savolga
javob topishi kerak. Tarbiyaning quyidagi turlari farqlariadi: aqliy tarbiya: bilim,
ilm,
malaka, ko’nikma; aql, ong, fahm; axloqiy tarbiya: axloq, odob, xulq, yaxshilik,
adolat, insof, diyonat, sharm, hayo, vatanparvarlik va boshqalar; mexnat tarbiyasi:
faollik,
ishchanlik, tadbirkorlik, ishbilarmonlik; aqliy ish, jismoniy mehnat;
jismoniytarbiya: chiniqish, jismoniy o’yinlar; nafosat tarbiyasi: go’zallik, kiyinish
madaniyati,
muomala madaniyati, saranjom-sarishtalik; ekologik tarbiya:tabiat,
atrof-muhit,
flora va faunaga sog’lom yondashuv; iqtisodiy tarbiya: tejamkorlik, bozor
iqtisodiyoti, sarf, isrof; foyda, mulk, mulkka egalik, tadbirkorlik; huquqiy tarbiya:
insonparvarlik,
burch, vijdon, tenglik, adolat, to’g’rilik, halollik kabi tushunchalarni shakllantiradi.
O’zbek xalqining etnopedagogikasi umuminsoniy va milliy tarbiyaning
qudratli omili, vositasidir. Turkiy xalqlar o’z bolalarini yoshlikdan uy-ro’zg’or
mehnatiga o’rgatishga katta e’tibor bergan. O’zbek xalq pedagogikasi bolalarga-
kimki yaxshi mehnat qilsa,
yaxshi buyum tayyorlasa, u yaxshi usta, degan g’oya
singdirilgan.
Bundan tarbiya jarayonida: “Avval bil, keyin qil”, “Avval o’rgan, keyin o’rgat”,
“Aql ko’pga yetkazar, hunar ko’kka”, “Ustoz shogird-jonsiz kesak”, “Ustoz
ko’rmagan shogird har maqomda yo’rg’alar” kabi maqollarning ahamiyati katta
bo’lgan.
O’zbek xalq pedagogikasida qo’llariib kelingan tarbiya usullari yoshlarga
o’zaro izzat-hurmatda bo’lish, qadr-qimmatni anglash, samimiylik, iltifotlilik,
haqiqatlilik, mardlik,
jasurlik, mehribonlik kabi insoniy fazilatlarni singdirishga
xizmat
qilgan.
Bolani elga manzur, odobli farzand qilib tarbiyalash ota-onaning burchi
hisoblangan. O’zbek xalqi yaratgan maqol, naql, afsona, rivoyat, hikoyatlarda
ma’naviy axloqiy ideallar, ibratli, qiziqarli o’gitlar shaklida bayon etilgan. “Hurmat
qilsang, hurmat ko’rasan”, “Har kim ekkanini o’radi”, “Bola aziz, odobi undanda
aziz” kabi maqollar shular jumlasidandir. Bayon qilingan pedagogik fakt va
mulohazalar o’qituvchining axloqiy fazilatlari tarbiya ishining va tarbiyashunoslik
ilmining tarkibiy qismi sifatida pedagog diagnostika elementlarining qo’llanilishi
zaminida
vujudga kelib, asrlar davomida sayqallanib, takomillashib borganidan
dalolat beradi. O’zbek oilasining bola tarbiyasi bobida to’plagan tarixiy tajribasi,
milliy axloqiy qadriyatlarimiz o’qituvchi odobining bebaho manbai, bitmas
tuganmas
sarchashmasidir.
Tarbiyaviy ishlarni rejalashtirishda pedagogik diagnostika imkoniyatlari keng.
Uzluksiz ta’lim tizimida tarbiyaviy ishlarni rejalashtirish,
tarbiyaviy jarayonni
boshqarish strategiyasini ishlab chiqishni talab qiladi. Ta’lim-tarbiya sifatini
oshirish va uni sifatli rejalashtirishda monitoring ishlarini tashkil etish, pedagogik-
psixologik va funktsional vazifalarni, natijalarni o’zida aks ettiruvchi ko’p qirrali
tizimni yaratish har tomonlama barkamol, intellektual jihatdan rivojlangan shaxsni
tarbiyalash
g’oyasiga monand keladi. Tarbiya sifatini oshirishda tarbiyachining
muvofiqlashtirish funktsiyasini amalga oshirish muhim ahamiyat kasb etadi.
“Mustaqil fikrlaydigan, zamonaviy ilm-fan va kasb-hunarlarni puxta egallagan,
o’z yurti, o’z xalqiga fidoyi, biz boshlagan ishlarni davom ettirishga qodir bo’lgan,
har tomonlama sog’lom avlodni yengib bo’ladimi? Darhaqiqat, XXI asrda ijtimoiy
- iqtisodiy munosabatlar rivojida inson aql zakovati va ma’naviyati asosiy
muvofiqlashtiruvchi, rivojlantiruvchi omil va vosita ekanligi tobora namoyon
bo’lmoqda. SHuning uchun insonparvarlik bozor
iqtisodiyoti asosida huquqiy,
demokratik davlat, erkin fuqarolik jamiyati qurilishining bosh tamoyili sifatida
maydonga chiqdi. Ma’lumki, ta’lim-tarbiya sifati - kasbiy anglashning kompleks
tavsifi bo’lib, zamonaviy rivojlanish bosqichida iqtisodiy taraqqiyot talablariga mos
kasbiy faoliyatni muvaffaqiyatli yurituvchi mutaxassis qobiliyati va ish faoliyati
bilan
belgilariadi.
Tarbiyaviy ishlarni diagnostika qilishda tashxis qiluvchining muvofiqlashtirish
funktsiyasi qo’yilgan maqsadlarga erishishiga yordam beradigan yangi holatga