Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti norposhshaxon voxidova


 Diagnostik tadqiq etishning umummilliy tamoyillari



Yüklə 373,4 Kb.
səhifə15/75
tarix24.12.2023
ölçüsü373,4 Kb.
#193705
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   75
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi n-fayllar.org

2. Diagnostik tadqiq etishning umummilliy tamoyillari. 
O’qituvchining bilim saviyasi ma’naviyati jamiyatni harakatga keltiruvchi,
taraqqiyotgga eltuvchi yetakchi omillardan biridir. Yoshlarda insoniy fazilatlarni
tarkib toptirishda Qur’oni Karim, Hadis ilmi, ajdodlarning ma’naviy merosi,
pedagogika va psixologiya, hamda zamonaviy bilimlardan foydalanish muhimdir.
Tarbiyada inson shaxsini oliy ijtimoiy qadriyat deb tan olish, har bir insonning
betakror va o’ziga xosligini hurmatlash, uning ijtimoiy huquqi va erkinligini hisobga
olish lozim. Tarbiyani demokratiyalash - bu tarbiyani ma’muriy ehtiyoj va
qiziqishlardan yuqori qo’yish, tarbiyachi va tarbiyalanuvchilar o’rtasida o’zaro
ishonch, hamkorlik asosida pedagogik munosabatlar mohiyatini o’zgartirish
10
Саидахмедов H. Замонавийлик, методология, iieflarorHKa./Uzluksiz talim, 2014 йил 2-
сон, 17-26 бетлар.


demakdir. O’qituvchi o’quvchiga avvalgidek tarbiya ob’ekti emas, xuddi o’zi kabi


sub’ekt deb qarashi darkor. Tarbiyaviy faoliyatni demokratiyalash va
insonparvarlashtirish uning mohiyatini va mazmunini qayta tafakkur etishni ko’zda
tutadi. SHaxsning rivojlanishi va o’zligini anglashni ta’minlaydi. Yoshlarni
Vatanimiz qadriyatlari, boy madaniyati bilan tanishtirish, madaniy va diniy
bilimlarini egallashga bo’lgan talablarini shakllantirish, malakalarini oshirib, tobora
boyitish, estetik tushunchalarni shakllantirish muhim ahamiyat kasb etadi.
Xalqimizning ko’p asrlik qadriyatlari, ulkan boy va madaniy merosini chuqur
bilmasdan, milliy o’zlikni anglash, milliy g’urur tuyg’usini qaror toptirish mumkin
emas. U yaratgan madaniy boyliklar yoshlar tarbiyasida muhim vosita bo’lib xizmat
qiladi. Buyuk mutafakkirlarning asarlari orqali o’quvchilar go’zal axloq, baxt, insof,
poklik, mehr - shavqat, ota - onani hurmat qilish qoidalari qaqida keng tasavvurga
ega bo’ladilar. Insoniylik - o’z tarkibiga insonning eng yaxshi axloqiy
xususiyatlarini, do’stlik, ota - onaga sadoqatlilik, mehnatsevarlik, diyonatlilik kabi
fazilatlarni qamrab oladi. SHu sababli insondagi eng yaxshi fazilatlar avloddan -
avlodga ko’chib kelgan.

Yüklə 373,4 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   75




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin