yaratgan matematik apparatni shaxs xususiyatlari nazariyasiga qo’llab, uni
ekperimental o’rganishga xixmat qiluvchi faktorli tahlilni yaratdi. U shaxsning
xususiyatlarini belgilovchi faktorlar va xususiyatlariini aniqladi va tartibga soldi.
K.Ingenkamp, Inga Xartmanlar pedagogik diagnostika doirasida shaxsni o’rganish
testlarini ishlab chiqdilar. R.Kettel o’zining nomi bilan faktorli “Kettel testi”, G.
Ayzenk “Ayzenk testi”, Rorshax “Rorshax testi” larini yaratishdi. Bugungi kunda
Ya.Yirasek, A.Kern yoshlarning bilim olishga moyilliklarini aniqlovchi orientatsion
testlari, D.B.Elkoninning «Grafik diktant»i, A.L.Vengeming «Nuqtalar
boyicha
chizish», I.SHvansaming «Aqliy rivojlanishni diagnostika qilish» kabi metodikalah
mashhurdir. Nemis olimi Mauermanning yozishicha: «Pedagogik diagnostika
o’zlashtirish va o’quv jarayoniga tayyorgarlik o’rtasida aloqa o’rnatadi, o’quv
jarayonida kechadigan o’quv maqsadini to’g’ri belgilaydi va o’quv-tashkiliy
shakllarni sharoitga mosligini baholaydil». K.Klauer pedagogik diagnostikaga ta’rif
bergan bir qator olimlarni tanqid ostiga olib, shunday fikrlarni bildiradi: «Pedagogik
diagnostika (tashxislash) vazifalarini bir paytning o’zida amalga oshirish mushkul.
Pedagogik diagnostika dolzarb pedagogik qarorlarni, hukmlarni chiqarishga bo’lgan
urinishlar majmuyidan iborat».
1
Rus olimi V.I.Zverev: «Pedagogik diagnostika-bu
turli pedagogik vaziyatlarni o’rganish, aniqlash ta’lim tizimi qatnashchilarining
xilma-xil qobiliyatlari darajasini bilishdan iborat jarayondir», - degan fikrni ilgari
suradi. Boshqa rus olimasi L.Denyakina: “Pedagogik diagnostika-bu pedagogning
o’quv-tarbiyaviy jarayonni tashxislashda individual-malakaviy
sifatlarini
belgilovchi, shaxsning ijodiy taraqqiy topishida ko’makchi, pedagogik jamoaning
muvaffaqiyatini oshiruvchi faoliyatdir. Pedagogik diagnostika o’quv jarayonining
samaradorligini oshirish, mazmunini boyitish va attestatsiya uchun qo’llaniladi”
2
-
deb yozadi. Ko’rib turganimizdek, pedagogik diagnostika atamasiga bugungi kunda
ko’plab tariflar uchraydi. Barcha tavsiflarni umumlashtirib quyidagicha fikr bildirish
mumkin: pedagogik diagnostika-pedagog shaxsining
va u bilan muloqotga
kirishuvchilarning
pedagogik
tizim
natijalarini
o’rganish, tahlil qilish,
1
Klaver K.. Person lickeitsforshung und diagnostik-Berlin, 1990-24 p.
2
Denyakina Jl_. Diagnostika-dvijushaya sila pedagogicheskoso kollektiba. Moskva: Universitet, 2010-C.-46
samaradorligini oshirish jarayonidir. Bugun biz tarixiy bir davrda - xalqimiz o’z
oldiga ezgu va ulug’
maqsadlar quyib, tinch-osoyishta hayot kechirayotgan,
avvalambor o’z kuch va imkoniyatlariga tayanib,
demokratik davlat va ochiq
fuqorolik jamiyat qurish yo’lida ulkan natijalarni qo’lga kiritayotgan bir zamonda
yashamoqdamiz. Mustaqilligimiz tufayli xalqimiz asrlar davomida orziqib kutgan
ozod, erkin va faravon hayotni barpo etayotgan, erishayotgan yutuqlanmizni xalqaro
hamjamiyat tan olayotgan bir davrda jamiyatimizdagi yoshlarni tarbiyalashda
ma’naviy meros
va qadriyatlarimizga suyanib, optimal uslub va vositalardan
foydalanishimiz lozim. Demak, har tomonlama barkamol, yuksak ma’naviyatli
shaxsni tarbiyalash pedagogikaning azaliy maqsadlariga
mos kelishi bilan
tavsiflanadi. SHunday ekan, bugungi kunda har tomonlama barkamol avlodni
voyaga
yetkazish, ulari komil inson qilib tarbiyalash-pedagogikaning eng dolzarb
muammolari qatoridagi masalalardan biri bo’lib qoladi.
Dostları ilə paylaş: