5. Testlar metodi. Bu metod bolalarning psixodiagnostik maqsadlarda tekshirishda
qo’llaniladi.
D.Veksler
tomonidan
asoslangan
moslashtirilgan
test
ommaviylashgandir. Undan foydalanish individual-psixologik
tekshirishlarni
o’tkazishda bola haqida zarur qo’shimcha ma’lumotlarni olishga imkon beradi.
O’smirlik davrida o’quv fanlarini turli o’qituvchilar tomonidan o’qitish munosabati
yuzaga keladi. Bu orqali ularda kattalar shaxsi va faoliyatini baholashning yangi
mezonlari shakllana boshlaydi. Masalari, bilimli,
talabchan, haqqoniy, o’quv
materialini qiziqarli va tushunarli yo’l bilan yetkaza oladigan o’qituvchilarni
ajratmaydilar, balki ularni ko’proq hurmat qiladilar, yaxshi ko’radilar va ular bilan
bo’ladigan munosabatlariga ham katta e’tibor beradilar. 10-15 yoshli bolalarning
faoliyat motivlarida ham o’zgarishlar amalga oshadi.
Ilk o’smirlik davrida ko’pchilik yoshlar o’zlariga
shaxsiy xarakteristika
beradilar. Katta bo’lgan sari ularning o’z-o’ziga bergan bahosi differentsial
xarakterda (xulq-atvor, ijtimoiy vaziyatlarda o’zini tutishi va ayrim xatti-harakatlar)
namoyon bo’la boshlaydi. Pedagogika oliy o’quv yurtida bo’lajak o’qituvchilarni
psixologik-pedagogik jihatdan tayyorlashni takomillashtirish talabalardagi o’z
kasbiga bo’lgan psixologik qarashni qayta qurish hamda “ideal o’qituvchi” obraziga
tayangan holda olib borilishi zarur. Kasbiy faoliyat bo’lajak o’qituvchi shaxsini
rivojlantirishning asosiy vositasi ekanligi sababli talabalarning uzluksiz amaliyotda
qatnashish jarayonini sifat va miqdor jihatdan kuchaytirish lozim.
Talabalar bilan ta’lim-tarbiya ishlarini rejalashtirishda ularning o’ziga xos
xususiyatlarini hisobga olish zarur. Ayrim hollarda ichki va tashqi vositalar, omillar
ta’siri ostida uning
ruhiy dunyosiga umidsizlik, ruhiy parokandalik kayfiyati,
istiqbolga ishonmaslik,
ikkilanish, hadiksirash kabi salbiy his-tuyg’ular namoyon
bo’ladi. O’z shaxsiyatiga nisbatan ichki ishonmaslik, o’qishga nisbatan esa salbiy
munosabatning kelib chiqishi talaba ruhiyatida keskin tushkunlikni keltirib
chiqarishi mumkin. Buning oqibatida ayrim yoshlar o’ta zararli oqimlarga –
aqidaparastlik, terrorchilik illatlariga qo’shilib qolishi,
giyohvandlik, ichkilik,
qimorbozlik, turli jinoyat ishlari kabi jirkanch yo’llarga kirib qolishlari mumkin.