaslik kabi tabiiy xislatlarning oldini olish mumkin. Ba’zi
o’qituvchilar kichik o’smirdagi bu o’zgarishlar urushqoqlik va salbiy alomatlar,
o’jarlikning ildizlari qaerdan kelib chiqqanligi, nima bilan bog’langanligi, nimaning
ta’siri ekanligini bilmay turib, noto’g’ri tashxis va xulosalar chiqaradilar va bu
aksariyat hollarda fojiaga olib kelishi ham mumkin. Aslida esa, o’smir yoki maktab
yoshidagi bolalarning psixik holatlarini va psixik rivojlanayotganliklarini hisobga


olish, psixik muammolarning to’g’ri yechimlari uchun yordam berish, ularing aqliy


qobiliyatlarini rivojlantiruvchi metodlar yordamida ularga psixologik yondoshish
juda muhim. SHu bilan birga, kichik o’smir yoshdagilar bilan ishlayotganda
o’quvchining har bir tashqi va ichki reaktsiya ortida uning o’z psixologik sabablari
borligini bilish muhim. Bu madaniyatsiz, zararli, tushunib bo’lmaydigan, deb nom
olgan xatti-harakatlar bir qarashda shunday baholanadi, lekin bu xatti-harakatlar
o’smir shaxsi shakllanishining maxsus bosqichi uchun xos xususiyatdir. Kichik
o’smir psixologik mexanizmi sxematik ravishda quyidagicha baholanadi: endokrin
garmonlarining paydo boiishi ularing markaziy nerv sistemasiga ta’sir qilishi bilan
bog’liq bo’lib, jinsiy yetilishning boshlanishi bolalarning aktivligini, jismoniy va
psixologik imkoniyatlarini oshiradi hamda bolada o’zini kattalardek his etish,
mustaqil bo’lish tuyg’ularini tuyish uchun qulay shart-sharoitlarni yuzaga chiqaradi.
Biroq psixik rivojlanishning bu bosqichida bola hali mustaqil harakat qilishga to’la
tayyor bo’lmaydi. Asosiy ziddiyatni keltirib chiqaruvchi omillardan biri o’z
mustaqilligini imkoniyatidan ortiq darajada baholashdir. O’z imkoniyatlarini
ortiqcha baholash bilan kichik o’smirning psixik imkoniyatlari o’rtasida tafovut
paydo bo’ladi. Bu ziddiyatning hal etilishi bolaning tashqi ko’rinishi va xulq-
atvorida quyidagicha namoyon bo’ladi: Ma’lumki, har bir bolaning munosabatlari
aniq ishlarda ko’rinadi mustahkamlanadi va qayd etiladi. Bola o’zidagi mustaqillikni
shakllantirish uchun o’zi mustaqil ishlarni bajarishga to’g’ri keladi. Lekin ikkinchi
tomondan bir marta mustaqil ish bajarish uchun shart-sharoitlardan xoli bo’lishga
harakat qiladi, chunki mustaqil harakat qilish uchun bola boshqa mexanizmlarga ega
emas. Bular o’smirning o’z kuchiga ichki bir ishonchning mavjud emasligi, o’z
oldida turgan maqsadni aniq tasavvur eta olmaslik alomatlaridir. Bu belgilar mana
shu yoshda kishini mustaqil harakat qilishga qodir bo’lishga, aniq hollarda tevarak
atrofdagi kishilarga qarshi borib, o’zining haq ekanligini qattiq turib himoya
qilishga, boshqa hollarda esa vaziyatni vazminlik bilan qabul qilishga da’vat etadi.
Kichik o’smir davrida o’z-o’zini hurmat qilish va o’zini anglashni shakllantirishning
bir qancha yo’llari mavjud. Masalan, bu davrda kattalarga taqlid qilish yoki oilada
o’z hurmatini talab qilish, o’z so’zini o’tkazish, so’zini hurmatli, obro’li katta


yoshdagi kishilarning obraziga o’xshatib rivojlantirish kuchli bo’ladi. Ularga biror


so’z yoki tanbeh bilan murojaat qilsangiz o’zini mustaqil fikrlay oladigandek, biror
ishning, albatta, uddasidan chiqa oladigandek ko’rsatadi. Vaholanki, hali o’smirning
psixologik imkoniyatlari yetarli emas yoki rivojlanmagan. Biz kattalar, o’qituvchilar
o’smirdagi bu jarayonni psixologik nuqtai nazardan baholay olishimiz unga soxta
pedagogik, yuzaki yondoshmay, aksincha, unga o’z imkoniyatlarini o’stirishga,
ichki va tashqi qobiliyatlanni to’g’ri rivojlantirishga yo’naltirishimiz lozim. O’smir
yoshdagi bolaning birinchi galda intiladigan narsasi u o’zini endi kichkina bola
emas, katta bo’lib qolganligini atrofdagilarga ishontirishdan iborat. Bu yoshda
kattalar o’smirlarni bilib-bilmay qilayotgan kamchilik va harakatini ko’pchilik
ichida uyaltirib, kamsitish, qoralab emas, balki psixologik yo’l bilan yondashgan
holda yordam berish, uni “katta bo’lib qolganlik” tuyg’usini so’ndirib emas, balki
katta odam qanday bo’lishi va qanday talablarga javob berishi kerakligini anglatishi
zarur. Demak, o’smirning to’laqonli psixik rivojlanishi hayotiy bir xislat ekanligini
bilgan holda shu bilan bog’liq salbiy ishlarning psixologik tabiatini to’g’ri
tushunmoq va bolalarning o’zlarini kattalardek tutishlariga to’sqinlik qilmaslik,
aksincha, ularing bunday xatti-harakatlarini ijobiy yuzaga chiqarish uchun yordam
berish kerak. O’smir yoshidagi bola uchun do’st tanlash juda katta ahamiyatga ega.
Bu davrda do’st juda qadrli hisoblanadi. Do’stlar doimiy ravishda ruhan, qalban
yaqm bo’lishga ehtiyoj sezadilar. Bu ehtiyoj o’smir do’stlarning hol-ahvol
so’rashishi, ko’rishishlari (qo’l berib, quchoq ochib ko’rishish), birga o’tirish va
birga yurishga harakat qilishlarida ko’rinadi. Ko’pgina ana shunday juda yaqin
munosabatlar o’smirlarning shaxs bo’lib shakllanishiga katta yordam beradi,
hamkorlikdagi harakatlari esa inson qalbida, xotirasida bir umrga saqlanib qoladi.
Demak, o’smirlarning o’z tengdoshlari bilan muloqotda bo’lishi muhim ahamiyatga
ega. O’z tengdoshlari bilan tenglik asosida qilingan muammolar munosabat asosida
alohida bir ijtimoiy munosabatlar maktabini o’taydi. O’zaro qiziqishlar, atrof
dunyoni, bir-birlarini anglashlari va tushunishlari ular uchun juda qimmatlidir.
O’smirlar uchun uy vazifalari, uy ishlari bo’yicha majburiyatlarni bajanshga
qaraganda tengdoshlari bilan muloqot qilish muhimroqdir. O’z sirlarini bola endi


ota-onasiga emas, balki tengdoshlariga ko’proq ishonadi. U endi salbiy va ijobiy


tomonlariga alohida bir urg’u bermagan holda o’zi xohlagan kishisi bilan do’st
bo’lish huquqini talab etadi. O’z tengdoshlari bilan muloqot va munosabat
jarayonida o’z shaxsini erkinlik bilan to’la namoyon eta oladi. SHaxsiy erkinlikni
katta bo’lish huquqi deb anglaydi. Ota-onalarning o’smirga shu erkinlikni
bermasligi yoki o’smirning shunday deb bilishi natijasida ular ota-onaga qarshi
pozitsiyada bo’ladilar. SHuni alohida ta’kidlash lozimki, ana shu muloqot va
munosabat asosida o’smirlarda g’urur hissi shakllana boshlaydi. Albatta, ular
g’uruning norma va qoidalarini kattalardan o’rganishadi, lekin o’z g’ururini qanday
himoya qilishni o’zlari alohida nazorat qilishadi. Ular orasida sodiqlik va to’g’rilik
kabi xislatlar yuqori baholanib, sotqinlik, o’z so’ziga bevafolik, egoizm -
qizg’onchiqlik kabi xatti-harakatlar qoralanadi va qattiq jazolanadi. Bu jazo u bilan
urishish, kaltaklash, unga qarshi harakat e’lon qilish va uni yolg’izlatib qo’yish
shaklida boiishi mumkin. O’smirlar o’zini hurmat qilishni, o’z fikrini va qiziqishini
himoya qilishni bilmagan tengdoshlariga juda past baho beradilar. O’smirlarning
psixik rivojlanishida yangi xislatlarning paydo bo’lishi O’smirlik davrida, asosan,
bilish jarayonlari yuqori darajada rivojlanadi. Bu yillarda o’smirlarga hayot
davomida kerak bo’ladigan asosiy shaxsiy va tadbirkorlik xususiyatlari ochiq
ko’rina boshlaydi. Xotira mexanik xotira darajasidan mantiqiy xotira darajasiga
ko’tariladi. Nutq rivojlangan, xilma-xil va boy; tafakkur esa o’zining barcha
ko’rinishlari - harakatli, obrazli, mantiqiy darajada rivojlanadi. O’smirlarni endi turli
amaliyot va aqliy faoliyatlarga o’rgatish mumkin. SHuningdek, bu davrda umumiy
va maxsus layoqatlar ham shakllanadi. O’smirlik davriga juda ko’p ziddiyatlar va
qarama-qarshiliklar xos. Maktab dasturi va boshqa ishlar bilan bog’liq turli
masalalarni
yechishda
ko’zga tashlanadigan o’smirlarning intellektual
rivojlanganligi kattalarni ular bilan birga jiddiy muammolar bo’yicha fikrlashga
undaydi, o’smirlarning o’zlari ham bunga harakat qiladilar. 5-6 sinf o’quvchilariga
sinfdagi o’zi egallagan mavqega katta e’tibor berish xususiyati xos. Ayniqsa, 6-
sinfdan boshlab, o’quvchilar o’z tashqi ko’rinishlanga, shuningdek, qarama-qarshi
jinsdagi bolalar va ular bilan o’zaro munosabatlariga e’tibor bera boshlaydilar. 7-


sinf o’quvchilarida o’z layoqatlarini rivojlantirishga xos qiziqish yuzaga keladi. 8-9


sinf o’quvchilari esa mustaqillik, o’ziga xoslik, do’stlik va o’rtoqlik bilan bog’liq
bo’ladigan shaxsiy xislatlarni yuqori baholashadi. O’smirlarning ana shu ketma-ket
yuzaga keladigan qiziqishlariga asoslangan holda faol ravishda irodaviy
ishbilarmonlik va boshqa foydali sifatlarni rivojlantirish mumkin. O’smirlik davrida
o’quv fanlarini turli o’qituvchilar tomonidan o’qitish munosabati yuzaga keladi. Bu
orqali ularda kattalar shaxsi va faoliyatini baholashning yangi mezonlari shakllana
boshlaydi. Masalan, bilimli, talabchan, haqqoniy, o’quv materialini qiziqarli va
tushunarli yo’l bilan yetkaza oladigan o’qituvchilarni ajratmaydilar, balki ularni
ko’proq hurmat qiladilar, yaxshi ko’radilar va ular bilan bo’ladigan munosabatlariga
ham katta e’tibor beradilar. 10-15 yoshli bolalarning faoliyat motivlarida ham
o’zgarishlar amalga oshadi. Ilk o’smirlik davrida ko’pchilik yoshlar o’zlariga
shaxsiy xarakteristika beradilar. Katta bo’lgan sari ularning o’z-o’ziga bergan bahosi
differensial xarakterda (xulqatvor, ijtimoiy vaziyatlarda o’zini tutishi va ayrim xatti-
harakatlar) namoyon bo’la boshlaydi.

Yüklə 373,4 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   75




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin