Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti norposhshaxon voxidova


Tarbiyaviy ishlarni rejalashtirishni tashxis etish



Yüklə 373,4 Kb.
səhifə68/75
tarix24.12.2023
ölçüsü373,4 Kb.
#193705
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   75
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi n-fayllar.org

Tarbiyaviy ishlarni rejalashtirishni tashxis etish. Tarbiyaviy ishlarni
rejalashtirishni tashxis etish bir necha yo’nalishlarda amalga oshiriladi. Ta’lim
muassasadagi tarbiyaviy ishlarning maqsadga yo’nalganligi va uyushqoqligini
ta’minlaydigan
sub’ektlarning
faoliyati
o’rgana
oladi;
rejalashtirish,
tashkillashtirish, rahbarlik qilish va nazorat qilish ahvoli tashxislariadi; tarbiyaviy
ishlarni
rejalashtirishda ular maqsadga yo’naltirilganlik, tizimlilik, prognostiklik, davriylik
xususiyatlariga
ega
bo’lsa, samara berishi mumkinligi qayd etiladi.
Tarbiyaviy ishlarni oqilona rejalashtirilganligini tashxislashda:
a) tarbiyaviy ish mexanizmi ob’ektning murakkabligiga va sub’ekt imkoniyatlariga
mos kelsa;
b) yetarli zahira (vaqt, boshqaruvdagi yechimlar va b.) mavjud bo’lsa;
v) mezonlar to’g’ri tanlangan bo’lsa;
g) yaxshi rivojlangan teskari aloqa tizimi mavjud bo’lsa;
d) inson omili hisobga olingan bo’lsa samarali natija berishi inobatga olinadi.
Tarbiyaviy ishlarning samarasini tashxislash natijasida tarbiyachining
muvofiqlashtirish funktsiyasini rejalashtirish, tartibga solish, nazorat qilish va
baholash vazifalari bilan uyg’unlikda bajarilishi umumiy o’rta ta’lim maktab
o’quvchilarining intellektual jihatdan voyaga yetishiga, ma’naviy barkamol shaxs
bo’lib shakllanishiga va pedagog xodimlarning ilmiy-ma’naviy jihatdan o’sishiga,
siyosiy va fuqarolik pozitsiyasining mustahkamlanishiga olib keladi.


Ta’lim muassasasida tarbiyaviy ishlarni boshqaruvchi faoliyati tarbiyaviy


jarayonni tashkil etishda ijobiy natijalarga erishish uchun jamoada zaruriy
sharoitlarni yaratish, intellektual yoshlarni tayyorlash va yaxlit ta’lim tizimini
rivojlantirishdan iborat hisoblanadi va o’z navbatida tarbiyaviy ishlarni rejalashtirish
samaradorligini
ta’minlay
olish
qobiliyatiga
bog’liqdir.
Tarbiyaviy ishlarni rejalashtirish samaradorligini ta’minlay olish- bu ta’lim
muassasasi jamoasini uyushtira bilish, ya’ni jamoada ahillik, birdamlik va
hamkorlikni vujudga keltirish jamoa a’zolarini jipslashtira olish va ikkinchidan,
tarbiyachining shaxsiy ishini to’g’ri tashkillashtira olish qobiliyatidir.
Tarbiyaviy ishlar sifatini oshirish o’qituvchidan o’z ishini tashkil qila bilishi,
boshqaruv faoliyatini to’gri rejalashtirishi, topshiriq ijrosini tekshirish, o’quvchilar
faoliyatini baholash hamda turli xil qarorlar qabul qilishi va uni nazorat qila olishi;
tarbiyaviy tadbirlarni jamoa bilan birgalikda tashkil qila olish qobiliyati; tarbiyaviy
tadbirlar stsenariylarini tuzish, tarbiyaviy masalalarga oid me’yoriy-xuquqiy
hujjatlardan xabardor bo’lish; turli manbalardan ish uchun zarur axborotlarni olish
madaniyati; ota-onalar bilan ishlash ko’nikmasiga ega bo’lishi, mavjud pedagogik
qiyinchiliklarni kompetentli baholay olishi, yechimini topa olishi, ish haqida qisqa
va
aniq gapirish, nutq qobiliyati, tinglay bilish madaniyati; asoslangan qarorlarni
mustaqil va tez qabul qila bilish, maqsadlarga erishishda o’quvchilarning ma’naviy
manfaatdorligini ta’minlash qobiliyatlari va boshqalar nazarda tutiladi.
Pedagogik diagnostika asosida uzluksiz ta’limda tarbiyaviy ishlarni rejalashtirish
ta’lim mazmunida, o’qitish metodlarida, dars shaklida, o’qitish turlarida, o’qitish
vositalarida namoyon bo’ladi. Ta’lim muassasalarida tarbiyaviy ishlarni
rejalashtirish innovatsion yondashuv asosida olib borilsa maqsadga muvofiq. Bunda
tarbiyaviy ishlarning vaqtga bog’liqlik xususiyatlariga ko’ra kunlik - eng zarur,
haftalik - zarur, oylik - ulgurilishi zarur bo’lgan va yillik - bosqichma-bosqich
amalga oshiriladigan ishlar kabi toifalarga ajratishlari hamda shunga ko’ra
rejalashtirish, tashkil etish, muvofiqlashtirish, rag’batlantirish, nazorat va tahlil
ishlarini qamrab oladi.


Mazkur toifalar bo’yicha bajariladigan ishlari rejalashtirish va tashkil yetishda


tashxis qilinuvchining rejalarni muvofiqlashtirishi tarbiyaviy maqsadlarga
erishishda samarali hisoblanadi. Diagnostika jarayonida inobatga olinadigan bir
qancha omillar bor-ki, bular bevosita maktab faoliyati boshqaruv tizimida tashxis
qilinuvchi shaxsining innovatsion faoliyati bilan bog’liq bo’lib, yuqorida
izohlarigan toifalar asosida bosqichma-bosqich amalga oshirilishi maqsadga
muvofiq. Bunda quyidagi tashxis qilish parametrlari bo’yicha erishilgan yutuqlar
asos qilib olinadi.
1. o’quvchilarning umumta’lim fanlari bo’yicha bilimlar bellashuvidagi
ishtiroki
va
ularing
natijalari.
2.
Ta’lim-tarbiya
sifati
monitoringi
natijalari.
3.
Fan
olimpiadasining
viloyat
bosqichi
natijalari.
4.
“Ingliz
tili
bilimdonlari”
ko’rik
tanlovi
natijalari.
5. “Yilning eng yaxshi fan o’qituvchisi” ko’rik tanlovi natijalari.
6. “Yilning eng yaxshi maktab direktori” ko’rik tanlovi natijalari.
7.
“Yil
metodisti”
ko’rik-tanlovi
natijalari.
8. “Eng yaxshi maktab veb-sayti” ko’rik tanlovi natijalari.
9. “Eng yaxshi o’qituvchi veb-sayti” ko’rik tanlovi natijalari.
10. “Eng yaxshi o’quvchi veb-sayti” ko’rik tanlovi natijalari.
11. “Eng yaxshi elektron axborot resurslari” ko’rik tanlovi natijalari.
12. Ilg’or ish tajribalarning respublika miqyosida ommalashtirilishi.
13. Vazirlik tomonidan tavsiya etilgan pedagogik innovatsiyalarning
amaliyotga
samarali
joriy
etilganligi.
14. “Eng obod ta’lim muassasasi” ko’rik tanlovi natijalari.
Tarbiyaviy ishlarning samarasini tashxislashda ilmiy asoslangan
ma’lumotlarga tayanish zarur hisoblanadi. Har tomonlama yetuk, komil insonni
shakllantirish masalasining ko’p qirrali va murakkabligi bugungi ta’lim tizimida
pedagogik
kompetentlik muammosining hozirgi zamon tarbiya nazariyasi va amaliyoti
uchun muhimligini ko’rsatib bermoqda. CHunki bu vazifani o’qituvchi mahorati,


uning
etukligi, chuqur kasbiy bilimi, ko’nikma va malakasi, maxsus bilimsiz amalga


oshirib bo’lmaydi. Bu borada ta’lim muassasalarida faoliyat ko’rsatayotgan
pedagog kadrlarning kasbiy kompetentligini oshirish muhim ahamiyat kasb etadi.
Xususan, ta’lim-tarbiya sifatining yo’nalishlarini belgilashda eng maqbul
yo’llarni topishga urinishlar bilan strategik rejalashtirishning uyg’unlashuvi
alohida o’rin egallaydi. Ta’lim tizimida tarbiyaviy ishlalarii rejalashtirishning
ham ustunliklarini, ham uning zaif tomonlari va kamchiliklarini siinchkovlik bilan
hisobga olish, tahlil va tashxis qilish uana bir muhim omillardan hisoblanadi.

Yüklə 373,4 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   75




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin