korrektsiyalash, o’smir va o’spirin yoshidagi o’quvchilarni kasb tanlashga to’g’ri
yo’naltirish masalalari ustida ilmiy izlanish olib bordilar va maxsus metodikalar
yaratishga muyassar bo’ldilar hamda O’zbekistonda pedagogik diagnostikaning fan
sifatida shakllamshiga o’z ulushlarini qo’shdilar. Bugungi kunda B.Qodirovning
«O’quvchilarning iqtidori va qobiliyatlarini diagnostika qilish», O.Hasanboevaning
«Kichik maktab yoshidagi o’quvchilarning qobiliyatlarini tashxislash»,
K.Zaripovning
“O’qituvchilarning
kasbiy
tayyorligini
tashxislash”,
SH.A.Abdullaevaning “O’spirinlarning tarbiyalanganlik darajasini diagnostika
qilish va xulqidagi nuqsonlarni korrektsiyalash” nomli metodikalari uzluksiz ta’lim
tizimiga tatbiq qilinib, samarali natijalar bermoqda. O’zbek olimlari - R.H.Djuraev,
J.G’.Yo’ldoshev, B.Xodjaev, D.Ro’zievalar ta’lim muassasalalari rahbarlarining
kasbiy faoliyatini tashxislash, ta’lim sifatini oshirish monitoringini o’rganish
masalalari ustida ilmiy izlanish olib bordilar. Mamlakatimizda amalga
oshirilayotgan iqtisodiy va ijtimoiy o’zgarishlar, iqtisodiyotning innovatsion
yo’nalishda shakllantirilishi, jahon iqtisodiyotiga integrallashuvi ta’lim tizimi oldiga
dolzarb masalalaridan biri bo’lgan sifatli ta’limni amalga oshirishni va sifatli
mutaxassislarni tayyorlash vazifasini qo’yadi. 2017 yil 15 avgustda qabul qilingan
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “2017-2021 yillarda O’zbekiston
Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar
strategiyasi”da ham mamlakatda yangi mazmundagi uzluksiz ta’lim tizimini
yaratish vazifasi qo’yildi, uning tarkibida esa yangi mazmun va mohiyatdagi
innovatsion ta’lim tizimini shakllantirish bosh yo’nalish sifatida belgilab olindi. Bu
nafaqat boshqaruv muammolari, baiki ta’lim jarayoni sub’ektlari faoliyatini
innovatsion tashkil etish texnologiyalarini takomillashtirish, ulari tashxis qilish va
o’rganish vazifalanni belgilaydi. Demak, ta’lim tizimida innovatsion jarayonlarni
tashkil qilishning ilk qadamlaridan biri bu - o’qituvchilarni innovatsion pedagogik
jarayonga tayyorligini diagnostika qilish, maqsad qo’yish, rejalashtirish va prognoz
qilish jarayonlarini o’rganishni ta’min lashdir. Bu holat pedagog diagnostikasi (o’z-
o’zini tashxislash), ota-onalar, pedagoglar tomonidan o’quvchilar jamoasini
tashxislash;
maomunyat,
mutasaddi
mutaxassislar
va
ta’lim bolimlari
uslubiyotchilari tomonidan olib borilayotgan tashhishash yo’nalishlarini ham
qamrab oladi. Uzluksiz ta’lim tizimida pedagogik diagnostika va korrektsiyaning
yaxlit nazariyasi va amaliyoti alohida o’rganilishi lozim bo’lgan va o’z yechimini
kutayotgan masalalar sirasiga kiradi. O’zining maqsadi, vazifalari, tatbiq qilish
sohasi bo’yicha pedagogik diagnostika hamisha mustaqil bo’lgan. Ammo
hanuzgacha pedagogik diagnostikani mavhum va turli bahs-munozaralarga sabab
bo’luvchi yo’nalish, uni «dastur sifatidagina qabul qilish mumkin», - deb
hisoblaydigan olimlar ham yo’q emas. SHu sababli bugungi kunda «pedagogik
diagnostika» atamasining bir necha talqinlari mavjud bo’lib, ular mazmun-
mohiyatiga ko’ra xilma-xildir.
Dostları ilə paylaş: