O’quv jarayonini tashxis etish tamoyillari. O’z mazmun-mohiyatiga qarab
pedagogik diagnostika quyidagi tamoyillarga asoslanib o’tkaziladi: Maqsadga qaratilganlik tamoyili kuzatishni ma’lum maqsadga qaratilgan bo’lishini talab
qiladi. Ilmiy tadqiqot olib bormoqchi bo’lgan kishi kuzatuv davomida tekshirish
uchun bir qator farazlarni ilgari surishi kerak.
Konstantlik tamoyili kuzatuv davomida yuzaki, dastlabki hisssiyotlar bilan
cheklanmaslikni, tasodifiy, qisqa muddatli ayrim hodisalarning ahamiyatini oshirib
yubormaslikni talab qiladi. Kuzatuvchi turli vaziyatlarda o’sha hodisani tekshirib
kurishi yoki bir nechta kuzatuvchi hodisani kuzatishi lozim. Bu kuzatuvchilarning
xulosalari yoki natijalari qanchalik bir-biriga to’g’ri kelishi kuzatuvning konstant
yoki bunday emasligini ko’rsatadi.
Nazorat tamoyili kuzatuvchining bir necha bor kuzatuvi yoki bir qator
kuzatuvchilarning ma’lum guruh yuzasidan chiqargan natijalari, xulosalari nazorat
kuzatuvi davomida boshqa guruhlarda tekshirib ko’rilishini talab qiladi. Bu kuzatuv
natijasida olingan ma’lumotlar faqat shu sinaluvchi guruhning o’zigagina xos
xususiyatlar emasligini aniqlash uchun lozim bo’ladi. Natijaning aniqligini,
barchaga xosligini tekshirish uchun shu tadqiqotni boshqa sinf, guruh, jamoa yoki
o’quv maskanida ham o’tkazib ko’rish kerak.
O’qituvchining diagnostik faoliyati.O’qituvchining diagnostik faoliyati
quyidagilarda namoyon bo’ladi:
-o’quvchilarga bilim, ko’nikma, malakalarni (BKM) rivojlantirishga yordam
beradi;
-
turli xil yo’nalishdagi reja (strategiya)larni qanday qo’llash kerakligi bo’yicha
maslahat beradi;
-
faol qayta aloqani ta’min laydi;
-
noan’anaviy usullar bilan o’quvchilarning harakatlarini qo’llaydi va
mustahkamlaydi;
-
o’quv faoliyatidagi qiyinchiliklarni yengishga yordam beradi;
-
o’quv faoliyatini individuallashtirishga yordam beradi;
-
o’quvchilarning o’quv jarayonidagi ehtiyojlarini tahlil qiladi.