Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti norposhshaxon voxidova



Yüklə 373,4 Kb.
səhifə14/75
tarix24.12.2023
ölçüsü373,4 Kb.
#193705
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   75
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi n-fayllar.org

Tayanch so’zlar: ob’ektivlik, aniqlik, tizimlilik, tanqidiylik, umummilliy
tamoyillari.
Tamoyil - bu asosiy qoida, yetakchi g’oya manolarini anglatib, pedagogik
diagnostika tamoiyllari uni tashkil etishga qo’yiladigan talablar, qoidalarni o’z ichiga
oladi. Pedagogik diagnostikada:
ob’ektivlik, aniqlik, tizimlilik hamda tanqidiylik
tamoiyllari farqlanadi.

Ob’ektivlik
tamoyili
- o’rganilayotgan voqea va hodisalar, jarayonlar to’g’risida
odilona, to’g’ri baho berish, ulardagi mohiyat, mazmun va o’zaro aloqa,
o’zgarishlarga holisona yondashishni ifodalaydi. Aniqlik - diagnostikaning barcha
muolajalari uchun tegishlidir: pedagogik hodisa va jarayonlarni kuzatish va qayd
etish; fikrlar tahlili va umumlashmasi; turli manbalardan olingan ilmiy
axborotlardan foydalanish va boshqalar. Pedagogik diagnostikada izchillik tadqiq
qilinayotgan tanlamularning bir xilligida, tadqiqot mantiqiga amal qilishga, shart-
sharoitlarni hisobga olishda namoyon bo’ladi. Tizimlilik - o’rganilayotgan hodisa
va jarayonlarni biror belgilari asosida tasniflash, tasavvurlar, tushunchalar va
qonuniy aloqalarni o’matish, konsepsiyalar, nazariyalarni shakllantirish orqali
muayyan tartibga solish jarayoni.
Tanqidiylik - o’rganilayotgan muammoga turli nuktai nazardan baho bera olish,
tajriba natijalarining haqqoniyligini ta’min lash bilan farazlar va nazariyalarni
uzluksiz tekshirib borish, mabodo, olingan ma’lumot yangi natijalarga mos kelmasa,
ulardan voz kechish xususiyati bilan tavsiflanadi. SHunday qilib, pedagogik


diagnostikada ilmiy tafakkur tadqiqotning boshlang’ich nuqtasini belgilashda


ob’ektivlik, izchillik, aniqlikni nozik, ehtiyotkorona ko’llashni talab etadi, ilmiy
farazlarni to’g’ri tanlashni, tajriba natijalari, nazariy xulosalarni tanqidiy tekshirib
ko’rishni va albatta, tizdmlilikni taqozo etadi. Boshqacha aytganda, tadqiqotchining
metodologik madaniyatini shakllantirishda refleksiya - xususiy ilmiy faoliyatini
tahlil qilish ko’nikmasi asosiy o’rin tutadi. Yuqoridagi fikrlar turli fan sohalari
buyicha tadqiqot olib boruvchilarga tegishlidir, ammo pedagogik diagnostikada
tadqiqotchi o’ziga xos ba’zi bir xususiyatlari bilan farqlanadi. Avvalambor,
pedagogik diagnostikadagi izlanishlar tadqiqotchidan pedagogik tajribaga ega
bo’lishni, pedagogik jarayonning barcha “ikir-chikir”laridan xabardor bo’lishni
talab etadi. Pedagogik diagnostikada tashxislovchi ob’ektlar (o’qituvchi, tarbiyachi,
o’quvchi talabalar va boshqalar) bilan ish ko’radi va pedagogik tajriba-sinov
o’tkazishda undan ehtiyotkorlik talab etiladi, ayniqsa, o’quvchi-yoshlar qalbiga,
dunyoqarashiga, erkin fikrlashiga sinov davomida putur yetmasligi lozim.
“Pedagogik voqelikni to’g’ri aks ettirishda tadqiqotchi sog’lom fikr sohibi bo’lish
uchun metodologik madaniyatni egallashi shart”
10
. Ta’lim va tarbiya jarayonini
samarali tashkil etish maqsadida foydalanadigan boshlang’ich holat, pedagogik
boshqaruv asosidir.

Yüklə 373,4 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   75




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin