Ekspert-aniq mavzu, masala bo’yicha hakamlik qiladi. BKM darajasini
belgilashda yordam beradi.
Moderator - malum mavzu yuzasidan muhokama, bahs tashkil etadi, o’zi
aralashmagan holda bir yechimga erishishga yordam beradi.
Ma’ruzachi- mashg’ulot uchun o’quv materiallarini tayyorlaydi, o’quvchilarni
bahsga chorlaydi, o’rganish jarayonini motivatsiyalaydi.
Maslahatchi - o’quvchilarning tajribasiga asoslangan holda bilim beradi,
mavhum o’rinlarni aniqlashtirishda yordam ko’rsatadi.
Trener-o’quvchilarning o’zaro muloqotini tashkil etadi, ularing ma’lum malaka
va ko’nkimalarini rivojlantiradi.
SHunday qilib, pedagogik diagnostika sohasida yaratilgan adabiyotlarda
o’qituvchilik kasbi va uning jamiyatda tutgan o’rniga ob’ektiv baho berilgan
bo’lishiga qaramasdan, ta’lim-tarbiya jarayonida qanday insonni shakllantirish
lozim, ta’lim-tarbiya natijasida inson qanday bo’lishi kerak, degan savollarga
muntazam javob izlash zaruriyati mavjudligicha qoladi va asrlar osha
mutafakkirlarimiz tomonidan yaratilgan «komil inson tarbiyasi» g’oyalariga
hamohang ravishda rivojlantiriladi.
Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar: 1.
Zamonaviy o’qituvchining diagnostik faoliyati qanday namoyon bo’ladi?
2.
O’qituvchidagi pedagogik mahorat qanday namoyon bo’ladi?
3.
“ Diagnostik faoliyat” deganda nima tushuniladi?
4.
O’quv-tarbiya jarayonida gumanitar omilni ta’min laydigan o’qituvchining shaxsiy
sifatlari nimalarda namoyon bo’ladi?
5.
O’qituvchining ta’lim oluvchilarning bilimlarini xolisona nazorat qilish va baholash
mahorati qanday belgilanadi?
O’QUVCHILARNING AQLIY RIVOJLANISHINI DIAGNOSTIKA QILISH Reja :