Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti norposhshaxon voxidova


Абу Hacp Фаробий. Фозил одамлар шаҳри.-Ташкент: Ўқитувчи, 2004,-87-бет



Yüklə 373,4 Kb.
səhifə12/75
tarix24.12.2023
ölçüsü373,4 Kb.
#193705
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   75
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi n-fayllar.org

Абу Hacp Фаробий. Фозил одамлар шаҳри.-Ташкент: Ўқитувчи, 2004,-87-бет.


tomonlama yetuk, axloqli, odobli kishilar sifatida kamol toptirish dolzarb vazifadir.


Mustaqil respublikamizning «Ta’lim to’g’risida»gi Qonun talablari bilan hamohang
ravishda barkamol insonni voyaga yetkazish uchun zarur bo’lgan quyidagi
xususiyatlarni shakllantirish lozim. Ijobiy fazilatlar mohiyati, mazmunini to’g’ri
tushunish hamda tahlil qilib, munosabat bildira olish; jamoada qabul qilingan
normalarga amal qilish, mehnat qilish malakalarini egallsh; barkamol inson
siymosini idrok etish, uning ma’naviy qiyofasini shakllantirish usullarini izlash.
Mashg’ulot o’tkaziladigan sharoitlardan qat’iy nazar o’quv jarayonini
qulaylashtirishga xizmat qiluvchi diagnostika quyidagi maqsadlarga yo’naltiriladi:
- ta’lim natijasi noto’g’ri baholanganda ichki va tashqi tahrirga;
- ta’limdagi kamchiliklarni aniqlashga;
-ta’limning muvaffaqqiyatli natijalarini tasdiqlashga;
-o’quv jarayonining keyingi bosqichlarini rejalshtirishga;
- ta’lim-tarbiyadagi muvaffaqiyatlarni rag’batlantirish orqali motivatsiya paydo
qilishga va keyingi murakkab qadamlarni yonaltirishga;
- o’quv-tarbiyaviy sharoitlarni yaxshilashga.
Nufuzli amerika ma’lumotnomalarining (Lindguist) birida pedagogik
tashxislash vazifalari (Edicational Measurement)ga yirik boblar uchun o’rin
ajratilgan: o’qitish jarayonida uslubiy yordam ko’rsatish, ta’lim-tarbiya jarayonini
takomillashtirish, maktabdagi ijtimoiy pedagog maslahati, tarbiyaviy jarayonda
ta’limning o’rni (Plaziering). Bu yana bir karra ilmiy asoslangan pedagogik
diagnostika o’quv-tarbiyaviy jarayonning mazmunini boyitishga xizmat qilishini
ko’rsatadi. Pedagogik diagnostikada o’quvchi shaxsi pedagogik diagnostika ob’ekti
sifatida qaraladi.
Ta’lim muassasadagi ta’lim - tarbiya sifati, moddiy - texnika bazasining
mustahkamligi, o’quv jarayonida axborot kommunikatsiya vositalari va o’qitishning
zamonaviy metodlaridan, innovatsiyalardan samarali foydalanilayotgani o’quvchi
shaxsini kamol toptirishga qaratiladi va o’quv dargohining bilim o’chog’i degan
maqomga munosibligini ko’rsatadi. Bugungi kunda pedagogik diagnostikaning
shuriday tamoyillarini amaliyotda qo’llash lozimki, bu tamoyillar tarbiyalanuvchi,


o’quvchi-yoshlarning shaxsiyatiga zarar keltirmasligi, ularing pedagogik


dahlsizligini ta’min lashi, milliy qadriyatlar, urf-odatlar, an’analar orqali ularga
ijobiy ta’sir ko’rsatishi va korrektsiyalash metodikalarini oqilona tatbiq etishi zarur.
Tashxislashning natijalari kadrlar tayyorlash va ularing kasbiy malakalarini
oshirishda katta ahamiyatga ega. Tashxislashda mavjud pedagogik muammolar
ravshanlashadi, ularing yechimini topish zarurati aniqlanadi. Muammolar yechimi
faoliyatning tarkibiy qismlarida, vazifalarni oqilona taqsimlashda o’z aksini topadi.

Yüklə 373,4 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   75




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin