natijalari, o’quvchilarning o’zlashtirish jarayonlari sifati va samaradorligi bilan
belgilanadi. Uzluksiz ta’lim tizimida yoshlarni tarbiyalashda metodik xizmat tizimi
o’qituvchi faoliyatini ham tashxis qilishni nazarda tutadi. Yoshlarning
tarbiyalanganlik darajasini diagnostika qilish va korrektsiyalash qo’yidagi tartibda
amalga oshiriladi: • tashxis ob’ektini tanlash; • tashxis metodikasini belgilash (ishlab
chiqish); • tashxis o’tkazish; • natijalarni tahlil qilish (intefretatsiya); • diagnostika
tahlili asosida korrektsion tavsiyalar va
tadbirlar ishlab chiqish; • metodik xizmat
qilish mazmunini belgilash va amlga oshirish (korrektsiya va sog’lomlashtirish
ishlari); • qayta tashxislash, sifat o’zgarishlarini aniqlash.
Yoshlarda ijobiy xislatlarni shakllantirish, ularning sog’lom irodali bo’lishlari
uchun tarbiyaviy tadbirlarni yosh xususiyatlariga mos ravishda bir qator
bosqichlarda o’tkazilishi maqsadga muvofiqdir.
Pedagogik diagnostika va korrektsiya ishlari
pedagoglar tomonidan maxsus
turdagi topshiriqlar, mustaqil faoliyat turlarini bajarish orqali ro’yobga
chiqarilgandagina ularning samaradorligi muayyan mezonlar yordami bilan amalga
oshiriladi. Pedagogik diagnostika va korrektsiya muolajalari tashxislanuvchilarning
hissiy olarnini kengaytirish orqali intellektual jihatdan o’sishini ta’minlaydi.
Intellektual jihatdan o’sishi orqali esa, xulqidagi nuqsonlarni bartaraf etishga zamin
hozirlaydi. Axloqiy fazilatlarni kamol toptirishga qaratilgan kompleks
topshiriqlardan foydalanish orqali yoshlarda tahdid va stress;
vaziyatida
qadriyatlarini o’zgartirmaslikka yordam beradi. Ularda sabr va iroda, g’ayrat va
matonat kabi sifatlarni shakllantiradi va rivojlantirishga xizmat qiladi.
Pedagogik diagnostika va korrektsiyaning istiqboldagi holati malakali tьyutorlar
(internet tarmoqlarida ishlaydigan malakali o’qituvchi-mutaxassislar) yordamida
masofaviy pedagogik diagnostika va korrektsiya tadbirlarini o’tkazish mumkinligini
tasdiqlaydi. Ma’lumotlarning ko’rsatishicha, o’spirinlar xulq-atvoridagi nuqsonlarni
bartaraf etish shaxslilik, aqliy, kognitiv, irodaviy, hissiy fazilatlarni shakllantirish va
takomillashtirishni ro’yobga chiqaradi. Demak, korrektsiya
komil insonga xos
bo’lgan fazilatlarga intilishning xarakterologik sifatlarini tarkib toptirish
mexanizmidir.
MAVZU BO’YICHA SAVOL VA TOPSHIRIQLAR:
1. Kichik maktab yoshidagi o’quvchilar bilan korrektsiyalash ishlarini olib
boradigan o’qituvchi bolalarda qanday hislatlarni shakllantirishga e’tiborini
qaratishi kerak? Buning uchun qanday metodlardan foydalanish maqsadga muvofiq?
2. O’smir o’quvchilar orasida munosabatlarni barqarorlashtiruvchi faoliyat qanday
nomlanadi?
3. O’smiriik va o’spirinlik yoshida psixologik jihatdan eng muhim hislat nima? U
qanday ko’rinishlarda
o’zifodasini topadi?
Dostları ilə paylaş: