metodikasi.
Tayanch so’zlar: jamoa, axloqiy tarbiya, axloq, odob, xulq
Sinf (guruh) jamoasining “tarbiyaviy imkoniyatlari” tushunchasining
mohiyati.Sinf jamoasi faqat o’quv faoliyati birligi bo’libgina
qolmasdan, balki
o’quvchilarga tarbiya berishni tashkil etishning muhim jamoa shakli hamdir.
O’quvchilar jamoalarini tuzish guruhlarda, sinflarda
turli farqlar bilan amalga
oshiriladi. SHuning uchun barcha sinflar uchun bir xildagi yo’l-yo’riqlarni belgilab
bo’lmaydi. Ayniqsa, boshlang’ich, V va IX sinflarda o’quvchilar jamoasini tashkil
etish va jipslashtirish katta qiyinchiliklar tuьdiradi. Bu sinflarda ko’pincha
o’quvchilar tarkibi mutloq yangi yoki qisman o’zgaradi. SHuning uchun o’quvchilar
jamoasini yangidan tuzishga to’g’ri keladi.
VI-VII sinflarda o’quvchilar faollari kengayib boradi. Ular ko’proq
jamoatchilik ishlarida qatnashadilar, o’zlarining axloqiy tajribalarini boyitadilar,
mehnat qilish malakalari va ko’nikmalarini rivojlantiradilar.
Sinf rahbari quyi va o’rta sinflarda bu ishlari amalga
oshirishda bolalar va
o’smirlar uyushmasiga, yuqori sinflarda «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakati
yordamiga tayanadi. «...Ijtimoiy munosabatlarga
kirishuvchi va ijtimoiy
taraqqiyotda faol qatnashuvchi odamgina shaxs deb ataladi» - deb ta’kidlaydi L.S.
Rubinshteyn. Z.Freyd o’z asarlarida bayon qilgan nazariyaga ko’ra, bola agar atrof
muhitning talablari va ong ostidagi qudratli mayllarni muvozanatda ushlab tura
olsagina, mustaqil mavjudotga aylanadi. Bizning o’zimizni anglashga bo’lgan
qobiliyatimiz ongsizlik xurujlarini bosish yo’li bilan rivojlanadi.
J.G.Mid fikriga ko’ra bola boshqalar uning o’ziga nisbatan o’zlarini qanday
tutayotganliklarini ko’rib, o’zini alohida mavjudot sifatida anglay boshlaydi.
Keyinroq, o’yinlarda qatnashib, o’yin qoidalarini o’rganib bola «umumlashtirilgan
o’zga» - umumiy qadriyatlar va madaniy me’yorlarii tushuna boshlaydi. Jan Piaje
bolaning dunyoni ongli idrok etish qobiliyatining rivojlanishida bir nechta asosiy
bosqichlarni ajratib ko’rsatadi. Har bir bosqich yangi
bilish qobiliyatlarini
o’zlashtirish bilan tavsiflariadi va oldingi bosqichning muvaffaqiyatliligiga bog’liq
bo’ladi. Piaje fikriga ko’ra, kognitiv rivojlanishning bu bosqichlari
ijtimoiylashuvning umumiy xususiyatlari hisoblanib,
ijtimoiylashuv - bu
chaqaloqning boshqa odamlar bilan muloqatga kirishish orqali o’zini anglaydigan,
o’zi tug’ilgan madaniyatni tushunadigan aqlli mavjudotga aylanish jarayonidir.
Ijtimoiylashuv agentlari - bu eng muhim ijtimoiylashuv jarayonlari yuz
beradigan tuzilmaviy guruhlardir. Barcha madaniyatlarda bola ijtimoiylashuvining
asosiy agenti oila hisoblanadi. Bundan tashqari,
tengdoshlar guruhlari, maktab,
ommaviy axborot vositalari ham ijtimoiylashuv agentlaridir. SHuni ta’kidlash
joizki, ijtimoiylashuvda jamoaning o’rni beqiyosdir. Jamoa ijtimoiy-foydali
ahamiyat kasb etuvchi umumiy maqsad va birgalikdigi faoliyat uchun jipslashgan
o’quvchilar birlashmasidir.
Sinf jamoasini jipslashtirish yo’llari: jamoatchilik topshiriьi berish; sinf
faollarini to’g’ri tanlash; o’quvchilarni istiqbolga chorlash; sinfda ijobiy an’analarni
qaror toptirish; o’quvchilarga yagana talablar qo’yishdan iborat.
Dostları ilə paylaş: