yorqin va jozibador istiqbollarning bo’lmasligi, bu jamoada bir xillik va zerikarli
holatlarii keltirib chiqaradi.
Istiqbol odatda, oddiy kundalik ishlar: sinf xonasini
jihozlash, kutubxona tashkil etish, musobaqalarga tayyorlariishdan boshlanib, sayr-
tomoshalarga chiqish, kino, teatrlarga jamoa bo’lib borish orqali davom ettiriladi.
So’ngra murakkabroq istiqbolli vazifalar qo’yiladi:
kecha tayyorlash, dramatik
to’garak
tashkil qilish, olimpiadalarda qatnashish, sovrinlarni («Zulfiya»,
«Nihol»kabi) qo’lga kiritish uchun harakat qilish kabi.
«
An’ana» asli arabcha so’z bo’lib, uzoq zamonlardan beri avloddan-avlodga,
otalardan bolalarga o’tib davom
etib kelayotgan urf-odatlar, axloq mezonlari,
qarashlar va shu kabilardir». Bu jamoa hayotiga mustahkam o’rnashib qolgan ijobiy
tajribalardir.
Turli bayramlarni nishonlash, ijodiy ko’riklar tashkil etish, maktabni
bitirganlar bilan uchrashuvlar, tug’ilgan kunlarni muborakbod etish kabi an’analar
bo’lishi mumkin. Har qanday an’ana sinf o’qituvchilari va ota-onalar nazaridan
chetda qolmasligi kerak. Ular qo’llab-quvvatlagan taqdirdagina bu boqiy an’anaga
aylanadi. Yaxshi an’ana sinf jamoasining jipslashuviga ko’maklashadi.
Dostları ilə paylaş: