o’zlashtirayotganini doimo kuzatib borishga, tarbiyaviy jarayondagi
muammolarning yechimini topishga xizmat qiladi. Pedagogik diagnostika
yordamida o’quv - tarbiyaviy jarayonda tug’iladigan qiyinchiliklar o’rganiladi,
ulari bartaraf etish yo’llari tashkil etiladi. Agar diagnostika (tashxis)ning
ahamiyatini tibbiyot sohasi nuqtayi nazaridan qarasak,
kasallik, uning belgilari
va uni kelib chiqish sabablari to’g’ri aniqlansa, davolanish natijasida bemorning
tuzalib ketishiga imkon yaratiladi. Xato diagnoz esa, faqat shifokorlarning harakatini
yo’qqa chiqarib qolmay, kasalning tuzalish imkoniyatini ham susaytirishi mumkin.
Tana salomatligi to’g’risida aytilgan shu fikrlar ruhiy sog’liqqa ham xuddi shunday
aloqadordir. SHuning uchun diagnostika yuksak malaka
va javobgarlikni talab
qiladigan faoliyatdir. Insonning jismoniy rivojlanishini tashxis qilish ancha oson.
Buning uchun bir qator mashqlar bajarilgach, uning natijasiga qarab xulosa chiqarish
mumkin. Lekin ruhiy, ma’naviy, intellektual, ijtimoiy rivojlanishni
diagnoz qilish
ancha mashaqqatli. Bu maqsadda qo’llanayotgan metodikalar hali ancha murakkab
bo’lib, har doim ham to’g’ri natija beraveradi, deb bo’lmaydi. Pedagogik amaliyotda
o’quv maskanlari pedagog-psixologlari va o’qituvchilar shaxsning alohida
sifatlarini o’rganadilar, lekin bu natijalarga qarab,
rivojlanishning barcha
komponentlariga umumiy baho berishga har doim ham musharraf bo’ la
olganlaricha yo’q. Rejali va maqsadli o’qitish va tarbiyalash jarayonida natijalarni
aniqlash zaruriyati pedagogik diagnostikani vujudga keltirgan. Albatta bu vaqtlarda
mazkur natijalar oddiy pedagogik metodlar orqali aniqlangan. Bir qator tadqiqotchi
olimlar (G. Royleke, R. Rollet, K. Leongard, A. Bass, E.Lichko, A. SHmelev)
pedagogik diagnostikani-«pedagogik faoliyatni qulaylashtirishda zarur bo’lgan
axborotni qo’lga kiritish jarayoni»-deb ta’kidlaydilar. X.Feger, N.Petillon,
V.Bogatskiylar “...pedagogik diagnostika psixologik diagnostikadan ajralib
chiqqan” - degan fikrni ilgari surishadi.
Dostları ilə paylaş: